Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti va metodlari


Download 0.63 Mb.
bet6/6
Sana21.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1371710
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti va metodlari

Kuzatish metodi tabiiy metodlar sirasiga kiradi.Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali maʼlumotlar toʻplash usulidir.Oʻz-oʻzini kuzatish esa odam oʻzida kechayotgan biror oʻzgarish yoki hodisani oʻzi oʻrganish maqsadida maʼlumotlar toʻplash va qayd etish usulidir.
Soʻrov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi maʼlumotlar toʻlashning anʼanaviy usullardan hisoblanadi.Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qoʻyilgan qator savollarga muhtasar javob qaytarishi kerak boʻladi.
Testlar oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi.Ular yordamida biror oʻrganilayotgan hodisa xususida ham sifat, ham miqdor xarakteristikalarini olish , ularni koʻpchilikda qayta qayta sinash va maʼlumotlarni korrelyatsion analiz qilish orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin boʻladi.
Psixologik eksperimentning mohiyati shundaki, unda ataylab shunday sunʼiy bir vaziyat shakllantiriladi va tashkil etiladiki, aynan shu vaziyatda qiziqtirayotgan psixik jarayon yoki hodisa ajratiladi,oʻrganiladi, taʼsir koʻrsatiladi, va baholanadi.
Modellashtirish metodi kuzatish,soʻroq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida oʻrganilayotgan hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qoʻllaniladi.Bunda oʻsha hodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib oʻsha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat oʻrganiladi va xulosalar chiqariladi.
Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling