Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha
Menejer faoliyatining diagnostikasi testi
Download 1 Mb.
|
Psixodiagnostika-fayllar.org
15.4. Menejer faoliyatining diagnostikasi testi
Sizga tavsiya qilinayotgan test savollari menejer faoliyatining psixologik diagnostikasiga bag’ishlangan. Shuning bilan birga bu ma’lumotlar respublikamizdagi xalq xo’jaligini boshqarishni takomillashtirishga muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxsiy va kasbiy sifatlaringiz bo’yicha ma’lumotlar Siz uchun quyidagi jarayonlarda asqotadi: lavozim bo’yicha attestasiyaga tayyorlanish bosqichida; shaxsiy-kasbiy sifatlarni rivojlantirishda va o’z ustingizda ishlashni takomillashtirishda; hayot va faoliyatingizni qanday tashkil qilishni belgilab beruvchi o’zingizni “MEN” – konsepsiyasi bo’yicha (o’zingiz haqingizdagi tasavvurni) Har bir fikrga “ha” (+) yoki “yo’q” (–) belgisini qo’yish bilan javob berishingiz mumkin. Tanishlarimning ko’pchiligi meni yoqtirishsa kerak, deb o’ylayman. So’zim kamdan-kam hollarda ishimga to’g’ri kelmaydi. Ko’pchilik odamlar o’zlariga o’xshash tomonlarini menda ko’rishsa ajab emas, deb hisoblayman. Men o’zimni baholashga harakat qilganimda, eng avvalo kamchiliklarimni ko’raman. Men shaxs sifatida odamlarni o’zimga jalb qila olaman, deb tasavvur qilaman. O’zimga meni yaxshi ko’radigan odamning ko’zi bilan qaraganimda, shaxsiy obrazim haqiqatdan qanchalik uzoqligini ko’rib tasavvur qilganimda noxush hislar tug’iladi. Mening “Men”im o’zim uchun har doim qiziqarlidir. Ba’zan o’zini o’zi ayashni gunoh emas, deb baholayman. Shaxsiy hayotimda menga haddan tashqari ruhan yaqin turgan odamlar bor yoki bo’lgan. O’zimni o’zim hurmat qilishim uchun yana xizmat ko’rsatishim joiz. O’zimni o’zim juda yomon ko’rib ketgan vaqtim bo’lgan va bu voqyea bir marta emas. Men to’satdan paydo bo’lgan xohishimga to’la ishonaman. O’zim ham shaxsiyatimdagi ko’p narsalarni o’zgartirishni istar edim. Men uchun shaxsiy “Men”im alohida chuqur e’tiborga sazovor bo’lib tuyuladi. Mening hayotimda hamma narsa yaxshi bo’lishini sidqidildan xohlayman. Men birovga ta’na toshi yog’dirishdan oldin, avvalo o’zimni ayblayman. To’satdan tanishga odamga ko’proq yoqimli shaxsday bo’lib tuyulaman. Men ko’proq o’z rejalarim va xatti-harakatlarimni qo’llab-quvvatlayman. Shaxsiy kamchiliklarim menda g’azab tuyg’usiga o’xshash kechinmani vujudga keltiradi. Agar men ikkita kishiga aylanib qolsam, u holda o’zimning ikkinchi siymom bilan qiziqarli suhbat qilgan bo’lar edim. O’zimning ba’zi bir xislatlarim menga begonadek bo’lib tuyuladi. Kimningdir shaxsiyatidan menga o’xshash tomoni mavjudligini his qilish mumkin emas. O’ylagan rejamni amalga oshirish uchun qobiliyatim va imkoniyatim yetarli. Men o’z ustimdan kulmagan holda o’zim bilan o’zim hazillasha olaman. Insonning o’z hayotida amalga oshiradigan eng aqlli ishi – bu o’z taqdiriga tan berishidir. Birinchi qarashda menga begona odam, mendan o’zgalarni itaruvchi xususiyatlarni ko’proq topadi. Agar men biror narsa degan bo’lsam, bu xuddi aytganimday ish tutaman, degan so’z emas. O’zimga bo’lgan munosabatimni do’stona deyish mumkin. Shaxsiy kamchiliklarga muruvvatli bo’lish – bu tabiiy holdir. Sevimli odamim uchun hamisha qiziqarli manba bo’lishlik qo’limdan kelmaydi. Qalbimnnig tubidan men bilan qandaydir falokat yuz berishini sezaman. Ko’pchilik tanishlarimga yoqimli tuyulmasam kerak. Meni yoqtiradigan odamning ko’zi bilan o’zimga qarashim menga juda maroqli. Menda qandaydir bir xohish tug’ilsa birinchi navbatda o’zimdan-o’zim “bu aqldanmi?” deb so’rayman. Noma’lum donishmand odam mening ichki dunyomni payqab olganida edi, unda o’zimning qanchalik qashshoq ekanligimni darhol tushunib yetgan bo’lar edim. Vaqim-vaqti bilan o’zimdan-o’zim faxrlanaman. Men o’zimni yetarli darajada yuqori baholayman, deb aytsam bo’ladi. Men haqiqatdan ham katta odam ekanligimga qalbimning tubidan hyech ishongim kelmaydi. Begona odamlarning yordamisiz men juda kam narsa qila olaman. Ba’zan o’zimni o’zim tushunmayman. Maqsadga yo’nalganlik, irodaviy sifat va quvvatning yetarli emasligi menga juda xalal beradi. Umuman olganda boshqalar meni yetarli darajada orttirib baholashi mumkin, deb o’ylayman. Mening ruhiyatimda boshqalarni o’ta yoqtirmaslikni vujudga keltiruvchi nimadir bor. Meni ko’pchilik tanishlarim unchalik jiddiy odam, deb qabul qilishmaydi. Menda doim qo’zg’atuvchanlik hissi bo’lganligi bois o’zimdan xursandman. Men o’zimni o’zim hurmat qilaman. Hatto salbiy xislatlar ham begona emas. Aslida men qanday bo’lsam, xuddi shuning o’zi meni qoniqtiradi. Meni chin ko’ngildan seva olmasalar kerak. Mening orzu va rejalarimga amaliy ifoda yetishmaydi. Agar mening ikkinchi “men”im bo’lganida edi, bu muloqotda men uchun eng zerikarli sherik bo’lardi. O’ylaymanki, har qanday aqlli va bilimli kishi bilan umumiy til topsa bo’ladi. Menda namoyon bo’ladigan kechinmalar, men uchun tushunarlidir. Ijobiy fazilatlarim kamchiliklarimni bosib ketadi. Meni vijdonsizlikda ayblaydigan odamlar topilishi lozim. Menda ko’ngilsizlik sodir bo’lsa, o’zimga o’zim “Qilmishinga yarasha-da!” deb aytaman. Umuman olganda men o’z taqdirimni nazorat qilaman, deb ayta olaman. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling