Psixodiagnostika metodlari va ularning klassifikasiyasi Режа Psixodiagnostik metodlarining tadqiqot metodlaridan farqi


Psixodiagnostik metodlari klassifikasiyasining mezonlari va asoslari


Download 230 Kb.
bet2/7
Sana30.04.2023
Hajmi230 Kb.
#1406028
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IAS 101 AXATOV ABRORXON

4.2. Psixodiagnostik metodlari klassifikasiyasining mezonlari va asoslari Yuqorida tasvirlangan psixodiagnostik metodikalar guruhiga asoslanib, ularning yanada kengroq yoritilgan klassifikasiyasini umumiy kriteria (mezon)larini ajratish mumkin. Bu esa quyidagi mezonlarga bo’linadi: test vazifalari qo’llaniladigan metodika tiplari; metodikada qo’llaniladigan test materiallari adresati; sinaluvchi kishilar tomonidan test materiallarining tasavvur qilinish shakli; psixodiagnostik xulosalar uchun qo’llaniladigan ma’lumotlar xarakteri; metodikalardagi test normalarning mavjudligi; metodikalarning ichki tuzilmasi. Test vazifalarining qo’llanilish tiplariga qarab psixodiagnostik metodikalar: so’rovnomali (sinaluvchilarga qaratilgan savollar); ta’kidlovchi (sinaluvchiga berilgan hukm va xulosalardan o’z fikriga mosini tanlash bilan bog’liq bo’lgan); mahsuldorli (sinaluvchining ijodiy mahsuldorligini biror-bir ko’rinishi: verbal, obrazli, materialli); harakatli (sinaluvchining bir qancha harakatlarni bajarishi bilan bog’liq topshiriqlar); fiziologik (psixodiagnostika kishining ixtiyorsiz fiziologik va fizik reaksiyalarga ta’siri asosida amalga oshadi) kabi tiplarning farqlanishi.; Test materiallarining adresati asosida psixodiagnostik metodlar: anglangan (kishi ongini tekshirib boradigan); anglanmagan (kishining anglanmagan ta’sir reaksiyalari)ga bo’linadi. Birinchi tipdagi metodikalarga so’rovnomalarni, ikkinchi tipdagisini esa, proyektiv metodlarni kiritish mumkin.

Sinaluvchi kishilarning test materiallarini tasavvur etish shakliga ko’ra: blankali (test materiallarini ifodalanishi yozma yoki biror belgili shakllar bilan: rasm, chizma va hokazo); texnik (audio, video, kino, proyektor va shu singari texnik anjomlardan foydalanish yo’li bilan); sensor (sezish organlariga taalluqli fizik stimullar shaklida taqdim etiladigan materiallar) turlaridan tashkil topadi. Psixodiagnostik xulosalar uchun foydalanadigan ma’lumotlar xarakteriga ko’ra metodikalar: obyektiv (sinaluvchi yoki tadqiqotchining xohish-istaklariga va ongiga bog’liq bo’lmagan ko’rsatkichlardan foydalaniladi); subyektiv (tadqiqotchi yoki sinaluvchi ongi va istaklariga bog’liq ma’lumotlardan foydalaniladi) bo’ladi.


Download 230 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling