Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanidan tayyorlagan


Download 54.78 Kb.
bet2/18
Sana27.01.2023
Hajmi54.78 Kb.
#1134339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Shodmonova Pokiza

Suitsidal xulq-atvor – bu suitsidal faollikning namoyon bo’lishi. Bu o’z ichiga suitsidal fikr, maqsad, mulohaza, tahdidlar, suiqasd va unga urinishni o’z ichiga oladi. Haqiqiy suitsidal xulq- atvorda nafaqat puxta o’ylab o’z joniga qasd qilish, balki, ko’pincha, uzoq vaqt “tayyorlaniladi”. Suitsidal fikrlashda o’lim, suitsid yoki jiddiy o’ziga shikast etkazish tushuniladi. Suitsidal moyillik – umumiy tushuncha bo’lib, unga suitsidal fikrlash, shuningdek, insonning o’z joniga qasd qilishga urinish istagiga aytiladi. Suitsidal urinish atamasini o’z joniga shikast etkazishga urinish yoki o’z joniga qasd qilish o’lim oqibatlariga olib kelishini bildiradi. Suitsidal urinishdan to’xtatish tushunchasi ko’proq tibbiyot amaliyotida qo’llaniladi va shaxs o’z joniga qasd qilishga o’zini tayyorlaydi, lekin qasd qilishdan avval bevosita bu maqsadini o’zgartirishi bilan tavsiflanadi. Nihoyat, o’z joniga qasd qilish arafasida o’ziga shikast etkazayotganini tushunib qoladi.
Suitsidal suiqasdga hamma suitsidal harakatlar, biron sababga ko’ra o’lim bilan tugamaydigan, ya’ni suitsidentga bog’liq bo’lmagan (masalan, o’z vaqtida tegishli jonlantirish) qayd etiladi.
Suitsidal urinishlarga namoyishkorona harakatlar, ya’ni suitsident o’zi qo’llayotgan vositaning joniga qasd qilishiga xavfsiz hisoblanadi. Yuqorida aytilganlar bu harakatlar amalga oshishi mumkinligi xavfini kamaytirmaydi.
Suitsidal namoyishlarga o’z joniga qasd qilishga yo’naltirilgan biron-bir harakatlarga olib kelmaydigan suitsidal fikrlar, ishoralar va mulohazalarga tegishlidir.
Suitsidning yaqinlashayotgani suitsidal davr oldidan ma’lum bo’ladi. U bir necha soniyadan bir necha yilgacha o’zgarib turadi. Ko’pincha, bu o’smirlar va katta yoshdagilarda hayotning qiyin vaziyatlarida namoyon bo’ladi. Bu davr suitsidning ilk bosqichi hisoblanib, tugallanmagan suitsid harakatlarda, shuningdek, undan oldinroq namoyon bo’ladi. Suitsid oldi davri quyidagicha ta’riflanadi: odamda avval ahamiyatsiz fikrlar tug’iladi, hayot qadrini o’ylamaydi, “yashash kerak emas, hayotdan charchadim”, “bularning hammasi qachon tugaydi?” “hammasi jonga tegdi” va shunga o’xshash fikrlarni o’ziga shior qilib oladi. Ular o’lim haqida aniq tasavvurga ega emas, lekin yashashni inkor qiladi. Bunday suitsidal usul u yoki bu vaziyatlarda hamma odamlarda uchrab turadi. Agar jarayon davom etsa, keyingi bosqichlarda passiv suitsidal fikrlar, ya’ni o’z joniga qasd qilish mavzusidagi fantaziyalar bilan tavsiflanadi. Masalan: “uyquga yotsang-u, hech qachon uyg’onmasang”, “bironta qo’rqinchli kasal bilan kasallansang” va shunga o’xshash insonning suitsidga ichki tayyorligi aks etadi. Uchinchi suitsid oldi bosqichida o’lish istagi tan olinadi. Bu davr uchun rejalangan suitsid xosdir. Bu vaqtda suitsid rejasi ishlab chiqiladi, usullari o’ylab topiladi, vaqt va joy tanlanadi. Suitsidal harakatlar, fikrlar, tayyorlik, tahdidlar va boshqa davrlar, ya’ni o’z joniga qasd qilish qarori qabul qilingan davr – suitsidal davr deb nomlanadi. Shu tariqa suitsidal oldi va suitsidal davrlar – bu bosqichlar odamni o’z joniga qasd qilishga u yoki bu usulda tayyorlashi bilan tasniflanadi. Xorij adabiyotlarida suitsidal xulq-atvorni quyidagi turlari tavsiflanadi: namoyishkorona xulq-atvor, asabiy xulq-atvor, haqiqiy suitsidal xulq-atvor.

Download 54.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling