Psixodiagnostik qarashlar quyidagilarda aks etgan:
Fiziognomika
Frenologiya
Grafalogiya
Xiromantiya
Psixodiagnostikaning psixologik tadqiqotlar mustaqil sohasi sifatida rivojlanish davri.
1883 – Galton, 1890-Kettel, 1905-Bine
Amaliy psixologiya
1879-Vundt
Eksperimental psixologiya
V.Shtern, F.Galton
Differensial psixologiya
1921-Rorshax
Testologiya
Birinchi bosqich o‘tgan asr 20-yillarining boshidan 30 yillar o‘rtasigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda pedagogika va psixotexnikada test metodlari keng tarqaldi. Bunga bog‘liq ravishda pedalogiya – bola haqidagi fan rivojlana boshlandi. (K.N.Kornilov, 1917). Bu davrda psixologik diagnostikaning rivojlanishiga M.S.Bernshteyn, L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.G.Gellershteyn, N.D.Levitov, G.I.Rossolimo, P.I.Shpilreyn, A.M.Shubert va boshqalar katta hissa qo‘shdilar.
Psixodiagnostikaning rivojlanishidagi ikkinchi bosqich 50 – 60-yillarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda aqliy taraqqiyotni o‘rganishga katta e'tibor berildi. Jumladan, A.A.Lyublinskaya tadqiqotlarida nutq va uning funktsiyalarining rivojlanish xususiyatlari o‘rganilgan. A.R.Luriya rahbarligida faoliyatni boshqarishda nutqning roli o‘rganildi.
Fan rivojoga kata hissa qo‘shgan olimlar M.G.Davletshin, M.Voxidov, G‘.B.Shoumarov, V.M.Karimova, E.G‘.G‘oziev, R.I.Sunnatova, B.R.Qodirov, J.Azimov, R.Gaynutdinov, Sh.R.Baratov, Z.T.Nishonova, K.Mamedov, N.S.Safaev va boshqalar. O‘zbekistonda psixologiya fanining shakllanishiga katta hissa qo‘shgan olimlardan yana biri P.Ivanov hisoblanadi. 1927 yil Samarqanddagi o‘zbek pedagogika institutida (pedakademiya) eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qilgan. 1940 yilda u pedagogika institutlari talabalari uchun psixologiyadan birinchi o‘quv qo‘llanmasini nashr qilgan. Keyinchalik 1934 yili Samarqand pedagogika institutining o‘zbek davlat universitetiga aylantirishi munosabati bilan P.Ivanov o‘z laboratoriyasi bilan Nizomiy Nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutiga ko‘chib o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |