10.6. Sosiometrik usulda shaxsning ijtimoiy mavqyeini aniqlash imkoniyatlari
Jamoadagi har bir konkret odamning ijtimoiy mavqyei asosan sosiometrik usulda o’rganib kelingan. Hozirgi vaqtga kelib, bu usulning yuzlab modifikasiyalari – shakllari mavjud. Lekin jamoadagi ma’naviy iqlimni, har bir jamoa a’zosining unda tutgan o’rni va mavqyeini aniqlashda sosiometriyaning qaysi shakli yoki ko’rinishidan foydalanmaylik, quyidagilarni albatta belgilab olish kerak bo’ladi: maqsad nima, savollar mazmuni, savollar uchun mezonni aniqlash, tanlovni ma’lum tarzda cheklash, so’rovni o’tkazish va natijalarni qayta ishlash. V.Grabal sosiometrik so’rovning o’ziga mos shaklini taklif etadi. Ma’lumki, sosiometriyaning an’anaviy shaklida shaxs mavqyei quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
V.Grabal bu yerga yana boshqa indekslarni ham qo’shadi: ta’sir, mashhurlik va yoqimtoylik.
10.7. Rezyume
Ijtimoiy munosabatlarning ko’pqirraligi, bu munosabatlarning o’ziga xos kechish xususiyatini xarakterlaydi. Ijtimoiy munosabatlar va muomalani o’rganish, uning sosiometrik, kommunikativ va gnostik (bilish) mezonlarini tadqiq etilishini ta’minladi. Muloqotning paralingvistik vositalari hamda noverbal vositalari, uning diagnostika qilish jarayonini ko’pqirraligini ta’minlaydi. Ijtimoiy-psixologik bilimdonlik – muomala madaniyati va kommunikativ mahorat ekanligini tasdiqlab, kommunikativ, perseptiv va interaktiv bilimdonlikda namoyon bo’ladi.
10.8. Asosiy tushuncha va atamalar
Munosabat, muomala, muloqot, sosometrik, kommunikativ, gnostik, paralingvistik, noverval, proksemika, autopsixologiya, interaktiv.
10.9. Nazorat va muhokama qilish uchun savollar
Ijtimoiy munosabatlarning ko’pqirraligi qaysi omillarga bog’liq?
Ijtimoiy munosabatlar va muomalani o’rganishning necha turdagi mezoni farqlanadi?
Muomalaning turli vositalarini diagnostika qilish deganda nimani tushunasiz?
Ijtimoiy-psixologik bilimdonlik – muomala madaniyati va kommunikativ mahorat ekanligini asoslab bering.
Ijtimoiy-psixologik bilimdonlikni o’rganish metodlari ajratib ko’rsating.
Sosiometriya usul orqali nimani aniqlash mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |