Psixodiagnostika


Psixodiagnostik metodlari klassifikasiyasining mezonlari va asoslari


Download 33.91 Kb.
bet2/7
Sana16.06.2023
Hajmi33.91 Kb.
#1518473
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
60-67

6.2. Psixodiagnostik metodlari klassifikasiyasining mezonlari va asoslari
Yuqorida tasvirlangan psixodiagnostik metodikalar guruhiga asoslanib, ularning yanada kengroq yoritilgan klassifikasiyasini umumiy kriteria (mezon)larini ajratish mumkin. Bu esa quyidagi mezonlarga bo’linadi:

  • test vazifalari qo’llaniladigan metodika tiplari;

  • metodikada qo’llaniladigan test materiallari adresati;

  • sinaluvchi kishilar tomonidan test materiallarining tasavvur qilinish shakli;

  • psixodiagnostik xulosalar uchun qo’llaniladigan ma’lumotlar xarakteri;

  • metodikalardagi test normalarning mavjudligi;

  • metodikalarning ichki tuzilmasi.

Test vazifalarining qo’llanilish tiplariga qarab psixodiagnostik metodikalar:

  • so’rovnomali (sinaluvchilarga qaratilgan savollar);

  • ta’kidlovchi (sinaluvchiga berilgan hukm va xulosalardan o’z fikriga mosini tanlash bilan bog’liq bo’lgan);

  • mahsuldorli (sinaluvchining ijodiy mahsuldorligini biror-bir ko’rinishi:

  • verbal, obrazli, materialli);

  • harakatli (sinaluvchining bir qancha harakatlarni bajarishi bilan bog’liq topshiriqlar);

  • fiziologik (psixodiagnostika kishining ixtiyorsiz fiziologik va fizik reaksiyalarga ta’siri asosida amalga oshadi) kabi tiplarning farqlanishi.

Test materiallarining adresati asosida psixodiagnostik metodlar:

  • anglangan (kishi ongini tekshirib boradigan);

  • anglanmagan (kishining anglanmagan ta’sir reaksiyalari)ga bo’linadi.

Birinchi tipdagi metodikalarga so’rovnomalarni, ikkinchi tipdagisini esa, proyektiv metodlarni kiritish mumkin. Sinaluvchi kishilarning test materiallarini tasavvur etish shakliga ko’ra: blankali (test materiallarini ifodalanishi yozma yoki biror belgili shakllar bilan: rasm, chizma va hokazo); texnik (audio, video, kino, proyektor va shu singari texnik anjomlardan foydalanish yo’li bilan); sensor (sezish organlariga taalluqli fizik stimullar shaklida taqdim etiladigan materiallar) turlaridan tashkil topadi. Psixodiagnostik xulosalar uchun foydalanadigan ma’lumotlar xarakteriga ko’ra metodikalar: obyektiv (sinaluvchi yoki tadqiqotchining xohish-istaklariga va ongiga bog’liq bo’lmagan ko’rsatkichlardan foydalaniladi); subyektiv (tadqiqotchi yoki sinaluvchi ongi va istaklariga bog’liq ma’lumotlardan foydalaniladi) bo’ladi. Obyektiv tipdagi metodikalar tarkibiga refleksiv, fiziologik ko’rsatkichlar tahlili yoki sinaluvchi faoliyatining amaliy natijalarini o’z ichiga olgan testlarni kiritish mumkin. Ularrdan foydalangan vaqtda baholanishdagi subyektivizm minimum darajaga ega bo’ladi. Subyektiv tipdagi metodikalar tarkibiga shaxsiy tajriba, intuisiyalar bilan xulosa introspeksiyaga suyangan ko’rinishlarni kiritish mumkin. Test normalarining mavjudligi mezonlariga ko’ra psixodiagnostik metodikalar: normaga ega bo’lgan; norma mavjud bo’lmaganlarga ajratiladi. Psixodiagnostik metodikalar ichki tuzilmasiga asosan: bir o’lchamli; ko’p o’lchamli turlardan iborat bo’ladi.
Bir o’lchamli turlarda yagona xususiyat yoki sifat diagnos qilinadi va baholanadi. Ko’p o’lchamli turlari esa, kishining qator psixologik sifatlarini psixodiagnostika qilishga mo’ljallangan. Mazkur holatda psixodiagnostika yana bir necha kichik metodikalarga, ya’ni alohida psixologik xususiyatlarni baholaydigan shkalachalarga ham bo’linadi. Masalan, xavotir hissini baholaydigan mashhur Spilberger-Xanin testi – bir o’lchamli metodika bo’lsa, Kettelning shaxsga doir testini ko’p o’lchamli metodika turiga kiritish mumkin. Shuningdek, psixodiagnostik metodika bir vaqtning o’zida turli mezonlar asosida kvalifikasiyalanishi hamda baholanishi mumkin. Tadqiqot jarayonida har qanday metodikani birdaniga qator klassifikasion guruhlarda qo’llash mumkin bo’ladi. Shu bois, psixodiagnostik metodikalar klassifikasiyasining mezonlarini o’zaro inkor qiluvchi holda emas, balki bir-birini to’ldiruvchi, tahlil qilishning imkoniyatlaridan kelib chiqib sinfga ajratuvchi sifatida tushunishish zarurdir.

Download 33.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling