Psixodiagnostika
Tadbirkorlik motivasiyasi va qiziqishlarini o’rganishda qo’llaniladigan psixodiagnostik metodlar
Download 1.89 Mb.
|
PSIXODIAGNOSTIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.7. Rezyume
16.6. Tadbirkorlik motivasiyasi va qiziqishlarini o’rganishda qo’llaniladigan psixodiagnostik metodlar
Umuman tadbirkorning ijtimoiy xulq motivlari haqida gap ketganda, uning ikki elementini: harakat dasturi va maqsadni ajratish maqsadga muvofiq sanaladi. Harakat dasturi maqsadga erishishning vositalariga aniqlik kiritadi. Buning uchun ijtimoiy xulqning motivlari aniqlangan, ehtiyojlar muvofiqlashtirilgan, maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo’lishi kerak. Shundagina tadbirkor ijtimoiy xulqi jamiyat me’yorlariga mos bo’ladi. A.Karpovning yozishicha, mehnatga ijtimoiy motivasiya muammosi asosan ishlab chiqarishdagi psixologik va tadbirkorlik boshqaruvi masalalari muammolarini o’z ichiga oladi. Muallifning fikricha, psixologik muammolar, ishchining va har qanday tadbirkorning ruhiy holati, kechinmalari, tashqi omil ta’sirini qay darajada hazm qila olishi va bularning tadbirkor ish faoliyati va natijasiga ta’sir qilish darajasi tushuniladi. Psixologik nuqtai nazardan motivasiyani tizimli tarzda o’rganish insonni mehnatga aynan nima yo’naltirishini yaqqol aniqlashga imkon berdi. Lekin insonni mehnatdagi xulqi tadqiqotlari motivasiyaning ba’zi umumiy tushunchalarini beradi va ish joyida xodim motivasiyasining pragmatik modellarini yaratishga imkon tug’diradi. Tadbirkorlik faoliyati motivasiyasini ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o’rganishda, hozirgi kunda, rivojlangan mamlakatlarda ikki xil yondoshuv mavjud: metodikalar jamlanmasi; umumiy moslashish. Shuningdek, birinchi yondoshish, metodikalar jamlanmasiga to’rtta metod kiradi: iqtisodiy metodlar (D.Sink); maqsadli metod; ishni takomillashtirish va rejalashtirish metodi (D.Xakmen, G.Oldxem); “qatnashish” metodi (metod “souchastiya”) – ishchilarni jalb etish. Hozirda ushbu jamiyat qatlamining psixologik, ijtimoiy hamda ijtimoiy-psixologik mavqyei xususiyatlari, shuningdek, hayot faoliyatining iqtisodiy sharoitlari haqida adekvat tasavvurlarga ega bo’lish o’ta muhim sanaladi. Shu bilan birga ularda ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni rivojlantirish dinamikasini kuzatish ham muhim ahamiyatga molikdir. 16.7. Rezyume Hozirgi zamon tadbirkorining faoliyatini tahlil qilish, ilgarigi mavzularda yoritilgan psixodiagnostik metodlar yordamida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq sanalib, ham iqtisodiy, ham psixologik manbalardagi tadbirkor shaxsi va faoliyati motivasiyasini turli jihatdan o’rganish shuni ko’rsatdiki, ushbu muammo ijtimoiy-psixologik bo’lib, uni aniq izlanishlar doirasida o’rganishni metodologik asoslaridan biri – ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasidir. Bu konsepsiyadagi uslubiy tamoyillar orqali biz tadbirkorlik faoliyati motivasiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniq obyektlarda o’rganishimiz mumkin. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling