Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha


Download 1 Mb.
bet112/154
Sana03.12.2023
Hajmi1 Mb.
#1797015
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   154
Bog'liq
Psixodiagnostika-fayllar.org

Internet ssilka:
http://psychoanalyse.narod.ru/rorsch1.htm
http://www.ill.ru/shop/piter/shops.phtml?c_id=104&..
http://psi.webzone.ru/st/090500.htm
http://psyberia.ru/work/diagnost


XV bob

TASHKILOTCHILIK VA

BOSHQARUV JARAYONLARI

PSIXODIAGNOSTIKASI


                  Bobning qisqacha mazmuni

                  Tashkilotchilik qobiliyati psixodiagnostikasi. Odamlarga faol ta’sir eta olish malakasini aniqlash.
                  Reykovskiy bo’yicha faoliyatning diagnostikasi. Faoliyat. Instrumental aspekt. Munosabat aspekti.
                  Menejer kasbiy moyilligini baholash. Menejer kasbiy moyilligini baholash testi va uning natijalari.
                  Menejer faoliyatining diagnostikasi testi. Shaxsiy va kasbiy sifatlar bo’yicha ma’lumotlar. O’zining “MEN”idan rozi yoki norozi bo’lish integral hissi ustuni. O’zini hurmat qilish ustuni. O’zini o’zi yoqtirish ustuni. Atrofdagilardan kutilayotgan munosabat ustuni. O’z shaxsiyatiga qiziqish usutuni. O’ziga o’zi ishonch ustuni. O’zgalardan kutilayotgan munosabat ustuni. O’zini o’zi qabul qilish ustuni. O’ziga o’zi rahbarlik qilish ustuni. O’zini o’zi ayblash ustuni. O’z-o’ziga qiziqishini ifodalash ustuni. O’zini o’zi tushunish ustuni.
                  Reykovskiy bo’yicha boshqaruv jarayonlari diagnostikasi. Boshqaruv jarayonlari. Instrumental jarayon. Munosabat jarayon.
                  Reykovskiy bo’yicha boshqaruv mexanizmi. Nerv tizimi. Boshqaruv jarayonlari. Boshqaruv mexanizmi. Opreasion. Dinamik. Chidamlilik. Tashkilotchilik. Inson axloqi.


                  15.1. Tashkilotchilik qobiliyati psixodiagnostikasi

                  Ushbu taklif etilayotgan test sinaluvchining tashkilotchilik qobiliyatini, ya’ni odamlarga faol ta’sir eta olish malakasini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun quyidagi keltirilgan savollarga “HA” yoki “YO’Q” deb javob qaytaring. Javob berar ekansiz, yaqqol vaziyatlarda o’zingizni qanday tutishingizni xulqingizga ro’y-rost idrok etishga (tiklashga) harakat qiling.



                • Sizda o’rtoqlaringizni o’z tomoningizga og’dirib olish hollari tez-tez uchrab turadimi?


                • Keskin vaziyatlarda o’zinigizni yaxshi tutib, vaziyatni to’g’ri hal qila olasizmi?


                • Sizga jamoatchilik ishlari yoqadimi?


                • Agar niyatlaringizni amalga oshirishda ayrim xalaqit qiluvchi vaziyatlar, holatlar yuzaga kelib qolsa, Siz ulardan osongina voz kechasizmi?


                • Siz turli xil o’yinlar, ko’ngil xushliklar tashkil qilish yoki o’ylab topishni yoqtirasizmi?


                • Bugun bajarilishi lozim bo’lgan ishlarni boshqa kunga qoldirish hollari sizda tez-tez uchrab turadimi?


                • Siz do’stlaringiz bilan fikringizga mos ravishda ish ko’rishga intilasizmi?


                • Sizda do’stlaringiz bilan ular o’z va’dalari bilan majburiyatlari, vazifalarini bajarmaganliklari tufayli nizolar bo’lmaydi. Shu rostmi?


                • Muhim ishlarni hal qilishda tez-tez tashabbuskorlik ko’rsatasizmi?


                • Notanish holatlarda siz to’g’ri (yaxshi) yo’l tuta olmaysiz, shu rostmi?


                • Agarda boshlagan ishingizni yakunlay olmasangiz, jahlingiz chiqadimi?


                • Siz do’stlaringiz bilan tez-tez muloqotda bo’lishdan toliqasiz, shuni tasdiqlaysizmi?


                • O’rtoqlaringizga taalluli bo’lgan masalalarni hal etishda tez-tez tashabbuskormisiz?


                • Siz kamdan-kam o’zingizning haqligingizni isbotlashga intilasiz, shuni tasdiqlaysizmi?


                • Siz ishxona va yuqori tashkilotlarda o’zingizni ro’yobga chiqara olasizmi?


                • Agar, sizning fikringiz yoki qaroringiz o’rtoqlaringiz tomonidan birdaniga qabul qilinmasa, siz o’z fikringizda turib olishga harakat qilasiz, shundaymi?


                • O’rtoqlaringiz uchun turli xil tadbir (marosimlarni) tashkil qilishga bajonidil kirishasizmi?


                • Siz biron-bir bitirilishi lozim bo’lgan (ishchan) uchrashuvlarga tez-tez kechikib kelasizmi?


                • Siz tez-tez o’rtoqlaringiz diqqat markazida bo’lib turasizmi?


                • Siz o’z o’rtoqlaringizning katta guruhida, jamoasida o’zingizni juda ishonchli tuta olmaysiz, shu rostmi?


                  Taklif etilgan savollarning hammasiga javob berib bo’linganidan so’ng, olgan ballaringiz yig’indisini hisoblab chiqing. Javoblarni baholashda shuni nazarda tutingki, toq savollarga berilgan har bir “HA” javobingiz va juft savollarga bergan har bir “YO’Q” javobingiz bir ball bilan baholanadi.

                  Bunda yig’ilgan ballarning 15 ball va undan ko’p bo’lishi tashkilotchilik qobiliyatining yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi.


                  13-14 ballar o’rtacha.
                  13 balldan kam bo’lsa, tashkilotchilik qobiliyatining past darajada ekanligini bildiradi.
                  Sizda tashkilotchilik qobiliyati past bo’lsa, bu uchun xafa bo’lmang, chunki agar xohlasangiz uni rivojlantirish mumkin.



                  Download 1 Mb.

                  Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling