Psixolog kasbiy faoliyati va psixologiya metodlari
Download 55.76 Kb.
|
2 Mavzu Psixolog kasbiy faoliyati va Psixologiya metodlari, Psixolog
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologiya metodlari. Reja: 1.Psixologiya fanining metodlari. 2.Psixo-fizik metodlar 3.Klinik metod. Asosiy tushunchalar
- Qiyosiy metod
Nazorat savollari:
1. Hozirgi zamon psixologiyasining qanday sohalari mavjud? 2. Psixologiya fanidagi differensiatsiya va integratsiya jarayoni nima bilan bog‘liq? 3. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqalarini ochib bering. 4. O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlaniiga hissa qo‘shgan olimlar.? ADABIYOTLAR 1. Вачков И.В., Гриншпун И.Б., Пряжников Н.С. Введение в профессию «психолог» Москва, Воронеж. 2002-2007 г. 2. Мухамедова Д.Г., Муллабаева H.M., Расулов А.И. Умумий психология. Дарслик. - Тошкент, “Мумтоз суз” 2018. -2876. ^ 3. Schiffman H.R. Sensation and Perception: An Integrated Approach. 5" Edition. - JohnWiley&Sons, 2001. - 608 p 5. Лурия A.P. Лекции по общей психологии. - СПб.: Питер, 2006. - 320 с 4. G'oziyevE.G'. Umumiypsixologiya.. T. O'qituvchi. 2010 y. Psixologiya metodlari. Reja: 1.Psixologiya fanining metodlari. 2.Psixo-fizik metodlar 3.Klinik metod. Asosiy tushunchalar: tashkiliy metodlar, tajriba metodlari, ma’lumotlarni qayta ishlab chiqish metodlari, izohlash metodlari, qiyosiy metod, majmuiy metod, kuzatish metodi. Har bir fan aniq ma’lumotlarga asoslanadi. Ob’ektiv voqelikning bunday hodisalarini to‘plab, solishtirib, guruhlarga ajratib vaumumlashtirib, fan yaratilishi kabi eng muhim zaruriyatni, aynan, irodamiz va ongimizdan mustaqil ravishda mavjud olamning ob’ektiv qonunlarini ochib beradi. Bu ma’lumotlarga ega bo‘lish usullari ilmiy-tadqiqot metodlari yoki bilim, nazariya, ta’limot deb ataladi. Shunday qilib, metod – ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi yoki biror-bir reallikni bilish usuli. Har qanday fanga o‘xshash psixologiya ham o‘zining tadqiqot metodlariga ega. Psixologik tadqiqotda qo‘llaniladigan metodlarning barchasini to‘rt guruhga ajratish mumkin: 1) tashkiliy metodlar; 2) tajriba metodlari; 3) ma’lumotlarni qayta ishlab chiqish metodlari; 4) izohlash metodlari. Birinchi guruhga qiyosiy, longityud va majmua metodlari kiradi. Ma’lumotlar olishning tajriba metodlari kuzatish va o‘zini kuzatish (introspeksiya), tajriba metodlari (laboratoriya, tabiiy, shakllantiruvchi), psixologik tashhislash metodlari (testlar, anketalar, so‘rovnomalar, sotsiometriya, suhbat, intervyu), faoliyat mahsuli tahlili (xronometriya, kasbiy ta’riflar, mahsulot va bajarilgan ishlarni baholash va boshqalar), tarjimai hol va egizaklar metodlarini o‘z ichiga oladi. Endi esa psixologik tadqiqotning asosiy metodlarini birmuncha to‘liqroq holatda ko‘rib chiqamiz. Qiyosiy metod («ko‘ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko‘ra taqqoslashdan iborat. Masalan, yoshi va jinsi bir xil bo‘lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o‘zaro solishtiriladi. Download 55.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling