Psixodiagnostika
Psixodiagnostika sohasini shakllanishida V.Vund laboratoriyasining o’rni
Download 1.89 Mb.
|
PSIXODIAGNOSTIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.5. Birinchi statistik asoslangan testlar
2.4. Psixodiagnostika sohasini shakllanishida V.Vund laboratoriyasining o’rni
Psixodiagnostikaning miqdoriy metodlarini yaratilishi XIX asr ikkinchi yarmida, nemis psixologi V.Vund rahbarligi ostida yaratilgan birinchi tajribaviy psixologik laboratoriyaning faoliyati bilan asoslanadi. Bu laboratoriyada psixodiagnostik tahlillar qilish maqsadida turli xil asbob-uskunalardan foydalanar edilar. Shuningdek, ushbu davrda psixik va fizik holatlar o’rtasidagi miqdoriy bog’lanishlar mavjudligini izohlagan psixofizik qonunning yaratilishi, psixodiagnostika usullarining yaratilish jarayonini tezlashtirib yubordi. Asosiy psixofizik qonun psixologik holatlarni o’lchash imkoniyatini ochdi va bu yangilik sezgini o’lchash uchun subyektiv shkalaning yaratilishiga sabab bo’ldi. Mazkur qonunga muvofiq, asosiy o’lchash obyekti bo’lib, inson sezgilari hisoblandi. Shu bois, XIX asr oxirlarigacha amaliy psixodiagnostika sezgi jarayonlarini o’lchash bilan chegaralandi, xolos. Insonning psixik jarayonlari, xususiyatlari va holatlarini o’rganishga daxldor psixodiagnostikaning zamonaviy metodlari esa XIX asr oxirlari va XX boshlarida yuzaga kela boshladi. Zamonaviy psixologiyada malakali psixologlar yordamida miqdoriy psixodiagnostik metodlarga asoslanadigan ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning ayrim sohalari tez rivojlanib bormoqda. Biroq endi matematik statistikani psixologiyada emas, balki, biologiya, iqtisodiyot kabi fanlarda ham qo’llay boshladilar. Ma’lum vaqtdan so’ng esa psixik holatlarning miqdoriy psixodiagnostikasi uchun maxsus usullar yaratilishi yuzaga keldi. Masalan, faktorli tahlil shular jumlasidan bo’lib, u birinchi bor shaxs xislatlarini va aqliy rivojlanishni psixodiagnostika qilishda ishlatildi. 2.5. Birinchi statistik asoslangan testlar Ilk maxsus, psixometrik tadqiqot markazi mashhur angliyalik psixolog Galton tomonidan Angliyada tashkil etilgan edi. 1884 yilda u Antropometrik laboratoriyaga asos soladi. Laboratoriyaning asosiy vazifalaridan biri, inson qobiliyatlari haqidagi statistik ma’lumotlarni yig’ishdan iborat edi. Mazkur laboratoriyaga tashrif qiluvchilar ixtiyoriy ravishda o’z qobiliyatlarini o’lchash imkoniyatiga ega bo’lishib, o’z davrida undan deyarli 10000 ga yaqin kishi foydalangan edi. Galton statistikani psixologiyada qo’llashning tashkilotchisi hamda statistik metodlarni ishlab chiqishda katta xizmat ko’rsatgan edi. 1877 yilda Galton psixologiyada korrelyasiya metodini qo’llashni taklif etadi va buning uchun u Fisher hamda Pirson kabi matematik olimlarni hamkorlikka chaqiradi. Olimlar birgalikda nafaqat matematika sohasida, balki psixologiyada ham muvaffaqiyatli natijalarga erishadilar. Masalan, Fisher dispersion tahlilni, boshqa bir matematik olim, Galton zamondoshi Spirmen esa faktorli tahlilni kashf etdilar. Spirmen psixologiya tarixida 1904 yil e’lon qilingan “Obshiy intellekt, obyektivno opredelenniy i izmerenniy” nomli maqolasi bilan alohida o’rin egalladi. Birinchi statistik asoslangan testlardan biri intellektga oid bo’lib, fransuz olimi A.Bine tomonidan 1905-1907 yillarda ishlab chiqildi va keng ommaga e’lon qilindi. Biroz vaqt o’tgach u boshqa fransuz olimi T.Simon bilan hamkorlikda bu testni mukammallashtirdi va psixodiagnostika tarixiga “Bine-Simon testi” sifatida kirib keldi. XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmida yangi psixologik, jumladan intellektual va shaxsga oid, turli jarayon va xususiyatlarning psixodiagnostikasini amalga oshiradigan testlar yuzaga kela boshladi. Shuningdek, so’nggi miqdoriy xarakterdagi psixodiagnostik usullar qatoridan, ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar bilan bog’liq bo’lgan sosiometrik testlar ham o’rin egallagan edi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling