Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha


Download 1 Mb.
bet114/154
Sana03.12.2023
Hajmi1 Mb.
#1797015
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   154
Bog'liq
Psixodiagnostika-fayllar.org

Kalit:

#

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

a

5

5

5

5

5

0

5

5

0

0

5

0

5

5

0

0

0

5

0

0

b

0

0

0

0

0

5

0

0

5

5

0

5

0

0

5

5

5

0

5

5



Natijalar tahlili:
Ballar yig’indisi 100-80 ball bo’lsa, bunday odamda boshqalardan ustunlikka intilish tuyg’usi kuchliroq shaxsdir. Ushbu odam tashabbuskor, yaxshi tashkilotchi xislatiga qaramay, har qanday yo’l bilan bo’lsa ham tan olinishga intiladi. Xodimlarning boshqarish istagi, ishtiyoqi ular xatti-harakatlarining samaradorligini kamaytirmaydi.

Kuchli asabiy toliqish, o’zini yengil torta bilishning bilmasligi shunga olib keladiki, hayajonlanib (hovliqib) turgan vaqtda bunday odamlar biron-bir kishini osongina ranjitib qo’yishi mumkin. bunday odamlar tez-tez maqtanib turadilar, manmanlik qiladilar, agressivlikka moyildirlar. Agar bu toifadagi odamlar boshqalarga nisbatan munosabatini o’zgartira olgan taqdirdagina ularning rahbarlik lavozimiga moyillik beruvchi xislatlari yuqori samaralar berishi mumkin.


75-40 ball. Bunday odamlarning talablari ancha yuqori, ko’pincha ular o’zlariga ishonadilar. O’z “men”ini ta’kidlab o’tishni yoqtiradilar. Hissiyotlarni boshqara olishni bilishlik va o’z xatti-harakatini tahlil qilishga moyillik shunga olib keladiki, bunday odamlarda boshqalarni boshqarish zaruriyati alohida shaklga ega bo’lmay qoladi. Bunday shaxslar hali yurilmagan yo’llardan (“ochilmagan so’qmoqlardan”) yurishni yoqtiradilar. Ular o’z fikrlari bilan hamma vaqt boshqalarnikiga mos tushavermaydigan bo’lib, o’zlariga boshqa odamlarni bog’lab olishni yoqtirmaydilar hamda boshqalarga qiyinchilik bilan bo’ysunadilar. O’z haqida odamlar nimalar deyishayotganliklari qiziqtirmaydi va ayni vaqtda o’zgalarni tanqid qilishga moyildirlar. O’z so’zlari hamma vaqt oxirgi (hal qiluvchi) mulohazada qaror topishini yoqtiradilar.
35-0 ball. Bunday odamlar menejer bo’lishdan ko’ra xodim (bo’ysunuvchi) bo’lishga ko’proq moyildirlar. “Shef” (xo’jayin) rolida o’zlarini noqulay his qiladilar. Odatda ular aniqrog’i jur’atsiz, o’ta kamtarin, o’ziga ishonmaydigan kishilardir. Ular kamdan-kam biron-bir tashabbus bilan chiqadilar, boshqalarning rahbarligiga bajonidil bo’ysunadilar. Bunday toifadagilar o’zaro kelishuv asosida qabul qilingan qarorlarga bo’ysunishni va boshqa kishilar “soyasida” bo’lishni ma’qul ko’radilar.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling