Ikkinchidan, emotsiya imo – ishoralarda, mimikada, ya’ni kishining yuzida bo‘ladigan harakatlarda hamda butun badanning ma’nodor harakatlarida ko‘rinadi. Ikkinchidan, emotsiya imo – ishoralarda, mimikada, ya’ni kishining yuzida bo‘ladigan harakatlarda hamda butun badanning ma’nodor harakatlarida ko‘rinadi. Uchinchidan, gumoral harakatlardagi, ya’ni organizmning qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o‘zgarishlarni va shuning bilan birga modda almashishida bo‘ladigan yanada chuqur o‘zgarishlarni o‘z tarkibiga oladi. L.N.Tolstoy o‘z asarlarida odamning ruhiy holatini ifodalovchi nigohlarning 85 xilini va kulishning 97 xilini tasvir etgan. «Har xil sabab bilan yig‘lagan paytda odamning boshi va og‘zi har xil qiyofada o‘zgaradi» - degan edi. Leanardo da-Vinchi. Inson kayfiyatini paydo bo‘lishiga va o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi quyidagi ikkita omillarni tahlil qilish lozim: Ulardan bittasi obyektiv va subyektiv xususiyatli vaziyatdir: a) tabiiy omillarga taalluqli bo‘lgan vaziyat (havoning sovuqligi yoki issiqligi); b) shaxslararo munosabatning noqulayligi va boshqalar. Ikkinchisini bir manba sifatida talqin qilish mumkin, bu-subyektiv, shartsharoitlardir. Masalan, mehnat va o‘qish faoliyatiga kerakli vositalarning mavjudligi. Ikkinchi subyektiv munosabatlar, iliq psixologik muhit, muloqatmandlik maromi, rag‘batlantirish, muloqot o‘rnatish uslubi, shaxsiyatiga tegmaslik, teng xuquqlilik, shaxsning psixologik xususiyatlarini hisobga olish va hokozo.
Emotsional intellekt - bu hissiyotlarni anglash, boshqa odamlarning va ularning shaxsiy maqsadlari, g'ayratlari va istaklarini anglash qobiliyati, shuningdek amaliy muammolarni hal qilish uchun ularning his-tuyg'ulari va boshqa odamlarning his-tuyg'ularini boshqarishdir.
Hissiyot - bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |