Psixodiognostikadagi ekspert va metodikalarning yutuq va kamchiliklari Reja


Download 16.92 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi16.92 Kb.
#1036690
Bog'liq
Abdullayev Behzod 001 191222121806


Psixodiognostikadagi ekspert va metodikalarning yutuq va kamchiliklari

Reja:

1.Psixodiagnostikani fan sifatida shakllanishining tarixiy asoslari

2.Psixodiagnostika fanining predmeti, maqsad va vazifalari

3.Metod va metodika haqida tushuncha.



4.Standartlashtirilgan va ekspert (klinik) metodlarning asosiy farqlari.


Maktabgacha ta'lim muassasasi, umumta'lim maktablaridagi o‘quv-tarbiya jarayoni, bolalarning qobiliyati va layoqatlarini har tomonlama rivojlantirishga, ular shaxsini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayonning mahsuldorligi pedagogning o ‘z o‘quvchilarini yaxshi bilishiga, ta'lim va tarbiyaning xilma-xil metodlarini qoʻllashiga bogʻliq.
"Psixodiagnostika" atamasi psixologik tashxis qoyish degan ma'noni anglatib, shaxsning ruhiy holatida toʼliq yoki biror bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir, bunda tashxis shaxsning taraqqiyot koʼrsatkichi va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holat va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iboratdir.
Psixodiagnostikaning rivojlanish tarixi ko`p asrlarga borib taqaladi. Individual psixologik farqlarni aniqlashga mo`ljallangan dastlabki testlar 4000 yil oldin ma`lum bo`lgan. Qadimgi Xitoyda Xristos tug`ilishidan 2200 yil oldin shaxsning ko`p xususiyatlarini qamrab olgan amaldorlarni tanlash tizimi yaratilgan. Bunda amaldorlarning ko`pgina xislatlariga jumladan, chiroyli yozuvdan - kundalik xulq atvorigacha e`tibor bergan.
«Psixodiagnostika» atamasi ilk bor Rorshaxning «Psixodiagnostika» asarining chop etilishidan tarqalgan bolib, u tez orada tibbiyotdan tashqarida ham keng miqyosda ommalasha boshlandi. «Diagnoz», ya’ni «tashxis» esa shaxs rivojlanishidagi har qanday ogishlarni, hattoki uning holat va xususiyatlarini aniq taraqqiyot darajasini aniqlash, demakdir.
Psixodiagnostika - bu maxsus bilimlar sohasi boʻlib, individ guruhning psixologik taraqqiyot ko'rsatkichlarini, holat va xususiyatlarim baholash uchun metodika va metodologiyalar nazariyasi ishlab chiqish bilan bogiiqdir. Psixologiya fani o’rganayotgan har qanday jarayon psixodiagnostikaning bahoíash ob'ekti boʼlishi mumkin. Masalan: oʻzaro hamkorlik qilayotgan shaxslarning xatti-harakatlari va m uloqotida yuzaga keladigan, alohida bir odam sezgisidan boshlab, murakkab ijtimoiy- psixologik jarayongacha.
Psixodiagnostika fanining nazariy vazifalari quyidagilardan
iborat:
psixik koʻrinishlar tabiati va ulami ilmiy jihatdan printsipial baholashning imkon darajasini aniqlashtirish;
hozirgi paytda psixologik koʻrinishlaning miqdorini baholash va uning ilmiy asoslanganlik holatini o'rganish;
psixodiagnostik usul va uslublarning asosiy metodologik talablari nimalardan iborat;
psixodiagnostik tadqiqotning shart-sharoitlari, natijalarni qayta
ishlash hamda ularni interpretatsiya qilish usullarining ishonchliligi nimalarga asoslangan;
test va psixodiagnostik metodning tuzilishi hamda ilmiyligini tekshirishning asosiy muolajalari nimalardan iborat.
Psixodiagnostika fanining amaliy vazifalari psixolog faoliyatining maxsus sohasiga taalluqli bo'lib, amaliy psixologik tashxis qoʻyish bilan bogliqdir. Bunda masala nafaqat nazariy, balki psixodiagnostik tadqiqotni tashkil qilish va oʻtkazíshning amaliy jabhalarini qamrab oladi hamda quyidagi vazifalardan iboratdir:
psixodiagnostga mutaxassis sifatida qo‘yiladigan kasbiy talabiami aniqlashtirish;
Psixodiagnostika — bu maxsus bilimlar sohasi bolib, individ yoki guruhni psixologik taraqqiyot koʻrsatkichlarini, holat va xususiyatlarini baholash uchun metodika va metodologiyalar nazariyasi ishlab chiqish bilan bogʻliqdir.
Psixodiagnostika baholash obyekti, psixologiya fani oʼrganayotgan har qanday jarayon boʼlishi mumkin.
Masalan, oʼzaro hamkorlik qilayotgan shaxslarning bir-biri bilan kechayotgan xatti-harakati va muloqotida yuzaga keladigan, alohida bir odam sezgisidan boshlab, murakkab ijtimoiy psixologik jarayon bilan tugatish mumkin.
Metod – (Yunoncha. Metodos- tabiat hodisalarini tekshirish usuli).Psixodiagnostik metod – psixologiya fanining tadqiqot usulidir. Psixodiagnostik metod psixologiya fanining eksperimental va eksperimental bo’lmagan an`anaviy tadqiqot metodlariga nisbatan o’ziga xoslikka ega. Psixodiagnostik metodlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, o’rganilayotgan hodisaning miqdoriy va sifatiy baholash imkoniyatining mavjudligi tufayli o’lchash-sinashga yo’naltirilganligidir.Buni ma`lum qoidalarni bajarish natijasida amalga oshirish mumkin bo’ladi.
Psixologiyaning metodlari: kuzatish, eksperiment, suhbat, anketa, test, faoliyat natijalarini tahlil qilish, sotsiometriya. Shaxsning biror bilish jarayonlari, psixik holatlari yoki individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan aniq test yoki so’rovnoma metodika deyiladi.
Jahonda psixodiagnostik metodlarning mingdan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularni sxematik qarab chiqilmasa, farqlab olish juda ham mushkul. Psixodiagnostik metodlarning umumiy sxematik klassifikatsiyasini quyidagicha ko‘rsatib o‘tish mumkin:
1.Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar.
2.Savolnomali psixodiagnostik metodlar.
Ob'ektiv psixodiagnostik metodlar, bunga inson xulq-atvor reaktsiyalari analizi va faoliyat mahsuldorligini o‘rganish ham kiradi.
Psixodiagnostikaning eksperimental metodlari.
Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar, albatta, kuzatish olib borish hamda olingan natijalardan psixodiagnostik xulosalar chiqarishning muvaffaqiyatli garovidir. Bunday kuzatishda standart sxemalar va sharoitlar kiritiladi, bunda nimani kuzatish, qanday kuzatish, kuzatish natijalarini qanday qilib belgilab borish, qanday baholash hamda sharhlash asosida xulosa chiqarish aniq belgilab olinadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan psixodiagnostik talablar – standartlashtirilgan kuzatish deb yuritiladi. Bunga misol sifatida, qandaydir topshiriqning yechimi bo‘yicha kichik guruhning ish faoliyatini ko‘rib chiqamiz
1.Sharoitni yengillashtirish
2.Muammo yechimini taklif qilish
3.Savollarga javob berish
4.Ma'lumotlar berish
5.Tushuntirib berish
6.Yordam berishni taklif qilish
7.Yordam so‘rash
8 Tushuntirib berishni so‘rash
9.Ma'lumotlar berishni so‘rash
10.Savollarga javob berishni so‘rash
11.Muammo yechimini so‘rash
12.Muammoni yanada chigallashtirish.
Bu sxema xulq-atvorni kuzatishning 12 xil tipini qamrab olgan, unda 6ta ijobiy va 6ta salbiy ko‘rinishlar ifodalangan.
Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagicha tartibda qo‘llash lozim:
olingan natijalarni foizlar bo‘yicha hisoblash;
o‘rtacha arifmetik qiymatni topish;
o‘rtacha kvadrat og‘ishni topish (sigma);
son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya)
omillar o‘rtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini tahlil qilish (korrelyatsiya);
Metodikalar ishonchlilik darajasini aniqlash (StYudent mezoni).
B.G.Ananevning nuqtai nazaricha, psixologik kuzatish metodlari psixologik ob`ektlar bilan operatsiyalar tizimi bo’lib, fanning bilish obektidir. Psixologiyada empirik metodlarni qo’llash muammosi ko’rib chiqilayotganda ularni psixologik metodlar tizimidagi o’rnini aniqlashdan boshlash kerak. Empirik metodlarni qo’llashning beshta darajasini ajratish mumkin.
1. Metodika darajasi.
2. Metodik qo’llanma darajasi.
3. Metod darajasi.
4. Tekshirishni tashkil qilish darajasi.
5. Metodologik yondashish darajasi.
To’g`ri, «metod» atamasini turli darajada ishlatsa bo’ladi, masalan psixofizikada – o’rtacha xatolar metodi, chegara metodi bor: psixodiagnostikada – proektiv metod (ikkinchi daraja); psixosemantikada semantik differentsial metod va repertuar kataklar metodi haqida gapiriladi (birinchi daraja);
yosh davrlari psixologiyasida psixogenetik metod to’g`risida bahs Yuritiladi va uning turlichaligi – egizaklar metodida (to’rtinchi daraja) ko’rsatilgan.
Psixologiya shaxsning bolalik davridagi xususiyatlari va psixik taraqqiyot darajasini aniqlash uchun turli eksperimental psixologik metodlardan foydalanadi. Psixologik tadqiqotlarda foydalaniladigan metodikalar u yoki bu faoliyat jarayonida shaxs psixik xususiyatlarining namoyon bo‘lishini aniqlashdan iborat.
Bolalar psixologiyasida eksperimental metodikalarni ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish psixologlar va pedagoglarning asosiy vazifasidir. Eksperimental topshiriqlar majmui bola psixik taraqqiyotini, aqliy darajasini, uning maktabda o‘qishga tayyorligini aniqlashga moʼljallangan. Jumladan, maktabda o‘qishga tayyorlikni bildiruvchi belgilar quyidagilardir:
a) psixik jarayonlam ing ixtiyoriyligi;
b) aqliy ish qobiliyatining etarlicha davomiyligi;
v) yangi bilim va m alakalarni maqsadga yo'naltirilgan ravishda
o ‘zlashtirish imkoniyati;
g) borliqni bilishgaqiziqishning mavjudligi;
d) tevarak atrofdagi voqea va hodisalarni farqlay olish va umumlashtira olishi;
e) fikrlay olish va boshqalar.
Yuqorida qayd etilgan belgilarning mavjudligi pedagoglar va psixologlar tomonidan o‘quv jarayonida turli didaktik vosita va usullar yordamida aniqlanadi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotning sifati eksperimentda qo‘llaniladigan metodikalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Lekin bog‘cha va maktab yoshidagi bolalar bilan tadqiqot o‘tkazganda ularning tez charchashini hisobga olish zarur. Shuning uchun bir tadqiqot o‘tkazganda, tadqiqot vazifalariga bog‘liq ravishda tanlangan 5-7 metodikadan foydalanish tavsiya etiladi. Bir necha bosqichda o‘tkaziladigan tadqiqotlarda ko‘proq metodikalardan ham foydalanish mumkin. Eksperimental tadqiqot usullarini yaxshi egallash ham muhimdir. Tadqiqotchi tajriba vaqtida bola bilan qanchalik yaxshi munosabatda bo‘lsa, bola topshiriqni shunchalik yaxshi bajaradi.
Tadqiqot o‘tkazish uchun eksperimental metodikalarni tanlashda quyidagilarni e'tiborga olish zarur:
a) tadqiqot maqsadi – psixik taraqqiyot darajasini aniqlash, uning yoshiga, ma'lumotiga mosligi, shaxs xususiyatlarini aniqlash;
b) sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, unga ta'lim va tarbiya berilayotgan sharoit;
v) bolaning eksperimental tadqiqotga moslashishi, muloqotga kirishishi, verbal aloqa o‘rnatish xususiyatlari.
Bolaga tanlangan eksperimental psixologik metodikalarni qiyinligi o‘sib borish darajasida berish kerak.
Shunday qilib, ushbu mavzuda metod va metodika, standartlashtirilgan metodlar, testlar, ularning turlari, so’rovnomalar, ularning turlari bilan tanishdik.
Qo'llanilayotgan metodlar sifatiga, uning yordam ida olingan natijalarga, ya'ni unga ishonish mumkinligiga psixodiagnostik metoddan foydalangan shaxs mas'uldir. Ta'lim tizimidagi muassasalarda pedagog-psixologlar mas'ul shaxsdir. Bundan tashqari bolalar bilan psixodiagnostik tashxislar o ‘tkazishda bir qator kasbiy ahloqiy tavsifga ega talablar qo‘yilgan. Bu asosiy kasbiy-axloqiy talablar quyidagilardir:
Har qanday sharoitda ham psixologik tashxis natijalari bola shaxsiga ziyon etkazish maqsadida qoʻllanasligi shart.Psixologik tashxisni faqat bolalarning va ota-onalarning roziligi bilan o‘tkazish mumkin (faqat ayrim holatlar bundan istisno, ya'ni tibbiyot va Iruquqiy sohalarda). G o'daklik yoki balog‘at yoshigacha bunday qarorlam i ota-onalar bolalar ishtirokida qabul qilishi mumkin.Ota-onalar, (ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar bundan mustasno) mutaxassis psixolog psixodiagnostik tadqiqot natijalari asosida tayyorlagan xulosalarni bilishga haqlidir. Psixolog o‘z navbatida ota-onalarning farzandlari ruhiyati haqidagi savollariga to‘liq, ishonchli va haqqoniy javob berishi shartdir.
Psixologik tashxis natijalari, shaxs taraqqiyotiga ta'sir qiluvchi har xil omillarni hamda ota-onalarning, pedagoglarning fikrlarini inobatga olmasdan, bolaning ta'lim va tarbiyasiga taalluqli takliflarni hal qilishga asos bo‘la olmaydi.Ta'lim tizimida ishlayotgan psixolog, psixologik tashxis ishlarini o ‘qituvchi va tarbiyachi bilan hamkorlikda olib borgan holda, ularni bola ruhiyati haqida zarur ma'lumotlar bilan ta'minlab borishi shart.Bundan tashqari, har qanday psixodiagnostik metodikalarni qoʻllaash va xulosa chiqarish uchun, avvalo uni sinab ko'rish kerak.
Psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqish va sinab ko'rish
bosqichlari quyidagilardir.
Psixodiagnostika so‘zi psixologiyada ikkita asosiy ahamiyat kasb etadi. Birinchisi ilmiy psixoiogik bilim lar va tadqiqotlar sohasi hisoblansa, ikkinchisi psixoiogik bilim lam i amaliyotda q o ila y olish sohasidir. ilm iy soha sifatida psixodiagnostika; printsiplar har xil psixodiagnostik metodlaming ilm iyligini tekshirish m uolajalarini va usullarini qam rab oladi. Amaliy soha sifatida psixodiagnostik metodlarni amaliyotda qoʻila yoʻlish koʻnikma va malakalarini psixolog-diagnostda shakllantirishga qaratilgan.Ilmiy va amaliy sohada ham odam ning psixoiogik jarayonlari, xususiyat va holatlarini baholash haqida fikr yuritiiadi.Hozirgi zamon psixologiyasida juda ko'p psixodiagnostik metodlardan foydalaniladi, ammo ularning hammasi ham ilmiy asoslangan deb aytolmaymiz. Bundan tashqari, metodlar ichida tadqiqot va xususiy psixodiagnostik metodlar mavjud.
Kuzatish. Ilmiy emperik metod sifatida 19 asrning oxiridan boshlab ijtimoiy, pedagogik, klinik psixologiyada rivojlanish psixologiyasida keng qo’llanilib kelinyapti. 20-asrning boshidan boshlab esa mehnat psixologiyasida keng qo’llanilmoqda. Kuzatish uchun eng muhim jihat bu tashqi validlikning saqlanib qolishidir.Bu metodning asosiy afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda o’tkaziladi, kuzatish kuzatilayotgan shaxslarning odatdagi xulq-atvorlarini o’zgartirmaydi. Kuzatishni bitta odam ustida xam va bir gurux shaxslar ustida xam olib borish mumkin. Bu metod bolalar bog’chasi guruxlaridagi yoki maktab sinfidagi bolalarni o’rganish uchun qulaydir. Kuzatish metodining kamchiligi uning anchagina mehnat talab qilishidir. Tadqiqotchi psixologni xulq-atvorning istalgan qiyofada emas, balki konkret tadqiqot vazifalari bilan bogliq xolda namoyon bo’lishigina qiziqtiradi. Shuning uchun kuzatiluvchi shaxs xususiyatlari va psixik xolatlarining o’ziga kerakli tarzda namoyon bo’lishini kutib turishi kerak. Bundan tashqari, psixik xususiyatlarning yakka ho’lda namoyon bo’lishini kuzatish va qayd qilish etarli emas. Tadqiqotchi u yoki bu xususiyatlarning xarakterligiga, tipikligiga ishonch hosil qilishi kerak.Kuzatishning tizimli va tizimli bo’lmagan turlari ajratiladi. Tizimli bo’lmagan kuzatish maydon tadqiqot jarayonida o’tkazilib, etnopsixologiya, rivojlanish psixologiyasida, ijtimoiy psixologiyada keng foydalaniladi.Tizimli bo’lmagan kuzatuvni o’tkazayotgan tadqiqotchi uchun sababli bog’lanishlarni qayd etish muhim emas, balki ma`lum bir sharoitlarda individ yoki gurux xatti- harakatlarining qandaydir umumlashgan manzarasini yaratish muhim hisoblanadi.Tadqiqotchi qayd etilayotgan xulq- atvorning o’ziga xos-xususiyatlarini (o’zgaruvchilarni) ajratib ko’rsatadi va tashqi muxitning sharoitlarini tasniflaydi.
Tizimli kuzatishning rejasi eksperimentning chizmasiga yoki korrelyatsion tadqiqotga mos keladi.
Kuzatishning «Tartibsiz» va tanlovli turlari mavjud.
Birinchi turida tadqiqotchi (yoki tadqiqotlar guruxi) maksimal batafsil kuzatish uchun t o’g’ri keladigan xatti- xarakatning barcha o’ziga xosliklarini qayd etadi.
Ikkinchi turida esa (tanlovni) tadqiqotchi o’z e`tiborini faqatgina xulq-atvorning aniq biror parametrlariga yoki xulq-atvor aktlarining tiplariga qaratadi.
Masalan: faqatgina agressiyaning namoyon b o’lishi chastotasini yoki ona-bolaning kun davomidagi o’zaro munosabatlarining vaqtini qayd etadi.
Kuzatish bevosita yoki kuzatuv asboblaridan foydalangan holda o’tkazilishi mumkin.
Ularning qatoriga audio va video apparatlar o’ziga xos kuzatish apparatlari va xokazolar kiradi.
Kuzatish natijalarining fiksatsiyasi (qayd etilishi) kuzatuv jarayonida yoki vaqt o’tgandan so’ng amalga oshirilishi mumkin.
Vaqt o’tgandan so’ng natijalarning qayd etilishida kuzatuvchi xotirasining ahamiyati ko’payadi, xulq-atvorni qayd etish ishonchliligi va to’liqligiga zarar etadi, shubxasizki, olingan natijalarning aniqligi ham zarar ko’radi.
Kuzatuvchining muammosi alohida ahamiyatga ega hisoblanadi.
Agar individ yoki gurux o’zining kuzatilayotganligidan xabar topsa, u holda uning xulq-atvori o’ zgaradi.
Agarda kuzatuvchi shaxs gurux yoki individga noma`lum bo’lsa, agarda u obro’li b o’lsa hamda sinaluvchilarning xulq-atvorini kompotent baxolay olsa (adolatli) u holda Yuqorida aytilgan effekt ortadi. Faollashtirilgan kuzatuvning ikkita varianti bor:
Kuzatuvchilar o’zlarining xulq- atvorlari tadqiqotchi tomonidan qayd etilayotganligini biladilar (masalan, alpinistlar guruxining yoki suvosti kemasidagi ekipajning xulq-atvor dinamikasini o’rganishda).
2.Kuzatuvchilar o’zlarining xulq- atvorlari qayd etilayotganligidan bexabar bo’ladilar (masalan xonada o’ynayotgan bolalar, bu xonaning bir devori - gazzel oynasi, umumiy kamerada saqlanayotgan maxbuslar guruxi va xakazolar).
Kuzatish metodi orqali tadqiqot jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
Kuzatish predmeti (xulq-atvor), ob`ekti (alohida individlar yoki gurux), vaziyat aniqlanadi.

Kuzatish va ma`lumotlarni qayd etish usuli tanlanadi

Kuzatish rejasi tuziladi (vaziyatlar ob`ekti vaqti)

Natijalarni qayta ishlash metodi tanlanadi

Olingan ma`lumotlarning qayta ishlanishi va interpritatsiyasi amalga oshiriladi

Kuzatish metodining kamchiliklari:

Birinchi navbatda kuzatuvchi tomonidan yo’l qo’yilgan barcha xatoliklar kuzatuvchi o’z farazini isbotlashga qanchalik qattik uringani sayin, voqealarni idrok qilishda xatoga yo’l qo’yish shunchalik ortadi.

U charchaydi, vaziyatga moslashadi va muxim o’zgarishlarni payqamay

qo’yadi, yozuvlarda xatoliklar qila boshlaydi va xakazolar.

A.A.Ershov (1977Y) kuzatishning quyidagi kamchiliklarini ajratib

ko’rsatadi:
Galo effekt - kuzatuvchining umumlashgan taassuroti xulq-atvorning ko’p idrok qilinishiga, nozik tafovutlarni qabul qilmaslikka olib keladi.

2. Bo’lib o’tayotgan voqea hodisaga doimo ijobiy baho berish tendentsiyasi.

3. Markaziy tendentsiya xatoligi. Kuzatuvchi kuzatilayotgan xulq-atvorga o’rtachalashgan bahoni berishga intiladi.

4. Korreleltsiya xatosi. Xulq-atvorning bir belgisini baxolash boshqa bir kuzatilayotgan belgining asosida bo’ladi.

5. Kontrast xatolik.

Kuzatuvchining o’zidagi xususiyatlariga qarama-qarshi bo’lgan xususiyatlarni kuzatuvchilarda ajratib ko’rsatilishi.

6. Birinchi taassurot xatoligi.

Ammo ushbu kamchiliklarga qaramay, kuzatish juda zarur metod hisoblanadi.
Kuzatish metodi mustaqil jarayon sifatida namoyon bo’lishi hamda eksperimentlash jarayoniga kiritilgan metod tarzida ko’rilishi mumkin.
Eksperiment. Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o’z xohishi bilan qandaydir psixik protsess yoki xususiyatni Yuzaga keltirib psixik hodisaning tashqi sharoitga bog’liqligini tekshirib ko’rishi mumkin. Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo’llanilishi bilan tushuntiriladi. Empirik, ya`ni tajriba yo’li bilan qo’lga1 kiritilgan faktlarning asosiy ko’pchiligi psixologiyada eksperimental yo’l bilan olingandir. Biroq, har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni qo’llab bo’lmaydi.
Masalan, agarda psixik protsesslar va funktsiyalar ko’proq eksperiment yo’li bilan o’rganilsa, shaxsning birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, ko’pgina qo’biliyatlar) ham shu metodda o’rganiladi. Lekin xarakterning va qobiliyatlarning murakkab turlarini xali eksperiment metodi bilan o’rganib bo’lmaydi.
Suxbat metodi. Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo’llaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali qo’lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo’llaniladi. Suxbat metodidan moxirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin.
Intervyu metodi. Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada keng qollaniladigan anketa metodidan farq qiladi. Xuddi suxbat metodi kabi intervyu metodi ham so’roq-javob metodiga tegishlidir. Ko’pincha intervyu uchun savollarni sotsiologik anketalar tipiga o’xshatib, ya`ni ko’p masalalar Yuzasidan ko’plab javoblar olishni ko’zlab tuziladi. Intervyu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish bosqichiga to’gri keladi. Biroq bilimlarni va o’rganilayotgan psixik xususiyatlarni strukturasini hisobga olib tuzilgan savollar o’rganilayotgan xususiyatlar strukturalari hamda darajalarini bundan keyin aniqlash uchun juda qimmatli natijalar berishi mumkin.
Ekspert baholash metodi. Bu metod shaxs psixologiyasida keng qo’llaniladi. Ekspertlar sifatida tekshirilayotgan kishilarni yaxshi biladigan shaxslar -bolalar bog’chasi va maktab-internatlarning tarbiyachilarini, sinf raxbarlari, ishlab chiqarish-texnika bilim Yurtlarining masterlari, ishlab chiqarishdagi masterlar, ilmiy jamoa raxbarlari, xarbiy komandirlar, administratorlar, sport trenerlari qatnashishlari mumkin. Ekspert baxolarni ko’proq xususiyatlarning sifat jixatidan namoyon bo’lishlarini tasvirlash emas (buni ekspertlar bilan qilinadigan keyingi suxbatlarda o’tkazilsa ancha foydaliroq bo’ladi), balki o’rganilayotgan xususiyatlarning ifodalanishini miqdoriy baholash tarzida, ya`ni u yoki bu xususiyat yoki xulq-atvor elementlari darajalarini baxolash tarzida o’tkazilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Ekspertlar umumlashtirish bilan bog’liq bo’lmagan xulq-atvor elementlarining ancha-muncha mayda qismlari ifodalanganligini qayd qilishi lozim. Umumlashtirish - ekspertning emas, balki tadqiqotchining ishidir.


Foydalaniladigan adabiyotlar roʻyxati:
1.Nishonova Z. T – " Bolalar psixodiagnostikasi" – Toshkent: 1998-yil.
2. Nishonova Z. T, Qurbonova Z, Abdiyev S "Pisxodignostika va eksperimental psixologiya". Toshkent: 2011-yil.
3.Rasul A.I. "Pisxodignostika". Toshkent – "Mumtoz soʻz".–2010-yil.



Download 16.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling