Psixodiagnostika


Psixodiagnostikaning predmeti va vazifalari


Download 1.89 Mb.
bet2/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

1.2. Psixodiagnostikaning predmeti va vazifalari


Psixodiagnostika psixologiyani ilmiy va amaliy jabhalaridan tashqari, uning boshqa sohalarida ham keng qamrovda qo’llaniladi. Masalan, tibbiy psixologiya, patopsixologiya, injenerlik psixologiyasi, mehnat psixologiyasi kabi insonning psixologik xususiyatlarini bilish talab qilinadigan barcha sohalarida foydalaniladi.
Ilmiy va amaliy psixodiagnostika yuqorida qayd etilgan barcha holatlarda ham o’ziga xos muhim vazifalarni hal etadi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • Insondagi mavjud biror psixologik xususiyat yoki xulq-atvori holatini aniqlash;

  • Mazkur xususiyatning shakllanganligi, ya’ni uning miqdoriy va sifatiy ko’rsatkichlarda namoyon bo’lishi darajasini o’rganish;

  • Zarur bo’lgan holdagina shaxsning tashxis qilinayotgan xulq-atvoridagi psixologik xususiyatlarini ochib berish;

  • O’rganilayotgan xususiyatlarning shakllanganlik darajasini taqqosiy ishlanmasini yaratish.

Amaliy psixodiagnostikada sanab o’tilgan vazifalarning har biri alohida yoki kompleks tarzda olib borilayotgan tadqiqot maqsadiga muvofiq amalga oshiriladi.
Demak, psixodiagnostika psixologdan professional faoliyati jarayonida maxsus tayyorgarlik talab qiluvchi murakkab sohadir. Psixolog (tashxischi) egallashi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar shunchalik keng va murakkabki, uning o’zlashtirilishi bilan psixodiagnostikani professional psixolog faoliyatining negizi sifatida e’tirof etilishiga sabab bo’ladi. Haqiqatdan ham amaliy psixologlarni malakali mutaxassis etib tayyorlash ahamiyatga molik omildir.


1.3. Ilmiy va amaliy psixodiagnostikaning asosiy masalalari


Psixologiya fanida “psixologik tashxis qo’yish” so’zining ikki xil tushunchasi mavjud.
Birinchisi, “Psixodiagnostika” – amaliyotda turli psixodiagnostik usullardan foydalanish mumkin bo’lgan psixologik bilimlar doirasini ifodalab, u o’z ichiga tashxis jarayonini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadigan quyidagi qator masalalarni qamrab oladi:

  • Psixologik xususiyatlar tabiati va ularni ilmiy baholash imkoniyatlarining mavjudligi qanday?

  • Psixologik xususiyatlarni aniqlash jarayonida va miqdoriy baholash vaqtdagi umumiy bo’lgan ilmiy asoslar holati qay tarzda?

  • Hozirgi vaqtda qo’llanila-yotgan psixodiagnostik usul-lar qabul qilingan umum-ilmiy, metodologik talab-larga qanchalik mos keladi?

  • Psixodiagnostikaning turli usullarigaqo’yiladigan me todologik talablar nimalardan iborat?

  • Amaliy psixodiagnostika, jumladan, tashxis jarayon-larini amalga oshirish sha-roitlariga qo’yiladigan ta-lablar, olingan natijalarni qayta ishlash va tahlil qilish usullarining ishonchlilik dara-




jasini asosligi qanday?

  • Psixodagnostik metodlarning ilmiyligini tekshirish va ularni yaratish jarayonlari qanday amalga oshadi?


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling