Psixogeometrik test tavsifi
Download 86.5 Kb.
|
geomet shakl
Kvadrat”
Agarda sizning asosiy shaklingiz kvadrat bo‘lgan bo‘lsa, unda siz-charchamaydigan, mehnatkashsiz! Mehnatsevarlik, tirishqoqlik, ishni oxirgacha etkazuvchi-mana shular orqali haqiqiy kvadratlar mashhur. CHidamlilik, qat’iylik odatda kvadratlarni yuqori toifali mutaxassis bo‘lishini ta’minlaydi o‘z sohasida. Bunga yangi ma’lumotga bo‘lgan talab ham ko‘maklashadi. Kvadratni tanlaganlarning: hamma ma’lumotlarni tizimlashtirilgan, shkalalarga joylashtirilgan. Kvadrat - kerakli ma’lumotni shu zahoti berishga qodir. SHuning uchun kvadratlarni irudit deyishadi. Hech bo‘lmaganda o‘zini sohasida. Tafakkuriy tahlil - kvadratning kuchli tomoni. Agar siz qat’iy kvadratni o‘zingizga tanlagan bo‘lsangiz unda siz “chap yarim shar orqali tafakkur qiluvchilar” safiga kirasiz, buni informatika tilida aytganda ma’lumotni birin-ketin o‘zingizga qabul qilasiz, ya’ni a-b-v-g va boshqa shunga o‘xshash. Kvadratlar ko‘proq natijani xisoblaydilarki, uni aniqlash o‘rniga. Kvadratlar mayda-chuyda narsalarga juda katta e’tibor berishadi, hamma narsani oxirgacha bilishni yaxshi ko‘rishadi. Kvadratlar bitta va umrbot saqlanadigan sovg‘ani yaxshi ko‘rishadi. Kvadrat ideali-rejali, va unga kutilmagan surprizlar yoqmaydi. U har doim insonlar va odamlarni o‘z oldiga eg‘adi. Mana shu hamma xususiyatlar kvadratlarni zo‘r boshqaruvchi Yoki ijrochi bo‘la oladi. Mayda-chuyda narsalarga haddad tashqari qiziqishi, ya’ni xato aniqlovchi Yoki to‘ldiruvchi ma’lumotni kerakligi biron-bir narsani hal qilayotganda kvadratlarni tezkor bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydilar. Ehtiyotkorlik, tartib-intizom qoidalarni o‘zlashtirish juda kam chekka nuqtagacha rivojlanishi mumkin va biror bir masalani hal qilish payti kelganda (haf-xatar bilan bog‘liq) unda kvadratlar bilib bilmay bu masalani hal qilishni cho‘zishlari mumkin. Bundan tashqari kvadratlarning xissiy quruqligi va sovuqliklari har xil inson bilan aloqa o‘rnatishga halaqit beradi. Kvadrat kutilgan vaziyatlarda ortiqcha va keraksiz harakat qilishadi. “Uchburchak” Bu shakl etakchilik ramzini bildiradi va ko‘pchilik uchburchaklar o‘zlarining faoliyati asosi deb xisoblashadi. Uchburchakning eng asosiy xarakteristikasi-asosiy maqsadiga qarab diqqatni jamlab olishidir. Uchburchaklar – faol, ruhan kuchli, shaxslar ular o‘zlariga aniq maqsad qo‘yadilar, odatda bu o‘z maqsadiga etadilar! Ular ham kvadrat singari “chap yarim shar orqali tafakkur qiluvchilar” xisoblanadi. Xolatni tez va chuqur tahlil qilishlari mumkin. Ammo kvadratlarga qarama-qarshi mayda chuydalarga e’tibor berishmaydi. Uchburchak muammoning asosida diqqatini kuchli yo‘naltirishlari, tafakkurda tahlil qilish va muammoni tez hal qilish yo‘llarini qidirish. Uchburchak – o‘ziga ishongan inson, hamma narsada to‘g‘ri bo‘lishni istashadi! Kuchli talab to‘g‘ri bo‘lishi va ishdagi vaziyatni boshqarish, o‘ziga bog‘liq narsalargina emas, boshqalarga bog‘liq narsalarni echishni yaxshi ko‘rishadi. Bu esa uchburchaklarni boshqalar bilan raqobatchi bo‘lishga olib keladi. Har qanday ishdagi shiori g‘alaba, sovrin, omadga! U tez-tez xavfga soladi, biron bir masalani hal qilishga ikkilanuvchilarni yoqtirmaydi. Uchburchaklar aybdor bo‘lib qolishlarini yoqtirmaydi va o‘z xatolarini katta qiyinchilik bilan tan olishadi. SHuni aytish mumkinki, ular o‘zlari ko‘rishni istagan narsani ko‘rishni xoxlashadi, shuning uchun qarorlarini o‘zgartirishni yomon ko‘rishadi. Ularni so‘zini qaytarganlarni yomon ko‘radi va o‘z aytganlarini qiladilar. Ammo ular o‘z xatolarida yaxshi o‘rganishadi. Asosiy maqsadlariga yordam beruvchi xar qanday ma’lumotni o‘zlariga so‘rab oladilar. Uchburchaklar - o‘zlarini juda sevadilar. Agar kvadrat uchun g‘urur bajarayotgan ishni a’lo darajada etkazish bo‘lsa, uchburchak uchun esa yuqori martaba egallash, yuqori maqom olish boshqacha qilib aytganda-mansab (korera) qilish. Biron bir ish qilish Yoki qaror qabul qilishlarini oldindan, bilib bilmay o‘ziga shunday savol beradi “bu orqali men nimaga ega bo‘laman?” Uchburchaklardan boshqaruv darajasidagi yuqori toifali liderlar etishib chiqadi. U o‘zi va unga bo‘ysunuvchi ishchilarining ishlarini qanday ahamiyatga ega ekanligini boshliqlarga yaxshi etkazib bera oladilar, uzoqdan o‘zlari uchun ma’qul ishni sezishadi va raqiblari ustidan g‘alaba qozonishga harakat qiladilar. Uchburchaklarning asosiy salbiy tomonlari: kuchli egoizm, o‘ziga qaratilganlik. Uchburchaklar xokimiyat tepasiga chiqish uchun oddiy tarbiya qonunlarini ham unitib o‘z maqsadi uchun boshqalar ketidan ergashib borishlari mumkin. Uchburchaklar hamma narsa va hammani ular o‘z atrofida yig‘ishga harakat qiladilar. “ Download 86.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling