Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya tarixi Reja
Download 114.42 Kb.
|
psixodiagnostika va eksperimental ps
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqich
- Aqliy hujum savollari
Sobiq sovet psixologiyasida diagnostik metodlardan foydalanishni shartli ravishda 2 bosqichga ajratish mumkin
Birinchi bosqich 20 yillarning boshidan 30 yillarning o’rtasigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda pedagogika va psixotexnikada test metodlari keng tarqaldi. Bunga bog`liq ravishda pedalogiya-bola haqidagi fan rivojlana boshladi. Bu davrda psixologik diagnostikaning rivojlanishida M.S.Bernshteyn, L,S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.G.Gellershteyn, N.D.Levitov,G.I.Rossolimo, P.I.SHpilreyn, A.M.SHubert va boshqalar katta hissa qo’shdilar. Ikkinchi bosqich 50 – 60-yillarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda aqliy taraqqiyotni o‘rganishga katta e'tibor berildi. Bu davrda A.A.LYublinskaya, A.R.Luriya, A.N.Leont'ev, A.V.Zaporojets, Z.I.Kalmikova, ; G.A.Vardanyan, L.A.Venger, K.M.Gurevich, V.I.Voytko, Yu.Z.Gilbux, D.B.Elkonin, V.V.Stolin, A.G.Shmelev, L.F.Burlachuk, S.M.Morozovlar sermahsul ijod qildilar. Psixologik diagnoz tadqiqot sharoitida inson xulq-atvorini xarakterlaydigan material. Sinaluvchining shaxsiy hayot va psixik faoliyati haqida eksperimental tadqiqot yo‘li bilan ma'lumotlar asosida psixologik diagnoz qo‘yiladi. Tadqiqotchi psixik faoliyat natijalari haqida ma'lumot olish uchun turli psixodiagnostik metodlardan foydalanadi (N.A.Menchinskaya, 1966; Z.I.Kalmikova, 1968; S.Ya.Rubinshteyn, 1970; B.V.Zeygarnik, 1976; V.M.Bleyxer, 1976; L.F.Burlachuk, 1979; M.K.Gurevich, 1984 va boshqalar). Aqliy hujum savollari 1. Nima deb o’ylaysiz, psixodiagnostika fani qanday paydo bo’lgan? 2. Individual farqlar deganda nimani tushunasiz? 3.Birlashtirilgan testlar qanday yaratulgan? 4. Hozirgi davrda psixodiagnostika fanining rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shgan psixologlarning nomlarini keltiring? Respublikamizda psixodiagnostikaning rivojlanishiga M.G.Davletshin, B.R.Qodirov, G‘.B.Shoumarov, E.G‘.G‘oziev, V.A.Tokareva, R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, R.I.Sunnatova, Sh.R.Baratov, A.Jabborov, Z.T. Nishanova, S. X.Djalilova, G.To‘laganova, A.Rasulov kabi olimlar o‘z hissalarini qo‘shganlar. Shunday qilib, ushbu mavzuda biz psixodiagnostikaning mustaqil fanga aylanguncha bo’lgan rivojlanish tarixi hamda xorijda, Rossiyada, O’zbekistonda rivojlanish tarixi, uning bosqichlari bilan tanishdik. Download 114.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling