15.4.5. O’z shaxsiyatiga qiziqish usutuni
“HA” – 7, 17, 20, 33, 34, 52.
“YO’Q” – 14, 51.
0-2 ball – Siz o’zingizga (qisman o’z fikrlaringizga va hislaringizga) o’zingiz yaqin emassiz (real “men” va “ideal”), afsuski, sizda o’zingizning shaxs sifatida boshqalar uchun befarq ekanligingiz haqidagi fikr mavjud.
3-6 ball – Siz o’zingiz bilan “tenglik” asosida muomala qila olasiz, boshqalar uchun shivanda ekanligingizni e’tirof etmaysiz va bu haqda har doim ishonavermaysiz. O’ylab ko’ring, bu balki siz o’zingizni qanday shaxs bo’lishligingizni bilmaslik bilan bog’liqdir. Ehtimol, siz u yoki bu sifatlaringiz qay darajada shakllanganligini bilarsiz va shu bois atrofdagilarga sizning “Men”ingiz qiziqarli ekanligiga shubhangiz bordir.
7-9 ball – Siz o’zingizni boshqalarga va o’zingizga qiziqarli ekanligingizga ishonasiz. Bu omil faoliyatingizning samarali bo’lishiga olib keladi.
15.4.6. O’ziga o’zi ishonch ustuni
“HA” – 2, 23, 34, 42, 46.
“YO’Q” – 38, 39, 41.
0-2 ball – Siz o’zingizni turli vaziyatlar va muammolarni hal qilishga qobiliyatsiz deb hisoblaysiz.
3-6 ball – Ruhan tushmaysiz, lekin hamisha ham mustaqil va maqsadli emassiz.
7-8 ball – Siz o’ylagan narsangizni amalga lshira olishingiz uchun qobiliyat va kuch-quvvat yetarli. Sizdagi e’tiqod faoliyatingiz muvaffaqiyatini ta’minlashda hal qiluvchi omil bo’lib hisoblanadi.
15.4.7. O’zgalardan kutilayotgan munosabat ustuni
“HA” – 1, 5, 10, 52, 55.
“YO’Q” – 32, 43, 44.
0-2 ball – Siz o’z “Men”ingizni salbiy baholash kutilmasiga tayyorsiz
3-6 ball – Siz atrofdagi odamlarning o’zingizga nisabatan munosabati fikri va xatti-harakatini tanqidiy hamda real baholaydigan odamsiz. O’zingizga nisabatan yo’naltirilgan ichki harakatlaringiz sizning shaxsiy sifatlaringiz va xulqingizdan kelib chiqadi.
7-8 ball – Siz o’z “Men”ingizni atrofdagilar tomonidan ko’proq ijobiy baholanishni kutasiz. Bu holat sizni o’z “Men”ingizga ijobiy yo’naltiradi va faoliyatingizni jadallashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |