Psixodiagnostika
Download 1.89 Mb.
|
PSIXODIAGNOSTIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.7. Rezyume
- 1.8. Asosiy tushuncha va atamalar
Test qilish – psixologik xarakteristikani o’lchash demakdir. Psixologik baho berish uzoq tarixiy davrga borib taqaladi. Masalan, qadimgi Xitoyda chinovniklarni tanlab olish tizimiga asoslangan. Ma’lumotlarga qaraganda psixologik baho – psixologik testlashga qaraganda kengroq tushunchadir. Baholash faqatgina test orqali o’tkazilmaydi. Ayni paytda psixologik baholash va boshqarish mazmuni tahlil qilinadigan bo’lsa, ko’p holda testlashning sinonimi sifatida e’tirof etilib, psixologik o’lchovning hamma spektrlarini o’z ichiga qamrab olmoqda. Natijada, testlar (standartlashgan muolajalar)dan tashqari tashxis etish jarayoni rivojlandi. Bu esa psixologik baho tushunchasining psixodiagnostika predmetiga yaqinligi zaruratini keltirib chiqardi.
1.7. Rezyume Shunday qilib, psixodiagnostik maqsadni amalga oshirish uchun biror psixodiagnost metodikani qo’llash jarayoni haqida aniq tasavvurga ega bo’lishi lozim, ya’ni tanlangan usul haqiqatdan ham sanab o’tilgan mezonlarga to’la javob bersin. Aniq tasavvursiz esa, psixodiagnost olinayotgan natijalarning ishonchlilik darajasini aniqlay olmaydi. Bundan tashqari, psixodiagnostik metodlarni tanlashda qo’yiladigan quyidagi qo’shimcha talabga e’tiborni qaratishi maqsadga muvofiqdir: Birinchidan, tanlanayotgan metodika zarur (kutilayotgan) natijani olishdagi eng oddiy va qulayi bo’lishi kerak; Ikkinchidan, tanlanayotgan metodika nafaqat psixologga, balki sinaluvchi uchun ham tushunarli bo’lishi lozim; Uchinchidan, metodikadagi ko’rsatma (yo’riqnoma)lar qisqa, lo’nda va qo’shimcha yoritishsiz tushunarli bo’lishi shart; To’rtinchidan, diagnostikaning o’tkazilish shart-sharoitlari sinaluvchilarni chalg’ituvchi tashqi qo’zg’atuvchilarsiz tashkil etilishi zarur. 1.8. Asosiy tushuncha va atamalar Psixodiagnostika; psixologik tashxis qo’yish; ilmiy va amaliy psixodiagnostika; psixodiagnostik usullar; psixologik bilimlar; psixodiagnostikani tashkillashtirish; amaliy psixologiya; nazariy psixologiya; professional faoliyat; differensial psixologiya Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling