Psixolog mutaxassisning kasbiy-etikaviy tamoyillari bajardi: Abduqaxxorova Sevinch Tekshirdi: To’laganova Dilnoza Guruh: 09 Reja
Psixodiagnostning kasbiy-etikaviy tamoyillari
Download 1.55 Mb.
|
ETIKAVIY QOIDALAR ABDUQAXXOROVA SEVINCH
Psixodiagnostning kasbiy-etikaviy tamoyillari.
Psixodiagnostika – bu psixologning kasbiy faoliyatidagi murakkab va juda ma'suliyatli sohadir. Shuning uchun ham psixodiagnostikaga bir qator ijtimoiy-axloqiy talablar qo‘yilgan bo‘lib, ular quyidagilardir: Ø Psixodiagnostika sirlarini saqlash. Ø Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganligi. Ø Sinaluvchiga ziyon etkazmaslik. Ø Xulosalarning ob'ektivligi. Ø Taklif qilingan tavsiyalarning samaradorligi. Yuqorida qayd qilib o‘tilgan talablarning, har birini psixodiagnostikaning tamoyillari sifatida alohida ko‘rib chiqamiz. Psixodiagnostikaning sir saqlash tamoyili– sinaluvchining ruxsatisiz olingan natijalarni e'lon qilmaslik, bu birinchi navbatda balog‘at yoshiga etgan odamlarga taalluqlidir. Agar sinaluvchilar balog‘at yoshiga etmagan bo‘lsa hamda psixodiagnostik natijalarni e'lon qilish uchun ota-onalarning, bolalar uchun ma'naviy va huquqiy mas'ul bo‘lgan shaxslarning ruxsati bo‘lishi shart. Faqat ba'zi hollarda ilmiy maqsadda, ya'ni eksperimental tadqiqotning bir qismi sifatida e'lon qilish bundan mustasno, ammo sinaluvchilarning aniq ismi-shariflarini bayon etish tavsiya qilinmaydi. Kasb etikasi deganda biz nimani tushunamiz? Kasb etikasi nima uchun kerak va u qanday maqsadlarda o‘rganiladi? Etika bo‘yicha izohli lug‘atda ushbu tushuncha ma’nosi quyidagicha: «Kasb etikasi (yoki kasbiy axloq) – bu odamlarning kasb faoliyatidan kelib chiqadigan o‘zaro munosabatlarining axloqiy xarakterini ta’minlaydigan qonuniyatlardir». Bunday qonuniyatlarning kelib chiqishi va rivojlanishi inson axloqi yo‘nalishlaridan birini aks ettiradi, chunki ular shaxs qadrini va shaxslararo munosabatlarda odamiylikning yuzaga kelishiga yordam beradi. Axloqiy talablar umumiy bo‘lishiga qaramay, ba’zi bir kasbiy faoliyatlarni olib borishda alohida xulq-atvor normalari vujudga kelmoqda. Masalan, tibbiyot xodimi o‘z amaliyotidagi qiyinchiliklarga qaramasdan, insonning jismoniy va ma’naviy sog‘lig‘i uchun kurashishi va kerak bo‘lsa, bunda o‘zini ham ayamasligi lozim. Òibbiyot etikasi doirasiga kasallikni oshkor qilmaslik, hayot uchun muhim bo‘lgan organlarni transplantatsiya (ko‘chirib o‘tkazish) qilish sharoitlarini ta’minlash, genetik nazorat tajribalarini o‘tkazish kabi masalalar kiradi. Huquq vakillaridan kasb etikasida qonunga sodiqlik, hammaning qonun oldida teng ekanligi tamoyiliga rioya qilish talab qilinadi. Xizmat ko‘rsatish sohasida esa, avvalambor, muomala madaniyati, mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan diqqat-e’tibor asosiy o‘rinda turadi. Xushmuomalalik – xulq-atvorning kundalik xususiyati bo‘lib, odamlarni hurmat qilishni anglatuvchi axloqiy qadriyatdir. Xushmuomalalik – bu xulq madaniyatining elementar talabi, odamlar bilan mehr-oqibat asosida qurilgan muloqotning sharti, har qanday kishiga, agar u yordamga muhtoj bo‘lsa, yordam qo‘lini cho‘zish, nazokat doirasida ko‘zga tashlanadigan xislatdir. Xushmuomalalik – mehmonxona xodimlarining madaniyatliligi haqida dalolat beradigan eng muhim xislatlardan biridir. Kamtarlik – yutuqlarini pesh qilmaslik, manmanlikdan xoli bo‘lish, vazminlikni bildiradigan sifatdir. Shu bilan birga, o‘ta kamtarlik ham manmanlikka kiradi. Iste’dodli odam o‘z iste’dodini yashirsa ham, iste’dodi ko‘rinib turadi. Kamtar bo‘lish – o‘ziga, fe’l-atvoriga talabchan bo‘lib, o‘ziga tanqidiy nazar bilan qarash demakdir. Kamtarin odam hech qachon o‘z hunarlarini boshqalarnikidan ustun qilib ko‘rsatishga intilmaydi. Kamtarlik – tortinchoqlik degani emas. Òortinchoq odam o‘zini yetarli darajada baholay olmaydi. Bunday odamlarni tez-tez maqtab turish, ularga dadillik beradi, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Bu va boshqa axloqiy sifatlar odamlar bilan bo‘lgan munosabatlaringizning axloqiy xarakterini shakllantirishi va ish joyingizdagi xatti-harakatlaringizni aniqlab berishi lozim. Kasbiy etikaning asosiy maqsadi shundan iborat. Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganlik tamoyilida metodikaga validlik, ishonchlilik talabi qo‘yiladi, ya'ni olingan natijalarga to‘liq ishonch imkonini bersin. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling