Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha


Download 1 Mb.
bet83/154
Sana03.12.2023
Hajmi1 Mb.
#1797015
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   154
Bog'liq
Psixodiagnostika-fayllar.org

Internet ssilka:
http://www.my-shop.ru/shop/books/12594.html
http://www.psyho.ru/books/psyhoanalys/book1.htm
http://www.etel.dn.ua/~psychology/stat/NauchnRaz/BurlachukLF.htm
http://psychoanalyse.narod.ru/rorsch1.htm
XI bob

PSIXODIAGNOSTIKANING

YUQORI SHAKLLANGAN METODIKALARI


                  Bobning qisqacha mazmuni

                  Test – so’rov. Test – so’rov haqida qisqacha tushuncha. Shaxsdagi kommunikativ va tashkilotchilik layoqatlarini aniqlashga qaratilgan 40 savoldan iborat KOS-2 metodikasi.
                  Test – topshiriq. Test – topshiriq haqida qisqacha tushuncha.
                  Proyektiv metodlar. Proyektiv usullar va ularning sharhi.
                  Shaxsiy so’rovnomalar va shaxs nazariyasi. Empirik va faktorli so’rovnomalar. G.Ayzenk bo’yicha psixotizm shkalasi.
                  Anketa metodi. Kirish qismi yoki “respondentga murojaat”. Asosiy qism. Yakuniy qism yoki “pasportichka”. Anketalar tarqatilish uslubi.
                  Tabiiy va laboratoriya (klinik) metodlar. F.Lazurskiyning tabiiy metod xususidagi fikrlari. Laboratoriya eksperimenti.


                  11.1. Test – so’rov

                  Test – so’rov oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi. Masalan, shaxsdagi kommunikativ va tashkilotchilik layoqatlarini aniqlashga qaratilgan 40 savoldan iborat KOS-2 metodikasi.


                  Ushbu uslub yordamida shaxsdagi kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyati (odamlar bilan aniq va tez ishchanlik muloqotini o’rnata olish, o’z tanishlari davrasini kengaytira olish, ommaviy tadbirlarda qatnashuvi, odamlarga ta’sir ko’rsata olish va bunda tashabbuskorlik sifatlarini namoyon qila olish kabilar)ni aniqlashga imkon beradi.
                  Metodika 40 ta savollardan iborat bo’lib, tekshiriluvchi savollarga 10-15 daqiqa davomida “ha” yoki “yo’q” javoblarini berishi kerak.

                • Sizda odamlarni o’rganish va turli xil odamlar bilan tanishishga ishtiyoq bormi?


                • Sizga jamoatchilik ishlari bilan shug’ullanish yoqadimi?


                • O’rtoqlarinigizdan kimdir sizni xafa qilsa, uzoq vaqt gina saqlaysizmi?


                • Paydo bo’lgan jiddiy vaziyatlarga moslashishingiz qiyinmi?


                • Siz doimo muloqotda bo’ladigan do’stlaringiz ko’pmi?


                • Siz ko’pincha do’stlaringizni o’z fikringizga ko’ndira olasizmi?


                • Siz odamlar bilan muloqotda bo’lishdan ko’ra bo’sh vaqtingizda kitob o’qib yoki boshqa mashg’ulotlar bilan band bo’lib o’tkazishingizni afzal ko’rishingiz rostmi?


                • O’z niyatlaringizga yetish yo’lida qiyinchilik paydo bo’lsa, o’z niyatingizdan qaytishingiz osonmi?


                • Siz o’zingizdan kattaroq yoshli odamlar bilan til topishib ketishingiz osonmi?


                • Siz o’zingiz yoki do’stlaringiz bilan turli o’yinlar va mashg’ulotlar o’ylab topishni yaxshi ko’rasizmi?


                • Siz uchun begona bo’lgan yangi odamlar davrasiga qo’shilib ketishingiz qiyinmi?


                • Siz tez-tez mo’ljallab qo’ygan ishlaringizni boshqa kunga ko’chirasizmi?


                • Siz notanish odamlar bilan tez va oson muomalaga kirishib ketaverasizmi?


                • Siz o’z o’rtoqlaringizning sizning nuqtai nazaringizni qabul qilishlariga intilasizmi?


                • Siz yangi jamoaga tez kirishib ketasizmi?


                • Sizning o’rtoqlaringiz o’z so’zlari yoki va’dalari ustidan chiqmasalar ham ular bilan nizoga bormasligingiz rostmi?


                • Har qanday qulay vaziyatda yangi tanishlar orttirishga harakat qilasizmi?


                • Muhim masalalar yuzasidan qaror qabul qilish kerak bo’lganda, har doim tashabbusni o’z bo’yningizga olishingiz rostmi?


                • Sizning odamlarni yoqtirmay qolib, o’zingiz yolgiz qolishga intilishingiz rostmi?


                • Notanish vaziyatlarda o’zingizni yo’qotib qo’yishingiz rostmi?


                • Doimo odamlar davrasida bo’lish Sizga yoqadimi?


                • Boshlagan ishingizni oxiriga yetkaza olmasangiz, achchiqlanasizmi?


                • Notanish odam bilan tanishish uchun tashabbus ko’rsatish kerak bo’lsa, o’zingizni noqulay sezasizmi?


                • Siz muntazam urtoqlar bilan birga bo’lishdan charchaysizmi?


                • Siz ommaviy o’yinlarda qatnashishni yoqtirasizmi?


                • Do’stlaringiz manfaatlariga aloqador ishlarda tez-tez tashabbus ko’rsatib turasizmi?


                • Notanish odamlar orasida o’zingizni noqulay sezishingiz rostmi?


                • Siz o’zingizning xaqligingizni isbot qilishdan tortinishingiz rostmi?


                • Notanishlar davrasiga xursandchilik muhitini olib kirish Siz uchun qiyinchilik tugdirmaydimi?


                • Jamoat ishlariga faol ishtirok etishingiz rostmi?


                • Siz o’z tanishlaringiz doirasini toraytirishga intilasizmi?


                • O’z tanishlaringiz va o’rtoqlaringiz qullab-quvvatlamagan fikrni himoya qilishga intilmasligingiz rostmi?


                • Umuman notanish davrada o’zingizni erkin tutasizmi?


                • O’z o’rtoqlaringiz uchun turli tadbirlar o’tkazishga bajonidil kirishasizmi?


                • Katta auditoriyada yoki ko’pchilik ichida gapirish lozim bo’lganda, o’zingizni unchalik erkin va dadil his qila olmasligingiz rostmi?


                • Amaliy uchrashuv va uchrashuvlarga tez-tez kech qoladigan odatingiz bormi?


                • Do’stlaringiz ko’pligi rostmi?


                • Siz o’z do’stlaringiz davrasida doimo diqqat markazida bo’lasizmi?


                • Notanish odamlar bilan gaplashganda, doimo o’zingizni behalovat his qilib, uyalishingiz rostmi?


                • Katta tanishlar davrasida xijolat chekishingiz rostmi?


                  Qayta ishlash uchun kalit:

                  Kommunikativ layoqatlar:


                  (+) Ha 1, 5, 9, 13, 17, 21, 25, 29, 33, 37
                  (–) Yo’q 3, 7, 11, 15, 19, 23, 27, 31, 35, 39.
                  Tashkilotchilik layoqatlari:
                  (+) Ha 2, 6, 10, 14, 18, 22, 26, 30, 34, 38
                  (–) Yo’q 4, 8, 12, 16, 20, 24, 28, 32, 36, 40.



                  Download 1 Mb.

                  Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling