Psixologik bilimlarning bugungi kun uchun ahamiyati


Download 5.97 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi5.97 Kb.
#1743449
Bog'liq
7-mavzu

Psixologik bilimlarning bugungi kun uchun ahamiyati

Psixologik bilimlar

  • Psixolog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish uchun mutaxasisslarni psixologiya bo’yicha bilimlar bilan qurollantirish ijtimoiy zarurat bo’lib hisoblanadi. Shuni alohida ta‘kidlab o’tish joizki, psixologiya fanlarni o’qitish metodikasi murakkab o’quv predmetlari qatoriga kirib, keng ko’lamdagi ma‘lumot umumlashmasini hamda sintetik akliy faoliyat majmuasini o’zida mujassamlashtiradi.
  • Psixologiya inson psixikasini aniqlash, shakllantirish, yangi sharoitga ko’chirish, takomillashtirish, rivojlanish dinamikasini ta‘minlash, yangi sifat bosqichiga o’tishini qayd qilish imkoniyati borligi bilan o’ta amaliy, tatbiqiy fanga aylangandir.
  • Psixologik bilimlarni egallashda ta‘limni tashkil etish va uning samarali usullaridan foydalish imkoniyatlarini kengaytirishda shaxsning yosh davrlarini hisobga olish muhimligi ma‘lum. Buni biz amerikalik psixolog D.Yelkindning (1968) asarlarida ilgari surgan g’oyalaridan bilim olishimiz mumkin. Uning fikricha psixologik bilimlarga egallashda ta‘limni tashkil etish va uni samaradorligini oshirishda shaxsning yosh davrlarini hisobga olish o’qitishni takomillashtirish omillaridan biri xisoblanadi.

Bugungi kunda psixologik bilimlar

  • Xozirgi davrda inson muammosi aniq va gumanitar fanlarning umumiy tadqiqot ob‘ektiga aylanib bormoqdaki, be‘vosita psixologiya fani bu borada nazariy va amaliy ta‘limotlarning inson ruxiy kechinmalarini o’rganishda zamonaviy tadqiqot usullaridan foydalanilmoqda. Shu nuqtaiy nazardan ilmiy ishni tadqiq etishda chuqur amaliy tajribalarga asoslangan psixologiyaumuiy psixologiyaning dolzarb muammolari va psixologiya o’qitishni takomillashtirishning o’ziga xosligini nazariy va amaliy tadqiq etish bilan birga ilmiy yangi tomonlariga e‘tiborni qaratish maqsadga muvofiq.
  • Psixologiyaning ilmiy bilish va amaliy ahamiyati shundan ham ko’rinadiki, psixologiyaning tarixiy taraqqiyotida unda bir qancha mahsus tarmoqlar ajralib chiqdi. Psixologiyaning bu tarmoqlari hozirgi vaqtda mustaqil fanlar darajasiga ko’tarildi. Psixologiyaning shu tarmoqlaridan bir qismi ko’proq nazariy xarakterda bo’lsa, ikkinchisi ko’proq amaliy xarakterdadir. Psixologiyaning ayrim tarmoqlari shulardan iborat; umumiy psixologiya, yosh psixologiyasi (jumladan, bolalar psixologiyasi), pedagogik psixologiya, mehnat psixologiyasi, harbiy psixologiya, san‘at psixologiyasi, sport psixologiyasi, sud psixologiyasi, meditsina psixologiyasi, psixopotologiya

Psixologik bilimlarning murakkabligi

  • Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar va xodisalarning mohiyatini bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin psixik hayotga aloqador bo’lgan jarayonlarni, o’zimizda, miyamiz, ongimizda ro’y berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, o’rtoqlarimizdan biri bizga yoqadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u yoki bu xatti — xarakatlarini bevosita ko’rib, baholab, tahlil qilolsakda, unga nisbatan his qilayotgan mehrimizni, uzoq ko’rishmay qolganimizda uni sog’inayotganligimiz bilan bog’liq hisni bevosita ko’rib, idrok qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Aynan shunga o’xshash xolatlar psixologiya o’rganadigan xodisalar va xolatlarning o’ziga xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ularni boshqa turli xodisalardan farq qiladi. Shunday qilib, psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar va xodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o’rganishning ikki jihati bor:
  • bir tomondan, ularni o’rganish qiyin,
  •  ikkinchi tomondan oson ham.

Psixologik bilimlarning bugungi kun uchun ahamiyati

  • Inson psixologiyasini bilish, o‘z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o‘zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta‘minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro‘y berayotgan jarayonlarni obyektiv va to‘g‘ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi.
  • Shaxs ongi va xulqiga tajovuzlarning ortib borayotganligi, xulqni boshqarish barcha sohalarda ustivor bo‘lgan bir sharoitda insonning ruhiyatini, unda sodir bo‘ladigan murakkab jarayonlarni, xolatlarni o‘rganishning, yoshlarda mafkuraviy immmunitetning shakllanishining ahamiyati ham oshib boraveradi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, odamni o‘rganish qanchalik qadimiy va an‘anaviy vazifa bo‘lishidan qat‘iy nazar, bugungi globalizasiya va bozor munosabatlariga o‘tish davrida psixologiya fani uchun dolzarb bo‘lmagan mavzu yoki jarayonning o‘zi yo‘qdir.
  • E’tiboringiz uchun raxmat!

Download 5.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling