Psixolog mutaxasisligiga kirish Tayanch tushunchalar tahlili


Download 19.11 Kb.
bet3/3
Sana07.03.2023
Hajmi19.11 Kb.
#1243578
1   2   3
Bog'liq
1 mavzu Tayanch tushuncha

12

Pedantik Shaxs

Mojarolarga kam aralashadi. Xizmat doirasida o‘zini byurokratdek tutadi, atrofdagilarga ko‘p talablar qo‘yadi. Shu bilan birga etakchilikni bajonidil boshqa odamlarga beradi. Ba’zida oiladagilarga tartib borasida o‘ta talabchan. Uning ijobiy hislatlari: sofdil, tartibli, jiddiy, ishlarda ishonchli, salbiy tomonlari - rasmiyatchi, pismiq, qiziqqon.

13

Ekzallashgan Shaxs

bu toifadagilar o‘ta kirishimli, so‘zamol, bunday odamlar tez-tez bahslashadilar, lekin ish ochiq mojarolarga etib bormaydi. Mojaroli holatlarda ular bir paytning o‘zida ham faol, ham sustkash. Shu bilan birgalikda do‘stlari va yaqinlariga bog‘langan va g‘amxo‘r. Ularda achinish hissi yuqori, yaxshi didli, hissiyotlari yorqin va samimiy. Salbiy tomonlari - vahimachi, bir onlik kayfiyatlarga yon bosuvchi.

14

Ekstravert Shaxs

ular o‘ta kirishimli, bunday odamlarda do‘stlari va tanishli juda ko‘p, ular ezmalik darajasigacha so‘zamol, har qanday ma’lumotni ulardan ochiqchasiga bilib olish mumkin. Do‘stlar davrasida, ishda, oilada, ko‘pincha etakchilikda boshqalarga yon bosadi, bo‘ysunishni va chetda turishni afzal ko‘radi. O‘zgalarni diqqat bilan eshitishga tayyorlik, so‘rashgan narsani bajarish kabi ijobiy hislatlarga ega. Salbiy tomonlari: ta’sirga beriluvchan, engiltabiat, maishatga o‘ch, ig‘vo va g‘iybatlarni tarqatishda ishtirok etish.

15

Emotiv Shaxs

bu toifadagilar tor doirada saralangan odamlar bilan aloqa qilishni afzal ko‘radilar. Ular kam hollarda mojarolarga aralashadilar. Xafachiliklarini ichlarida saqlaydilar. Yaxshi hislatlari: samimiylik, rahm-shafqatli, o‘zgalarning yutug‘idan quvonadigan, ijrochi. Salbiy tomonlari - yig‘loqi, o‘ta hissiyotli, izzattalab.

Download 19.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling