Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha


Download 1 Mb.
bet110/154
Sana03.12.2023
Hajmi1 Mb.
#1797015
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   154
Bog'liq
Psixodiagnostika-fayllar.org

Intuitiv tiplilar
Bu shunday toifali kishilarki, ularda ko’pincha hissiyotlar mantiqdan ustun keladi va miya faoliyati bo’yicha ham o’ng yarim sharlar faoliyati chapnikidan ustunroq bo’ladi. Ko’rib, his qilib, yorqin emosional munosabat shakllantirilmaguncha, bunday odamlar biror xususda fikrlarini bayon eta olmaydilar.

Fikrlovchi tiplar
Bunday kishilarda doimo mantiq, mulohaza xissiyotlardan ustun bo’ladi va miyasining chap tomoni o’ngiga nisbatan dominanta (ustun) hisoblanadi. Bundaylar gapira boshlashsa, ko’pincha, “Faysasuf bo’lib ket-e”, deb ham qo’yishadi. Chunki ular o’zlarigacha bo’lgan bilimlar, mantiqiy fikrlash borasidagi yutuqlarga tayanib, doimo to’g’ri gapirishga, doimo fikrlarini mantiqan asoslash – argumentasiya qilishga harakat qiladilar. Aniq va texnika, tibbiyot fanlari bilan shug’ullanuvchilarda ana shu tafakkur tipiga moyillik va psixologik hozirlik bo’lsa, ular o’z kasblari borasida juda yaxshi natijalarga erishadilar. Ulardan farqli birinchi toifa vakillaridan yaxshi yozuvchilar, shoirlar, tilshunoslar, psixologlar yetishib chiqadi.

14.7. Rezyume
Shaxsning xulq-atvor nazariyasi uning xulq-atvorini tavsiflab beradigan asosiy omillar bilan xarakterlanadi. Ekstraversiya va introversiyaning mavjudligi shaxsning tabiiy xususiyatlari bilan uzviylashgan bo’ladi, ya’ni temperament turlarigi bog’liq. Guruhlarda shaxsning xulq-atvorini diagnostika qilish orqali jamoaning psixologik muhiti aniqlanadi. Shuningdek, guruhning umumiy maqsadlari, uning samaradorligini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Shaxsning professional faoliyati, jamoadagi o’rni va statusi, uning jamiyatdagi o’rnini ilmiy tushunchalar vositasida talqin qilinishi orqali o’rganilishi maqsadga muvofiqdir.

14.8. Asosiy tushuncha va atamalar
Xulq-atvor, ekstraversiya, introversiya, melanxolik, xolerik, flegmatik, sangvinik, vizual psixodiagnostika, sleng, intuitiv, fikrlovchi.

14.9. Nazorat va muhokama qilish uchun savollar
1. Qaysi omillar shaxs va uning xulq-atvorini tavsiflab beradi?

2. Temperament nima va uni qanday qilib aniqlash mumkin?


3. Shaxsning guruhlardagi xulq-atvori qanday va izohlab bering.
4. Shaxsning professional faoliyati va uning jamoadagi o’rni deganda nimani tushunasiz?
5. Sleng nima?
6. K.Yungning psixologik tiplari farqini taqlil qiling.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling