Psixodiagnostika


Tashkilot imijini yaratish va uning vakolatlari doirasini kuchaytirish


Download 33.91 Kb.
bet7/7
Sana16.06.2023
Hajmi33.91 Kb.
#1518473
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
60-67

6.6.2. Tashkilot imijini yaratish va uning vakolatlari doirasini kuchaytirish
Bu omil korxona yoki tashkilotning boshqalari oldidagi raqobatbardoshligini ta’minlaydi. Ana shunday imijga ochiq intilgan tashkilotlar sirasiga aviakompaniyalar, DAN xodimlari, qo’riqlash xizmati va boshqalar kiradi. Ularda o’ziga xos ramzlardan tashqari, yagona kiyim-bosh, intizom normalari ham mavjud. Ko’p yoshlar ana shu simvolikalar tufayli ushbu tashkilotlarda ishlashni xohlaydilar. Imijning ijobiyligi korxonaning o’zini reklama qilishga ketadigan mablag’ini tejaydi, aks holda – bu anchagina qimmatga tushadi.Hozirda rivojlangan G’arb mamlakatlarida va xususiy mayda korxona va ularning tashkilot ko’p bo’lgaligi uchun, ularning har biri yiliga o’rtacha 500 million dollar mablag’ini reklamaga sarf qiladi. Ko’pincha imijni oshirishga ayrim shaxslarning obro’si kompaniya tarkibida taniqli shaxslarning bo’lishi yoki bo’lganligi ham xizmat qiladi. Masalan, bizda ham yangi partiyalar (“O’zbekiston leberial demokratlar partiyasi (O’zLDP)”, “Fidokorlar (FMDP)”, “Adolat (ASDP)”, “Milliy tiklanish (MTP)” kabilar) o’z a’zolari sifatida taniqli shaxslarni, tadbirkorlarni, yozuvchi va adiblarni, siyosiy arboblarni jalb etishgan. Bunday a’zolik o’ziga xos reklama rolini o’ynab partiyasining obro’sini oshirgan.
Download 33.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling