Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanidan tayyorlagan
Download 54.78 Kb.
|
Shodmonova Pokiza
Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanidan tayyorlagan O’smirlarda suisidal holatlar va ularni diagnostikasi. Kirish 1. Suitsid haqida umumuy tushuncha. Suitsidal xulq-atvorningsabablari, shakllari. 2. Suitsidal xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi xavf omillari, psixologik-psixiatrik omillari 3. O’smirlarda suitsidal xulq-atvorining o’ziga xos xususiyatlari 4. O’smirlarning suitsidal xulq-atvorini psixologik diagnostik tadqiq qilish. KIRISH Bir qarashda o’smirlarning o’z joniga qasd qilishi murakkabligini tushunish muhim hisoblanadi. Psixologiyada o’smirlik davri o’zgarish davri, deb tavsiflanadi. Bu davr bolalikdan balog’at yoshiga o’tish davri hisoblanadi. O’smir – bola ham emas, katta odam ham emas. Unda yangi hissiyot uyg’onadi, ya’ni balog’atga etganlik hissi, balog’at yoshining qadri, kattalar bilan aloqa qilish haqida yangi fikrlari bo’lmaydi. Bu vaqtda o’z tengdoshlari bilan aloqa qilish etakchi o’rinni egallaydi. Kattalardan ko’ra, o’z sinfdoshlari, do’stlari qurshovida bo’lish muhim ahamiyat kasb etadi. O’smirlik davridagi o’zgarishlar, qiyinchiliklar nafaqat bolada ichki ziddiyatlarni keltirib chiqarishi bilan balki atrofidagilar bilan ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga kelishi bilan ham ajralib turadi. Bu hayot o’smir uchun etarli darajada anglanilmagan, tushunarsiz, qo’rqinchliligi bilan ajralib turadi. Yangi hayotga, balog’at yoshi dunyosiga qadam qo’yish bilan bog’liq muammolarni o’smir o’zicha hal qilolmaydi shuningdek, atrofidagilarga ham tushuntirib berolmaydi. Shaxsda o’z joniga qasd qilish, ko’pincha, atrofdagilardan o’z vaqtida yordam kelmaganda sodir etiladi. Shuningdek, suitsidal urinish sodir etish orqali o’g’il yoki qiz bola o’ziga e’tibor qaratishga urinadi. Boshqa yoshdagilarga nisbatan, o’smirlar bo’layotgan voqealarni kuchli hissiyot, nafrat va ta’sirchanlik bilan qabul qiladilar. Boshqalarga, ya’ni o’z joniga qasd qilayotganlarga taqlid qilishga urinish, suitsid uchun asos bo’ladi. 1 Suitsid haqida umumuy tushuncha. Suitsidal xulq-atvorning sabablari, shakllari. Suitsid – qasddan o’limga olib keluvchi shikast etkazish (o’z joniga qasd qilish). Bunday psixologik holatning paydo bo’lishi, ko’pincha, insonning jazavaga tushish, emotsional tuyg’ularning yo’qolishi, irodasizlik kabilarni o’z ichiga oladi. Fanda suitsid ochiqchasiga yoki yashirincha o’z joniga qasd qilish harakati, deb izohlanadi. Shuningdek, qator adabiyotlarda “pubertat (etuklik) suitsid” atamasi ham qo’llaniladi. Bu butun bir ko’rinishga ega bo’lib, o’smirlar o’rtasida o’z joniga qasd qilish bilan izohlanadi. Bir qator tadqiqotchilar (A.G.Amburova, E.M.Bruno, N.D.Kibrik va boshqalar) o’smirlar suitsidi katta yoshdagilar suitsididan farq qilishini ta’kidlaydi. A.G.Amburovaning kontseptsiyasiga binoan, suitsid shaxsning boshidan o’tkazayotgan mikroijtimoiy nizolarga ijtimoiypsixologik moslashmasligi bilan bog’liq. Shunga ko’ra, o’z joniga qasd qilish (haqiqiy suitsid) va o’z joniga qasd qilishga urinish (tugallanmagan suitsid) ga ajraladi. Bruksbenk o’zining izlanishlarida suitsid va parasuitsid (tugallanmagan suitsid) haqida fikr yuritadi. U suitsidni qasddan qilingan, parasuitsidni esa o’limga olib kelmaydigan shikast etkazish harakati, deb belgilaydi. Download 54.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling