Psixodiagnostika tarixi Reja: Psixodiagnostikaning yuzaga kelishdagi asosiy sabablar


Download 93.32 Kb.
bet4/6
Sana14.12.2022
Hajmi93.32 Kb.
#1007479
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu

Lyuis Medison Termen.

  • Lyuis Medison Termen.
  • 1877 yil Indianada fermerlar oilasida tug’ilgan. Indianadagi Denvill markaziy kollejida ta’lim olgan va o’qituvchilik kasbini egallagan. Indiana Universitetidan bakalavr va magistr darajasini olgan. 1903 yil Klark universiteti doktaranturasiga o’qishga kirib, doktorlik dissertasiyasini “Psixologik test” (1905) mavzusida yoqlaydi. 1906 yildan boshlab Los-Anjelosdagi pedagogika kollejining professori bo’lgan. To’rt yil o’tganidan so’ng u Stenforddagi universitetga o’qituvchilik lavozimiga taklif qilinib, Bine shkalasini modifikasiyalash bilan shug’ullanadi. Birinchi jahon urushi davrida armiyada qo’llaniladigan testlarni qayta ishlash jarayonida qatnashgan. 1922 yilda Stenford universiteti psixologiya fakultetiga dekan, 1923 yildan Amerika psixologlari assosiasiyasining prezidenti lavozimlariga tayinlangan.

Rishar Meyli

  • Rishar Meyli
  • 1900 yil Shveysariyada tug’ilib, Berlinda o’qigan. Kurt Levin uni “Geshtalt psixologiyasi” bilan tanishtirgan. Mashhur olim Klaypered taklifi bilan Institut Russoga kelgan va psixologik diagnostika bo’yicha hamda qisman intellektni o’rganish bilan ham shug’ullangan.
  • Psixodiagnostika bo’yicha 1936, 1951, 1978 yillarda chop etilgan mashhur kitoblarning avtori. Institutni 6 yil boshqargandan so’ng Vernsk Universitetida professor lavozimida ishlay boshlagan. 1930 yildan intellekt omilini o’rganish bilan shug’ullangan. Oxirgi izlanishlari asosida (1981) intellek bo’yicha to’rtta fundamental omil borligini va ular olti yoshda turg’in holatda paydo bo’lishini aniqlagan. O’zining longityud tekshirishlarini (1959) xarakterlangan qirralarning birlamchi elementlarini topishga bag’ishlagan. 1963 yil intellektga atrof-muhitni ta’siri haqidagi tekshirishlari natijasi chop etilgan. Bundan tashqari u intellekt bilan o’qishda jarayonidagi muvaffaqiyatga erishishlarning o’zaro bog’liqligi muammosini ochishga harakat qilgan.

Florens Laura Gudinaf

  • Florens Laura Gudinaf
  • 1886 yil AQSHda tug’ilgan. Doktorlik unvonini L.Termen rahbarligida Stenford Univesitetida 1924 yil olgan. Shundan so’ng uning psixologiya mutaxassisi sifatidagi karyerasi Minnesots Univesitetida boshlanadi. U yerda bolalar tomonidan chizilgan rasmlarni tahlilig asoslangan intellektni o’lchash shkalasini chop etgan. Test katta mashhurlik keltirib o’z mavqyeini ko’p yillar davomida saqlab turgan.1950 yilga kelib, Deyl Xarris bu testga ma’lum ma’nodagi o’zgarishlar va qo’shimchalarni kiritgan (Gudinaf – Xarris nomi bilan mashhur rasm testi). Gudinafning boshqa izlanishlari bolalarni ijtimoiy va emosinal rivojlanishini o’rganishga qaratilgan. 1947 yil kasalligi tufayli mehnat ta’tiliga chiqishga majbur bo’lganligiga qaramasdan, unga mashhurlik olib kelgan kitoblarining chiqishi davom etgan

Download 93.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling