«psixodiagnostika» fanidan «mtm yoshidagi bola shaxsi va shaxslararo munosabatlarini o‘rganish» mavzusidagi kurs ishi bajaruvchi: ii-bosqich talabasi
II. Bob. “Men” konsepsiyasining rivojlanishiga ta’sir etuvchi oiladagi ota-ona shaxslararo munosabatlarini tadqiq qilish metodikalari
Download 67.52 Kb.
|
bola shaxsi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Men” obrazining jinsiy identifikatsiya shakllanishi.
- O’g’il va qiz bolalar
II. Bob. “Men” konsepsiyasining rivojlanishiga ta’sir etuvchi oiladagi ota-ona shaxslararo munosabatlarini tadqiq qilish metodikalari
2.1. Shaxs bo’lib shakllanishda “Men” obrazi va o’z-o’zini baholash jarayonining bosqichlari «Men» - obrazi - shaxsning o’zi, o’z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqyeini tasavvur qilishidan hosil bo’lgan obrazga aytiladi, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi. Shaxsning o’zi haqidagi obrazi va o’z-o’zini anglashi yosh va jinsiy o’ziga xoslikka ega. “Men” obrazining jinsiy identifikatsiya shakllanishi. Ilk bolalik davrida bola (3-4 yosh) o’zining ma’lum bir jinsga munosabati bo’lganligini tushunadi va atrofdagi odamlarning jinsini bemalol ajrata oladi. Garchi bolalar o’zining shaxsiy jinsni tashqi belgilari orqali – kiyim, soch uzunligi bilan umumlashtiradi. Biroq o’zining jinsiy identifikatsiyalashida bolada shu yoshda murakkablik yaratadi. Bola o’zining maskulin-feminin ko’rsatkichlarini baholashi bolalar orasida jinsiy rollari noaniqligi tufayli qiyinchiliklar bo’ladi. Bu muammoni yechishida u savolga javob qidiradi: “Sen kim bo’lishni istarding? Senga kim bo’lishi ma’qul? Qiz bolami yo, o’g’il bolami?deb savol berish va “Axloq eksperementlar” orqali, qachon bola erkak va ayol obrazlari va rollaridan birini tanlashi kerak. O’g’il va qiz bolalar o’rtasidagi munosabatlar bolalar bog’chasida o’ziga xos xususiyatga ega. Bolalar bog’chasi bola uchun faqatgina tashqi olamni bilish, dunyoni hissiy baholash emas, balki o’z tengdoshlari bilan muloqotda bo’lish imkoniyatini beradigan joydir. Ayniqsa o’g’il bolalar bilan qiz bolalar o’rtasidagi munosabatlar o’ziga xos tarzda amalga oshadi. Bog’chada bolalar jamoasi shakllanadi. Kattalar bolaga o’g’il bola va qiz bola qanday bo’lishi kerakligi haqida tushuntiradilar. Masalan, o’g’il bola yig’lasa “yig’lama, sen erkak bo’lishing kerak”, “qiz bolamisan”deb, qizlarga esa “daraxtga chiqma, sen qiz bolasan” kabi iboralar bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari bolalar katta erkak va ayollar xulq - atvorlariga qarab ham o’zlarini qanday tutishni o’rganadilar. O’yin faoliyatlarida erkak va ayollarga xos xususiyatlarni namoyon qiladilar. Demak, bu davrdagi bolalarda muloqotning shakllanishi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ularda muloqotni rivojlantirish tarbiyachilarning mahoratiga bog’liq, ya’ni mashg’ulotlarning to’g’ri tashkil qilinishi muhimdir. Ilk bolalik yoshi – bolada faol nutq shakllanishi davridir.Bir yarim yoshgacha bola 30-40 tadan 100 tagacha so‘z o‘zlashtiradi, ikkinchi yil oxirida bola 300 tagacha, uchinchi yil oxirida esa 1500 tagacha so‘z ishlatadi. Nutq rivojlanishi ona tilining tovush xususiyati va grammatik tuzilishini egallashni taqozo etadi. Dastlab bola nutqni so‘zning umumiy ritmik-melodik (tezlik, ohang) tuzilishini ilib olish yo‘li bilan qabul qilsa, ikkinchi yil oxiriga kelib u ona tilining barcha tovushlarini fonematik qabul qiladigan bo‘ladi va shu asosda lug‘at va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganadi. Faol nutqning shakllanishi bolaning butun psixik rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘pchilik psixologlar tug‘ilgandan voyaga yetgunga qadar insonning psixologik rivojlanish yo‘lining o‘rtasi 3 yosh deb hisoblashadi. Uch yoshli bola o‘z-o‘ziga xizmat qila oladi, atrofdagi odamlar bilan o‘zaro munosabatga kirishishni biladi. Bunda u og‘zaki muloqot qilishni biladi, unda xulq-atvorning eng oddiy shakllari shakllanadi. Bola uch yoshda etarlicha faol va atrofdagilarga tushunarlidir. Uning xarakteri va temperamenti xususiyatlari allaqachon namoyon bo‘la boshlaydi. Bolalik oxirida (hayotning uchinchi yilida) yangi faoliyat turlari (rasm chizish, kuylash, haykaltaroshlik, loyihalashtirish) yuzaga kela boshlaydi. Predmetli faoliyatda belgilangan taasssurotlarning to‘planishi bola nutqining rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Faqat so‘z ortida real dunyo obrazlari turgandagina bu so‘zning o‘zlashtirilishi muvaffaqiyatli kechadi. Agar bola ma’lum bir sababga ko‘ra, bu yoshda nutq rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitdan mahrum bo‘lsa, unda yo‘qotilgan imkoniyat o‘rnini to‘ldirish oxir-oqibat juda murakkab bo‘lib qoladi, chunki bu yosh nutq rivojiga nisbatan senzitiv (sezgir)dir: aynan mana shu paytda nutq o‘zlashtirilishi ancha samarali kechadi. 4 yoshdan boshlab bolada u qanday inson bo’lishi kerakligi haqidagi tasavvurlar paydo bo’la boshlaydi. Bolaning asosiy harakat kuchi shu yoshda energiya va intilish bilan olamni o’rganish faoliyati, va uni bosh harakat qilayotgan kuchi esa qiziquvchanlik bo’ladi. Bola endi erkinlik bilan harakat qiladi va yetarli darajada nutqi rivojlanib savol beradi va qabul qilgan javoblarni idrok qiladi. Ota-ona bolaning o’rganish faoliyatini chegaralamasligi o’ta muhimdir, eng xaflisi, E.Eriksonga ko’ra, bolada o’zining qiziquvchanlik va faollik uchun ayibdorlik his-tuyg’ulari paydo bo’lishi mumkin. Keyinchalik bu bolada tashabbuskorlik hissini yo’qolishi chiqarishi mumkin. O’z navbatida, R.Berne bolalarda ijobiy o’z-o’zini baholashni shakllantirishga harakat qilayotgan ota-onalarga bolaning faolligiga o’z munosabatini shunday bildirishni maslahat beradi; unda o’z-o’ziga nisbatan kamsitilganlik munosabati va o’zini jazolash hissi paydo bo’lmasligi zarur. Masalan, o’ziga nisbatan o’ta qiziquvchanlik, kim ekanligini bilish va anglashga intilish ayniqsa, o’smirlik davrida rivojlanadi. Bu davrda paydo bo’ladigan «kattalik» hissi qizlarda ham, o’smir yigitchalarda ham nafaqat o’ziga, balki o’zgalar bilan bo’ladigan munosabatlarini ham belgilaydi. Qizlardagi «Men» obrazining yaxshi va ijobiy bo’lishi ko’proq bu obrazning ayollik sifatlarini o’zida mujassam eta olishi, ayollik xislatlarining o’zida ayni paytda mavjudligiga bog’liq bo’lsa, yigitlardagi obraz ko’proq jismonan barkamollik mezonlari bilan nechog’li uyg’un ekanligiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham o’smirlikda o’g’il bolalardagi bo’yning pastligi, muskullarning zaifligi va shu asosda qurilgan «Men» obrazi qator salbiy taassurotlarni keltirib chiqaradi. Qizlarda esa tashqi tarafdan go’zallikka, kelishganlik, odob va ayollarga xos qator boshqa sifatlarning bor - yo’qligiga bog’liq xolda «Men» obrazi mazmunan idrok qilinadi. Qizlarda ham ortiqcha vazn yoki terisida paydo bo’lgan ayrim toshmalar yoki shunga o’xshash fiziologiknuqsonlar kuchli salbiy emotsiyalarga sabab bo’lsa-da, baribir, chiroyli kiyimlar, taqinchoqlar yoki sochlarning o’ziga xos turmagi bu nuqsonlarni bosib ketadigan omillar sifatida qaraladi. Download 67.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling