Psixolog kasbiy faoliyati va psixologiya metodlari


Download 55.76 Kb.
bet2/10
Sana07.02.2023
Hajmi55.76 Kb.
#1172422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 Mavzu Psixolog kasbiy faoliyati va Psixologiya metodlari, Psixolog

Hujjatlarni o‘rganish – mehnat jarayoni ishchilar tarkibi, ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasi to‘g‘risidagi ob’ektiv ma’lumotlarni yig‘ish metodi hisoblanadi. Bu ma’lumotlar quyidagi hujjatlardan olinadi:
- Ishchilar harakatlarini tasvirlovchi texnologik kartalar, ishning bajarilish usullarini sifatiga quyiladigan talablar;
- Insonga psixofiziologik va psixologik ta’sir ko‘rsatadigan asbob-uskunalarning texnik tavsifnomasi;
- Yoshi, staji, ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi, kadrlar qo‘nimsizligi uning sabablari va hokazolar xaqidagi ma’lumotlar;
- Ishlab chiqarishdagi avariyalar va travmalar shuningdek, ishchilar sog‘ligining holati to‘g‘risidagi ma’lumot.
Mehnat metodi – bu kasbiy faoliyatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish joyida o‘rganishga qaratilgan tadqiqot metodidir. Kasbiy faoliyatni egallagan va bajaruvchisi sifatida psixolog ham tadqiqotchi ham ishchi sifatida faoliyat olib boradi. Har bir ish kunidan keyin standartlashgan sxema bo‘yicha bayonnoma to‘ldiriladi. Ish joyida tadqiqot olib borish usullari samaraliroq hisoblanadi. Tadqiqotchi standart kuzatish chizmasi asosida ishchining faoliyatini o‘rganadi. Bu usullarning afzalligi kasbiy realikka maksimal darajada yaqin bo‘lishidadir.
Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kirib, bunda tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan turib kuzatish orqali ma’lumotlar to‘plash usuli bo‘lsa, o‘z-o‘zini kuzatish esa odam o‘zida kechayotgan biror o‘zgarish yoki hodisani o‘zi o‘rganish maqsadida ma’lumotlar to‘plashdir. Erkin kuzatuvda ko‘pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o‘rganish maqsad qilib qo‘yiladi. Masalan, dars jarayonida ta’lim oluvchilarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo‘lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus dastur asosida kuzatuv olib boriladi.
Psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq-atvoriga ta’sirini o‘rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o‘sha guruh hayotiga tabiiy ravishda qo‘shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Shu yo‘l bilan olingan ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo‘lsa, ikkinchi tomondan, agar kuzatuvchida konformizm xislati kuchli bo‘lsa, o‘zi ham guruh hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim hodisalarni sub’ektiv ravishda takrorlaydigan bo‘lib qolishi ham mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi – ya’ni kuzatuvchi guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo‘ladi va faqat bevosita ko‘zi bilan ko‘rgan va eshitganlari asosida fikr-mulohaza yuritadi.
Kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional ko‘rsatkichlarni qayd qilishda so‘zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabr-qanoatiga bog‘liq bo‘lgan jihatlar, yana to‘plangan ma’lumotlarni sub’ektiv ravishda tahlil qilish xavfi bo‘lgani uchun ham biroz noqulayliklari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, tadqiqot jarayonida ba’zida turli hodisalar ko‘p uchraydi va kuzatilayotgan voqealarga aralashib ketadi. Ayrim vaziyatlarda esa sinovchilarga tadqiqot vazifalari haqida ma’lumot berishga to‘gri keladi, bu esa ularning kasbiy xulqi va faoliyatini suniy ravishda o‘zgartirishiga olib keladi.
Kuzatuv metodi kamchiliklarini tartibga solish maqsadida 1973 yilda AQShda kuzatuv so‘rovi2 ishlab chiqiladi. Mazkur kuzatuv so‘rovining amerika va nemes standart variantlari kasbiy talablar, kvalifikatsiya, kasbiy qiziqish, mehnatdan qoniqish, ish joyi va tashkilotni tahlil qilish uchun ishlab chiqilib, u 194 savollardan iborat.
Kuzatuv so‘rovining tadqiqot ob’ektlari 4 blokga bo‘lingan:
1) axborot to‘plash va qayta ishlash;
2) mehnatga oid harakatlarni bajarish;
3) shaxslararo va professional munosabatlar;
4) murakkab va maxsus mehnat sharoitlari.
Kuzatuv so‘rovi o‘rtacha 1yildan 4 yilgacha bo‘lgan muddatda olib boriladi. Uning davomiyligi tadqiqotchilarning ishlab chiqarish faoliyati to‘g‘risidagi bilimlari va sinaluvchi (ishchi) bilan o‘rnatilgan ishonch darajasiga bog‘liq.
Psixometrik metodlar guruhi. Psixometriya-psixik voqea va hodisalarning miqdoriy tomonining nisbati va tavsiflarini o‘rganadi. Psixometriyaning muhim belgisi psixik jarayonlarning individual farqlar, empirik dalillar dinamikasini, parametrlarini o‘lchash texnologiyasining standartlashganligidir. Psixometriya ishonchliligi bilan ajralib turuvchi psixodiagnostik metodikalarini yaratishga yo‘naltirilgan. Psixometrik usullar tarkibiga psixologik test ham kiradi.
Test – psixologik diagnostika metod bo‘lib, u ma’lum ma’noga ega bo‘lgan standart savol va masalalardan iborat. Test intellektual va maxsus qobiliyatlarini, shaxsning psixofiziologik xususiyatlari va sifatlarining rivojlanishini, kasbiy layoqatni aniqlash, kasbiy ekspertiza va reabilitatsiya shuningdek, kasbiy maslahatlar jarayonida qo‘llaniladi.
Test o‘tkazish 3 bosqichga ajratiladi:
- test, savolnomasini tanlash (tadqiqot masalasi bilan belgilanadi);
- test o‘tkazishda etika normalariga rioya qilgan holda ko‘rsatmaga muvofiq tashkil etish;
- olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va natijalarni o‘rganish.
Kasbiy psixologiyada maxsus qobiliyatlarning diagnostikasi va kasbiy yutuqlar muhim ahamiyat kasb etadi. An’anaviy intellektual testlar akademik qobiliyatlarni o‘rganishga qaratilgan. Vakant (bo‘sh) o‘rinlarga nomzodlarni kasbiy tanlovi uchun ishonchli usullarga bo‘lgan ehtiyoj psixologlarni maxsus qobiliyatlarni diagnostika qilish uchun test ishlab chiqildi. Ishlab chiqarishning turli sohalari ishchilarning oldiga o‘ziga xos talablarni qo‘yadi. Kasbiy tanlov, kasbiy maslahat, kadrlarni joylashuvi, vakant ishchi o‘rinlarini to‘ldirish maqsadida muhim kasbiy psixofiziologik xususiyatlar, psixologik sifatlar, kasbiy malakalarni aniqlash imkonini beruvchi testlar bo‘lishi lozim.
Maxsus qobiliyatlar testiasosan kasbiy tanlov uchun qo‘llaniladi. Ayniqsa, sensor qobiliyatlar diagnostikasi xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Ko‘pgina, kasblar sensor sohaning xususan ko‘rish va eshitishning yuqori darajada rivojlanishini talab qiladi. Vizual qobiliyatlar testi muhim kasbiy belgilarga bog‘liq holda ko‘rish o‘tkirligini, ranglarni farqlay olish va ularning ichki xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar darajasini aniqlaydi. Eng keng tarqalgan ko‘z o‘tkirligini aniqlab beruvchi test - sinovda ishtirok etayotgan sinaluvchilarga bosma harflar tasvirlangan jadval ko‘rsatiladi va tadqiqotchi tomonidan ko‘rsatilayotgan harflarni aniqlash kerak bo‘ladi.
Eshitish qobiliyatlarini aniqlashda ovoz, signal ko‘p hollarda odam ovozi eshittiriladi. Chuqurroq o‘rganilishi maqsadida masalan, musiqiy eshitish qobiliyatini aniqlash testlari qo‘llaniladi.
Harakat qobiliyatlarini diagnostika qilish-harakat reaksiyalarini tasvirlash va koordinata tezligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Bunday hollarda biz sensomotor diagnostikasini nazarda tutishimiz kerak, chunki aksariyat hollarda bu ko‘rish orqali bajariladi. Chet elda barmoqlar mahoratini, buyumlarni o‘ynata olish tezligi, qo‘l mustahkamligi, reaksiya vaqti, qo‘l harakatining tezligini tahlil etuvchi testlar keng tarqalgan.
Motor testiga misol keltiramiz. Bunda tadqiqotda ishtirok etayotganlarning oldiga ikki seriyadan iborat bo‘lgan to‘g‘ri burchakli taxta qo‘yiladi. Har qaysi seriyasida 48 tadan teshik bo‘lib, seriyalardan biridagi teshiklar silindrli sterjenlar bilan to‘ldirilgan. Sinaluvchilarga imkon qadar sterjinlarni boshqa seriyalardagi teshiklarga olib o‘tish taklif qilinadi. Bunday tadqiqotda ishtirok etayotgan kishi ma’lum vaqt davomida ishning qancha qismini bajara olgani hisobga olinadi.
Shuningdek, ishchilar kasbiy tanlovida texnik qobiliyatlar testi muhim o‘rin egallaydi. Texnik qobiliyatlar deganda – murakkab intellektual qobiliyatlar tushuniladi. Bu qobiliyatlar o‘z ichiga keng tasavvurlar, texnik salohiyat va sensomotor malakalarini qamrab oladi. Texnik qobiliyatlar testi – injenerlar, mexaniklarni kasbiy tanlovida keng doirada qo‘llaniladi. Bu borada A.A.Beknet va Minnesotski testlari keng tarqalgan.
Maxsus qobiliyatlarning so‘nggi guruhiga A.Anastazi kasbiylashgan qobiliyatlarni kiritadi. Ularni o‘lchash uchun tuzilgan testlar faoliyatning ma’lum kasb sohasida shakllantiriladi. AQShda Minnisota shtatida konselariya testi keng ommalashgan bo‘lib, tartibni qabul qilish tezligi, ishbilarmonlik atamalar ro‘yxatini bilishi, eshitishi, xabardorlik, savodxonlik chiroyli nutqqa egalik kabi qobiliyatlarni aniqlab beradi.
Kasbiylashgan qobiliyatlarga shuningdek, badiiy, musiqaviy, tadqiqiy konstruktorlik, ishbilarmonlik, ijtimoiy va ijrochilik qobiliyatlari kiradi. Kasbiy yutuqlar testi faoliyatning ma’lum bir turini egallash darajasini o‘lchash yoki kasbiy tayyorgarlik natijalarini tashxis qilish maqsadida qo‘llaniladi.
Yutuqlar testi sinovdagilarning ma’lum bilim, ko‘nikma va malakalarini egallanganlik darajasini aniqlab beradi. Iqtidor testlaridan farqli ravishda ular maxsus ta’lim dasturlarining kasbiy tayyorgarlikning ma’lum samaradorligiga, kasb egallashga bo‘lgan ta’sirini o‘lchaydi. Boshqacha qilib aytganda, yutuqlar testi asosan individning ta’lim yakunidagi so‘nggi muvaffaqiyatlarini baholashga yo‘naltirilgan.
Insonlarda yutuqlar testining 3 ta shaklini qo‘llashadi: harakat testlari, yozma va og‘zaki testlar. Bu testlarda aniq kasbiy faoliyatda eng muhim bo‘lgan bir qator topshiriqlarni bajarish talab etiladi. Harakat testlari idoraviy kasblarda (texnik kotiba, mashinistka, stenografist va hokazolarda) keng qo‘llaniladi.
Yutuqlarning yozma testlari maxsus bilimlar ya’ni, savodxonlik uchun muhim bo‘lgan kasblarda ishlatiladi. Mazkur testlar asosiy tushunchalar, mavzulardagi sinfiy belgilar, texnik tavsiflar, formulalarni o‘rganilganligini o‘lchashga yo‘naltirgan. Standartlashgan baholash shakli ob’ektiv harakatga ega bo‘lib, guruhiy ishlashga imkon beradi va ko‘p vaqtni talab etmaydi.
Kasbiy yutuqlarning og‘zaki testlari– maxsus kasbiy bilimlarga tegishli bo‘lgan standartlashgan savollar seriyasidan iborat. Savollar kasbiy faoliyatni tahlil etish, malakali ishchilarni kuzatish va har qaysi savolning muhimliligi asosida tanlanadi. Yutuqlar testlarini kasbiy salohiyatni baholash maqsadida qo‘llanishi AQShda psixologlar attestatsiyasi tajribasidan ko‘rish mumkin. Yutuqlar testining keng tarqalishi ular mutaxassislarga, ishchi kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda shaxsda kasbiy tanlashni kuzatish va kasbiy yutuqlarni bashorat qilish imkonini beradi.
So‘rov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar to‘plashning an’anaviy usullaridan biri bo‘lib, unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo‘yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo‘ladi.
Og‘zaki so‘rov oddiygina qilib, suhbat metodi deb ham ataladi. Suhbat o‘tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko‘rgach so‘roq o‘tkazadi. Agar so‘rovchining professional mahorati yoki tajribasi bunga yetarli bo‘lmasa, so‘rov o‘z natijalarini bermasligi, aksincha bo‘lsa esa ushbu metod yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo‘lgan noyob ma’lumotlarni to‘plash imkoniga ega bo‘ladi.
Yozma so‘rov yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o‘zida ko‘pgina odamlar fikrini o‘rganish mumkin bo‘ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o‘z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so‘rovnomalar aniq va ravon tilda, javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo‘lsa, qimmatli birlamchi materiallar to‘planadi.
So‘rovning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo‘lib, birinchisida oldindan nimalar so‘ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, hattoki, dastur ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so‘roq o‘tkazilishi nazarda tutiladi.
Psixometrik usullar guruhiga barcha standartlashgan so‘rovlar kiradi. Kasbiy psixologiyada anketa-so‘rovnomalari keng ko‘lamda qo‘llanilib, ular orasida biografik anketalar, qiziqish savolnomalari ham mavjud. Biografik anketalar kasbiy faoliyat turlari, ish va ish joyining o‘zgarishi, ta’lim xarakteri darajalarini aniqlaydi.
Qiziqishlar so‘rovnomalari ta’limiy va kasbiy manfaatlarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Ular professional tanlash masalalarini hal qilish uchun foydalaniladi. Birinchi bunday so‘rovnomalardan biri 1920 yilda E.Strong tomonidan yaratilgan "Kasblar qiziqish blaki" bo‘lib, u to‘rtta qiziqish ko‘rsatkichini aniqlaydi:
1) muayyan kasbda muvaffaqiyat qozongan shaxslarning manfaatlari bilan sub’ektning manfaatlariga o‘xshashligi;
2) erkaklar va ayollar qiziqishlari tuzilmasi;
3) qiziqishlar yetuklik darajasi;
4) kasbiy tayyorgarlik darajasi.
Kasbiy ta’lim diagnostikasi. Ta’lim tizimi orqali o‘quv-kasbiy faoliyat samaradorligi, shaxs qobiliyatlari (dastlabki bilim, qobiliyat, ijobiy motivatsiya, ma’lum darajada jismoniy rivojlanish, salomatlik va b.) aniqlanadi. O‘quvchanlik qanchalik yuqori bo‘lsa, ta’lim oluvchi yangi bilimlarni tez o‘zlashtiradi, professional ko‘nikmalarni oson egallaydi. O‘quv – kasbiy vaziyatlar qanchalik erkin bo‘lsa, talabaning kasbiy rivojlanishini yuqori darajaga oshiradi. Kasbiy ta’limning asoslari sensomotor qobiliyatlarni, psixik jarayonlarni, shuningdek, shaxsning hissiy, motivatsion-irodaviy fazilatlarini rivojlantirishdan iborat. Rivojlanish darajasi va ushbu xususiyatlarning kombinatsiyasi o‘zlashtirish qobiliyatidagi individual farqlarni aniqlab, uning sifat ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
O‘rganish mezonlariga qo‘yidagilar kiradi:
-mantiqiy fikrlash usullarini shakllantirish;
-tafakkurning mustaqilligi;
-tafakkurning xilma-xilligi.



Download 55.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling