Psixodiagnostika
Kichik Edvard Kella Strong
Download 1.89 Mb.
|
PSIXODIAGNOSTIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- German Rorshax
- Trumen Li Kelli
Kichik Edvard Kella Strong
1884 yil Nyu-York shtatining Sirakuza shahrida tug’ilgan. Biologiya bo’yicha bakalavrlik darajasini Kaliforniya universitetida olgan (1906). Uch yildan so’ng magistrlik dissertasiyasini himoya qilgan. 1911 yilda Kolumbiya universiteti psixologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. Keyinchalik Neshvildagi Georg kollejida professor bo’lib ishlagan. 1917 yil armiya safida xizmat qilgan. U yerda ham harbiy shaxslarni saralash va o’qitish masalalari bilan shug’ullangan. Urush tugaganidan so’ng Karneg institutida professor lavozimida faoliyat yuritgan. Professional ta’lim departamentini boshqargan (1919). 1921 yilda ta’lim olish yuzasidan tekshirishlar bo’yicha Byuro boshlig’i bo’lgan. Uning tekshirishlari tom ma’noda Amerika psixologiyasining rivojlanishiga asos bo’lgan. Keyinchalik Stenford universiteti qoshidagi biznes maktabda psixologiya fanidan professor sifatida ishlagan (1927). Uning ismi o’zi ishlab chiqqan “Professional qiziqishlar blanklari” bilan sinonim bo’lib tarixda qolgan (1927). 1943 yil ta’tilga chiqsa-da, ilmiy izlanishlashni to’xtatmagan. 1955 yilda yoshlarda professional qiziqishlarga bag’ishlangan kitobini nashr qilinishi bunga guvohlik beradi. U 1963 yil vafot etgan.
ilmiy darajaga ega bo’lgan. Rorshax Shveysariya psixiatrik klinikalarida mehnat qilgan. Qisqa umrining asosiy bo’lagi Rossiya bilan bog’liq, ya’ni uning turmush o’rtog’i rossiyalik Olga bo’lgan. Rorshaxni ilmiy qarashlari shakllanishida Freyd va Yunglarning fikrlari alohida ahamiyat kasb etgan. U psixotahlillarni kattalashtirgan holda nevrologik tekshirishlar o’tkazgan. O’z ilmiy faoliyati davrida diniy muammolarga katta qiziqish bilan qaragan. Qabul qilishning o’ziga xosligini o’rganishda amorf (o’zgarmas, qotgan) tasvirlarni, dog’larni qo’llagan (1911–1917). Rorshax ikki yildan so’ng bunga bag’ishlangan kitobini yozib tugatadi. “Psixodiagnostika” kitobi unga katta shuhrat keltirgan va butun dunyoga tanitgan. Bu kitobni u katta qiyinchiliklar bilan 1920 yilda chop etadi. 1922 yil peritonitdan vafot etgan.
intellektni o’lchash bilan bog’liq bo’lib, uni 1914 yilda himoya qilgan. Stenford universitetida professor assistenti, keyinchalik, psixologiya fanidan professor lavozimida (1920–1931) faoliyat yuritgan. Termen bilan hamkorlikda xalq ta’limi testlarini yaratishda ishtirok etgan. 1924 yil “Statistik metodlar” kitobini yozgan, keyinchalik “Ta’limda o’lchashning interpretasiyasi” monografiyasi chiqqan (1927). Mashhur kitobi “Insonlar tafakkurining chorrahasi”da (1928) bo’lib, unda intellektga boshqa omillar ta’sir qilishini yoritib bergan. 1931 yil Gadvard universitetining professori bo’lib ishlagan. 1950 yil mehnat ta’tiliga chiqqan va 1961 yilda vafot etgan. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling