Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha


Tajriba jarayonini standartlashtirish va statistik normalar


Download 1 Mb.
bet58/154
Sana03.12.2023
Hajmi1 Mb.
#1797015
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   154
Bog'liq
Psixodiagnostika-fayllar.org

7.2. Tajriba jarayonini standartlashtirish va statistik normalar

Diagnostik metodikalar tadqiqot metodlaridan standartlashgan holda bo’lishi bilan ajratib turadi. Standartizasiya – testni o’tkazish va bajarishni baholash jarayonining bir xilligidir. U ikki xil, eksperiment jarayoniga yakka talablarni ishlab chiqish va diagnostik sinovlar natijalarini baholashdagi yakka mezonni (kriteriy) aniqlashdan iborat tarzda izoh etiladi.


Diagnostik metodlarni adekvat ishlab chiqish uchun, tajriba o’tkazish sharoitlarini va uning natijalari tahlilini maksimal darajada standartlashtirish lozim bo’ladi. Tajriba shartlarini standartlashtirishga esa, quyidagilar kiradi:


  • eksperimentni o’tkazish;


  • instruksiya (yo’riqnoma);


  • testlashtirish jarayonining tasviri.

    Diagnostik tajriba (eksperiment)larni standartlashtirish jarayoni o’tkaziladigan tadqiqotning shart-sharoitlari, ko’rsatmalari, blankalari, qayd qilish usullarini bir xil shakldagiligini anglatadi.


    Metodikalarni standartlashtirishning yana bir muhim bosqichi diagnostik tadqiqot natijalarini taqqoslash imkoniyatini beradigan mezonlarni tanlashdan iborat bo’ladi. (Chunki diagnostik metodikalarning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz bajarishishi uchun, oldindan tayyorlangan standartlari mavjud emas.)
    Umuman olganda, diagnostik metodikalarning normaga asoslangan holda standartlashtirilishi – bu metodika mo’ljallangan guruhdan farqlanmaydigan boshqa kattaroq sinaluvchilar ishtirokida amalga oshirilishidir. Saralangan standartlashtirishda sinaluvchilar guruhi uchun maxsus normalar ishlab chiqiladi. Bunda aniqlanishi lozim bo’lgan xususiyat berilgan topshiriqning nafaqat o’rta, balki undan kam yoki ko’p jihatli bosqichlarida ham o’rganiladi. Natijada, diagnostik tajribani muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz bajarilishining turli bosqichlarini baholash mumkin bo’ladi. Bu esa, sinaluvchining saralangan standartlashtirishga nisbatan psixik holatini aniqlash imkoniyatini beradi (A.Anastazi, 1982).
    Jumladan, Stenford-Bine testi uchun statistik norma 2,5 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan (4498 kishidan tashkil topgan) sinaluvchilardan iborat saralashda aniqlangan edi. Natijada, matematik-statistika asosida bajarilgan murakkab ish yordamida, aqliy rivojlanish yoshning norma va chegaralari aniqlangan. Ular 84 dan 116 gacha bo’lgan diapozonda joylashgan. Shunga ko’ra, ushbu chegaralarga kirmaydigan sinaluvchilarning natijalari norma atrofida deb baholanadi. Kimning natijalari 84 dan kam bo’lsa, normadan past, 116 dan yuqoriligi esa, normadan balandligini ifoda etadi.
    Psixodiagnostikada diagnostik tajribalarni baholashda boshqacha yondoshish ham mavjud bo’lib, u K.M.Gurevich tomonidan yaratilgan. Unga ko’ra, testlarni hisoblashda statistik norma ahamiyat kasb etmasdan, tajribaning natijalariga bog’liq bo’lmagan, obyektiv tarzda berilgan ijtimoiy-psixologik normativ ahamiyatliroq hisoblanadi. Bu o’rinda, ijtimoiy-psixologik normativ testni tashkil qiladigan topshiriqlar yig’indisidan iborat bo’ladi. Binobarin, testning o’zi ham mavjud hajmi bilan bunday normativ vazifasini bajara oladi. Testni individual va guruhiy natijalarning taqqoslanishi talabga muvofiq maksimum darajada amalga oshiriladi. Baholash mezoni bo’lib normativga yaqin natijalarni aks ettiradigan ko’rsatkichlar hisoblanadi.



    Download 1 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   154




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling