Psixogeometrik test tavsifi


Download 86.5 Kb.
bet4/4
Sana27.08.2023
Hajmi86.5 Kb.
#1670678
1   2   3   4
Bog'liq
geomet shakl

To‘g‘ri to‘rtburchak”
Ushbu shakl o‘tish va o‘zgarish xolatini anglatuvchi sanaladi. Mazkur tipga mansub insonlar, hozir kechirayotgan o‘z hayotiy tarzlaridan norozidirlar. SHuning uchun ular doim o‘ziga yaxshi sharoit yaratish bilan ovora bo‘lishadilar. To‘g‘ri to‘rtburchak tipiga ega shaxslar, hayotiy munosabatlarda o‘zini tez – tez yuqotishga moyil bo‘lib, o‘z – o‘ziga noaniq munosabatda bo‘ladilar. To‘g‘ri to‘rtburchaklarning ko‘zga ko‘rinarli qirralari-turli vaziyatlarda ulardan nima kutishni ham bilmaysan. To‘g‘ri to‘rtburchaklar tez-tez o‘zgarishlari mumkin, hatto bir kunda ular o‘z qarashlarini o‘zgartiradilar, bu holatni yaxshi deb tushuntirishga harakat qiladilar, hayotning yangi yo‘llarini qidiradilar. Agar to‘g‘ri to‘rtburchakning o‘zini tutishiga yaxshilab qarasak unlarda shuni sezamizki, u har xil shakldagilarni “kvadrat, uchburchak va boshqalar” taqlid qilib ko‘radilar. To‘g‘ri to‘rtburchaklar uchun odamlar bilan muloqot o‘ta zarur va shu orqali ular o‘tish davrining qiyinchilikni engadilar. SHunga qaramasdan, to‘g‘ri to‘rtburchaklarda ijobiy tomonlar ham bor. Ular atrofdagi insonlarni o‘ziga jalb qila oladilar. Avvalo bu –qiziquvchanlik va dovyuraklik bilan bog‘liq. Mazkur tipga mansub kishilar ishonuvchan, sodda va beg‘ubor bo‘lishadilar. To‘g‘ri to‘rtburchak tipidagi insonlarni boshqarish osondir. Kimdir bu shaklni ishonch bilan tanlasa, u hayotda o‘zaro yaxshi munosabatlar tarafdoridir.
Aylana”
Aylana – ushbu shaklga mansub insonlar doim barcha munosabatlarda totuvlik tarafdoridir.
Aylana shaklini birinchi o‘ringa quyuvchi kishilar eng mehribon insonlardir. Ular ko‘pincha, ishda joylarida kolliktivni ustun ko‘rishadilar shuningdek, oilaviy munosabatlarni mustahkam ushlovchi kishilar hisoblanishadilar.
Bundan tashqari, mazkur insonlar eng yaxshi aloqaga kiruvchilardir, birinchi o‘rinda ular eng yaxshi tinglovchilardir, ularda yuqori hissiyot darajalari kuzatiladi, empatiyaning rivojlanganligi-birovni tushunish, hamdard bo‘lish, boshqa odamlarning qiynnchiliklariga o‘z ijobiy hissiyotlari orqali javob beradilar. Aylana shaklini tanlovchilar begonalarning xursandchilik va g‘amlarini o‘zlarinikiday his qiladilar. Boshqalar uchun har qanday vaziyatlarda jonyakuyar insonlar sanalishadilar.
Zigzag”
Bu shakl ijodkorlik, yangilikka moyillik ramzidir, ushbu shakl 5 ta shakllar ichidan eng o‘zgachasi sanaladi. Agar siz ishonch bilan ushbu shaklni tanlagan bo‘lsangiz, unda siz “o‘ng yarim shar ” orqali tafakkur qiluvchisiz, ya’ni boshqacha o‘ylovchilar.
SHuning uchun ko‘pchilik “chap yarim sharlar” orqali tafakkur qiluvchilar “zigzag” ni tushunmaydilar. CHunki ular o‘ng yarim shar bilan o‘ylamaydilar, mayda-chuyda narsalarni ko‘rmaydilar, shuning uchun u hayot rasmlarini kichikroq qiladi va go‘zallikni ko‘radi. Zigzaglarda odatda estetik sezgilar yaxshi rivojlangan bo‘ladi.
Zigzaglar – sintetik xayol qiluvchilardir. Ular bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan turli g‘oyalarni birlashtirib yangi g‘oyalarni yaratishga qodirdirlar. Aylanadan farqli ravishda zigzaglar nizolarda tez yon berishmaydilar, balki ularni hal etishning yangi yo‘llarini izlab topadilar va nizolar o‘zidan o‘zi yo‘qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday tipli insonlar tabiatan izlanuvchanlikka moyil bo‘lib, boshqalarga namuna bo‘la oladilar, Zigzaglar o‘z hayot yo‘lini doimiy o‘zgartirib turadilar, ular uchun eng zerikarli narsa bu hech o‘zgarmaydigan narsalar, voqealar, qonun-qoidalar, odamlar va hokazo. Doimiy majburiyatlar va shuningdek bir xil usullar ularga yoqmaydi. Ularga har xil yangiliklar va ishni bajarishga chorlovchi kuchli narsalar zavq bag‘ishlaydi. Ular o‘z ishlarida boshqalardan mustaqil bo‘lishni istashadi. SHunda zigzag tetiklashadi va o‘zining asosiy qobiliyatini ishga soladilar hamda yangi g‘oyalarni va usullarini o‘z ishlarida qo‘llaydilar. Zigzaglar hech qachon hozir Yoki oldin qilgan ishlari bilan maqtanmaydilar.
Zigzaglar –o‘z g‘oyalarining targ‘ibotchilari ham sanalishadilar. Ammo ularga siyosatchilik, etakchilik sifatlari etishmaydi: o‘zini bosib tura olmaydi, juda tez (to‘g‘ri gap tuqqanga yoqmaydi qabilida) harakat qiladilar. Bu esa, ularda ko‘pincha o‘z g‘oyalarini hayotga tadbiq qilishiga halaqit qiladi. Bundan tashqari, ular mayda – chuyda muammolarni yaxshilab o‘rganmaydi shuningdek, ayrim ishlarni oxirigacha yakunlashni istashmaydilar.
Download 86.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling