Psixologik masalalar


Download 252.91 Kb.
bet1/9
Sana11.10.2020
Hajmi252.91 Kb.
#133398
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
psix



I qism

PSIXOLOGIK MASALALAR


Talabaning aqliy darajasini aniqlash uchun mantiqiy ekspress-test.

1-variant.



  • Ortiqchasini ko’rsating:



  • 1

  • 2

  • 3

  • 4

  • 5

  • 6




  • Ortiqchasini ko’rsating:




  • 1

  • 2

  • 3

  • 4

  • 5

  • 6




  • Uch nuqta o’rniga qavs ichidagi so’zlardan qaysinisini mos keladi?

    • avtomobil – g’ildirak;

    • daraxt – ildiz;

    • odam - …

      • bosh;

      • ko’z;

      • qo’l;

      • bel;

      • oyoq;

      • ish bajarish.

  • Uch nuqta o’rniga qavs ichidagi so’zlardan qaysinisini mos keladi?

    • harf – bo’gin;

    • bo’g’in – so’z;

    • so’z - …

      • gap;

      • matn;

      • nutq;

      • ibora;

      • jumla;

      • fikr.

  • Televizorga xos asosiy xususiyatni ko’rsating:

      • antenna;

      • tovush;

      • konsert;

      • vazn;

      • tasvir;

      • elektr toki.

  • Daryoga xos asosiy xususiyatni ko’rsating:

      • baliq;

      • suv;

      • qayiq;

      • suv o’tlari;

      • baliqchi;

      • loyqa suv.

  • Misollarning javobini ko’rsating:

    • 19+4-7+8-6+2-10+4=…

      • 6;

      • 10;

      • 14;

      • 4;

      • 15;

      • 16.

    • 19+4-7+8-6:2-10+4=…

      • 6;

      • 10;

      • 14;

      • 15;

      • 16.

    • 19+4-7+8-6x2-10+4=…

      • 6;

      • 10;

      • 14;

      • 15;

      • 16.

    • 19+4-7+8-6-2-10+4=…

      • 6;

      • 10;

      • 14;

      • 15;

      • 16.

  • Ikkita bir xildagi shakllarni toping.




  • 15 ta olmaga va 3 ta behiga 5 ta behi qo’shilsa nechta bo’ladi?

      • 23 ta;

      • 20 ta;

      • 18 ta;

      • 8 ta behi;

      • 15 ta olma;

      • 15 ta olma va 8 ta behi.

  • Kitobda nechta varaq bo’ladi?

      • 100 tagacha;

      • 300 tagacha;

      • 500 tagacha;

      • Cheklangan;

      • Cheklanmagan.

Talabaning aqliy darajasini aniqlash uchun mantiqiy ekspress-test.

2-variant



  • Ortiqchasini ko’rsating:






  • 1

  • 2

  • 3

  • 4

  • 5

  • 6




  • Ortiqchasini ko’rsating:




  • 1

  • 2

  • 3

  • 4

  • 5

  • 6




  • Uch nuqta o’rniga qavs ichidagi so’zlardan qaysinisini mos keladi?

    • g’o’ra – nordon;

    • qalampir – achchiq;

    • muzqaymoq - …

      • oq;

      • sovuq;

      • sutli;

      • shirin;

      • yoqimli;

      • muzday.

  • Uch nuqta o’rniga qavs ichidagi so’zlardan qaysinisini mos keladi?

    • bug’doy – un;

    • un – xamir;

    • xamir - …

      • achitqi (drojji);

      • xamirturush;

      • tuz;

      • suv;

      • tog’ora;

      • non.



  • Radioga xos asosiy xususiyatni ko’rsating:

      • antenna;

      • tovush;

      • konsert;

      • shakl;

      • lampa;

      • elektr toki.

  • Ko’lga xos asosiy xususiyatni ko’rsating:

      • baliq;

      • suv o’tlari;

      • suv;

      • qayiq;

      • baliqchi;

      • balchiq.

  • Misollarning javobini ko’rsating:

    • 21+4-7+9-8-2-10+4=…

      • 5;

      • 11;

      • 14;

      • 15;

      • 17.

    • 21+4-7+9-8x2-10+4=…

      • 5;

      • 11;

      • 14;

      • 15;

      • 17.

    • 21+4-7+9-8:2-10+4=…

      • 5;

      • 11;

      • 14;

      • 15;

      • 17.

    • 21+4-7+9-8+2-10+4=…

      • 5;

      • 11;

      • 14;

      • 15;

      • 17.

  • Ikkita bir xildagi shakllarni toping.





  • Zavoddan 5 ta nexia, 10 kg bo’yoq, 100 metr ip olindi. Hammasi bo’lib qancha narsa olindi?

      • 3 ta;

      • 5 ta, 10 kg va 100 m;

      • 115 ta;

      • 100 va 15 ta;

      • 105 ta;

      • Javobi yo’q.

  • Dars o’tish uchun kerak bo’ladigan eng muhim shart?

      • muallim;

      • parta;

      • doska;

      • darslik;

      • sinf xonasi


Kalitlar

Savollar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

a

b

c

d










1-variant

3

4

5

1

5

2

3

4

1

2

1

6

6

4

2-variant

1

2

4

6

2

3

2

1

5

4

3

6

2

1


3-variant

6 xil fikrlovchi do’ppi

1-mashq:

Bankrot (kasodga uchragan) bo’lgan korxonani qutqarish uchun nimalar qilish kerak?



  • yashil rangli do’ppini kiyib yangi g’oyalarni ilgari suramiz;

  • e’lon berish kerak;

  • kredetorlar, dibetorlarni chaqirish kerak;

  • korxonani tashlab qochardim;

  • yaxshi homiy topish kerak;

  • direktorlar kengashi xulosa chiqarish kerak;

  • imkoniyatdan kelib chiqqan holda biznes (strategik) rejani qayta ko’rib chiqib, xodimlarni qisqartirish kerak;

  • tushkunlikka tushmaslik lozim.

Endi qizil rangli do’ppini kiyib shu paytda korxonadagi insonlar qanday his-tuyg’ularni boshidan kechirishini ayting:

  • Xudoni eslash kerak;

  • dahshatga tushadi;

  • umidini uzadi;

  • Olloh oxirgi natija;

  • qo’rqib ketadi, dahshatga tushadi;

  • vahimaga tushadi;

  • yig’laydi;

  • taqdirga tan beradi;

  • sigaret chekib beparvo o’zini his qilishi mumkin;

  • “o’zing uchun o’l yetim”, - deydi;

  • fidoiylik.


2-mashq:

Sizningcha yana qanday tafakkur turi uchun yangi do’ppi taklif etgan bo’lardingiz:



  • kumush rang – fantaziya uchun;

  • olov rang;

  • yashil rang;

  • siyoh rang;

  • rangsiz;

  • pushti rang do’ppilarni taklif etish mumkin.


3-mashq:

Inson qanday do’ppi kiyganda bu gaplarni aytishi mumkinligini aniqlang.



  • “Nima uchun fabrikani sotmasdan uni ijaraga olish mumkin emas?” Oq rangli do’ppi – chunki bu yerda faktlar keltirilyapti.

  • “U menga yoqmaydi shuning uchun ishlashni hohlamayman”. Qizil rangli do’ppini kiyganda aytilgan gap, chunki bu yerda hissiyot bildirilmoqda.

  • “Benzinning narxini oshirish odamlarni ehtiyot bo’lib yurishga majburlaydi, deb o’ylamayman”. Qora rangli do’ppini kiyganda bu gaplarni aytadi, chunki ehtiyotkorlik haqida gap ketmoqda.

  • “Bu devorga chiqish mumkin emas”. Ko’k rangli do’ppini kiyganda, xuddi shunday gaplarni aytadi.


4-variant

Barcha omillarni qarab chiqing

1-mashq:

O’lgan yo’lbarsning o’rniga boshqasini topish uchun nima qilish kerak?



  • terisini shilish kerak;

  • chiroqni o’chirib, maska kiyib chiqish mumkin;

  • boshqa nomerni berish mumkin;

  • tezikovka bozoriga chiqish kerak;

  • sirk direktori vazifasini o’zgartiradi;

  • zooparkdan olish kerak;

  • odamning qo’liga o’rgangan bo’lishi kerak;

  • o’lgan yo’lbarsga o’xshashini topish kerak;

  • e’lon berish kerak;

  • ________________(o’z variantingizni yozing).


2-mashq:

Koka-kolaning yoshlarga qaratilgan reklamasini o’ylab topish haqidagi muammoga nima deysiz?



  • tekinga tarqatish kerak;

  • arzon qilish kerak;

  • yo’lda ketayotganda suv ko’rinadi, borsa kola ekan;

  • 1 mlrd. dollardan ortiq baholanadigan brendni ko’rsatish kerak;

  • u jigarga zarar, shuning uchun uni ichmaslik kerak;

  • ________________(o’z variantingizni yozing).


3-mashq:

Ishga kirish uchun suhbatdan o’tayotganda, nimalarni esda tutish kerak?



  • intizomli bo’lish kerak;

  • kiyimi chiroyli, dazmollangan bo’lishi kerak, chunki notanish insonni kiyimiga qarab kutib olishadi, aqliga qarab kuzatishadi;

  • boshliqning gapini bo’lmaslik kerak;

  • ishga kirish uchun tanish ham bo’lish kerak;

  • quruq bormaslik kerak;

  • boshliq bilan gaplashganda, o’zini tutishni bilish kerak;

  • oyoqni, qo’lni qayerga, qanday qo’yish kerakligi ham muhim;

  • boshni har doim qimirlatib, boshliq fikrini tasdiqlayotganligini namoyon qilib turish kerak;

  • biror narsani noto’g’ri aytsa ham, ha, sizniki ma’qul deyish kerak;

  • ishga kirayotganda qiziqishni, qobiliyatni, namoyon qilish kerak;

  • boshliqning psixologiyasini bilish kerak;

  • yangi qonunlardan aytishi kerak;

  • savollarga javob berishi kerak;

  • oylik maoshi haqida gaplashishi kerak;

  • ________________(o’z variantingizni yozing).


4-mashq:

Ota-onangiz qayerga borib, dam olishini hal qilishyapti. Ular qandaydir omillarni esdan chiqarishmadimikan?



  • qancha vaqtga dam olishga borishmoqchi;

  • u yerdagi shart-sharoitlar;

  • nima kiyish kerak;

  • o’sha sharoitga moslasha oladilarmi, yo’qmi?;

  • u yerning dinidan ham xabardor bo’lish kerak;

  • gaplashish uchun tilini bilish kerak;

  • lug’at olib olish kerak.


5-mashq:

Do’stingiz pul qarz berib turishni so’raydi. Barcha omillarni hisobga oldingizmi?



  • nimaga, qancha kerak, niyatini bilish kerak;

  • vaziyatga qarab berish mumkin;

  • dollar hisobiga chaqish kerak;

  • moliyasi ko’taradimi – yo’qmi, bilish kerak;

  • do’stining ota-onasi biladimi – yo’qmi? – shuni aniqlash kerak;

  • ________________(o’z variantingizni yozing).

Muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini baholovchi vaziyatli so’rovnomalar (MTFBVS)” metodikasi



(savollar variantlari va yo’riqnomalari)
Yo’riqnoma: qator vaziyatlar va ulardan chiqib ketish mumkin bo’lgan holatlar bayon qilingan variantlarni o’qing. A, B, V yoki G harflari bilan belgilangan javoblar variantidan o’zingiz uchun ma’qul bo’lganini tanlang va blankaga qaysi bir harf variantini tanlagan bo’lsangiz shu harfni belgilang hamda nima uchun aynan shu variantni tanlaganingizni tushuntiring. Agar berilgan variantlardan birortasi ham sizga ma’qul kelmasa, unda ushbu vaziyatdan o’zingiz qanday chiqib ketgan bo’lar edingiz, shuni ta’kidlab ko’rsating.
5-variant

Motivlar” bloki:



1-mashq:

Qurilish kompaniyasi yangi magazinni qurish va ta’mirlash uchun foydali buyurtma oldi. Shartnomaning asosiy shartlaridan biri bu obyektni o’z vaqtida foydalanishga topshirish edi. Ammo, noqulay ob-havo sharoiti tufayli qurilish biroz cho’zilib ketdi. Shu bois, obyektni o’z vaqtida topshira olmaslik muammosi paydo bo’ldi. Shunday vaqtda qurilish kompaniyasi direktori qanday qaror qabul qilishi kerak?

a) foydani yarmini yo’qotishiga qaramay, ishga qo’shimcha tarzda yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilib, obyektni o’z vaqtida topshirishi kerak;

b) mijozni fors-major holatlar bilan bog’liqligi tufayli qurilishning kechikishi haqida ogohlantirishi zarur;

v) o’z vaqtida ulgurishiga ishonishi darkor;

g) qurilish sifatini pasaytirish hisobiga ishni jadallashtirishi lozim;


2-mashq:

Sizning fikringizcha quyidagi holatlardan qaysi birida tavakkalchilik o’zini oqlaydi?

a) Kazinodagi azart o’yinlarda;

b) yangi tashkilotni ochishda;

v) pulni qarzga berishda;

g) gullab yashnayotgan tashkilotning aksiyalarini sotib olishda.


6-variant

Maqsadlar” bloki:



1-mashq:

To’yxona (choyxona) egasi tushgan foyda hisobiga shunga o’xshash yana bir inshoat qurilishini boshladi. Lekin, sharoit o’zgarib, qurilishni oxiriga yetkazish uchun unga mablag’ yetmay qoldi. Bu vaziyatda u qanday yul tutishi zarur?

a) qurilishi bitmagan binoni sotishi lozim;

b) qurilishni bitkazish uchun mablag’ izlashi kerak;

v) qarindoshlari unga qanaqa maslahat bersa, shunga quloq solishi darkor;

g) qurilishni qo’lay vaqt kelguniga qadar qoldirishi zarur;


2-mashq:

Tadbirkor sauna sotib oldi. Undan foydalanish davomida shu narsa ayon bo’ldi-ki, mulk egasi saunani me’yorida ishlashi uchun suv-isitish tizimini tuzatishga katta mablag’ sarf qilishi lozim ekan. Tadbirkor nima qilishi kerak?

a) saunani o’zi sotib olgan narxdan pastroq narxda sotishi kerak;

b) suv-isitish tizimini yuzaki tuzatib, sarflangan pul miqdorida sotishi va o’z mablag’ini qaytarib olishi lozim;

v) suv-isitish tizimiga qo’shimcha pul sarflashi zarur;

g) suv-isitish tizimini ayanchli ahvolini yashirgani uchun, tuzatish xarajatlarini qoplashni saunaning ilgarigi egasidan da’vo qilishi kerak.


7-variant

Resurslar” bloki:



1-mashq: “Tashabbuskorlik”:

Biznesmen mayonez ishlab chiqarish korxonasini ochdi. Endi u kelajakda qanday ish yuritishi lozim?

a) o’zi mustaqil holda, tashkilotning kundalik faoliyat jarayonini tashkillashtirishi va nazorat qilishi kerak;

b) tashkilotning muvaffiqiyatli rivojlanishi uchun mas’ul general direktor lavozimini ta’sis etishi zarur;

v) biznesdagi mavqyeini faqat foyda olish bilan chegaralashi lozim;

g) oilasi bilan maslahatlashishi darkor.


2-mashq: “Strategik fikrlash”:

Muvaffaqiyat bilan ishlaydigan Turistik kompaniyaning doimiy mijozi, mijozlarni jalb qiluvchi ancha qimmat turadigan reklama peshtoqini taklif qildi. Tadbirkor qanday yo’l tutishi lozim?

a) har qanday xarajatlarga qaramay reklama peshtoqiga buyurtma berishi kerak;

b) mijozlari shunday ham yetarli bir vaqtda qo’shimcha reklamaga pul yo’qotish shart emas;

v) agentlikdagi hamkasblari bilan maslahatlashishi zarur;

g) mijozning taklifiga e’tibor bermasdan, uning o’rniga sinovdan o’tgan ishonchli reklamaga pul tikishi shart;


3-mashq: “Ishchanlik qobiliyati”:

Sug’urta agentining ishongan va juda ham kerakli bo’lgan mijozini raqobatdoshlari “ilib” ketishdi. Bu holat uning juda ham jahlini chiqardi va hattoki, ruhini ham tushirib yubordi. Sug’urta agenti sizga o’xshaydimi?

a) juda ham o’xshaydi;

b) juda bo’lmasa-da har holda o’xshaydi;

v) unchalik o’xshamaydi;

g) umuman o’xshamaydi.


DIQQAT VA KUZATUVCHANLIKNI RIVOJLANTIRISH MASHQLARI
Diqqat va kuzatuvchanlikni rivojlantirishning o’n ikkita oddiy va samarali usullari. Bu mashqlarni ish o’rtasida, tanaffus yoki dam olish vaqtlarida bajaring. Bu diqqatingizni barqarorligi va hajmini o’stirishga xizmat qiladi.

Diqqat insonni biron bir narsa yoki hodisaga faoliyatini jamlashi hisoblanadi. Ko’pgina insonlarning diqqat ko’lami 7±2 birlikka tеng dеyiladi.


Diqqatga o’ziga xoligini bеlgilovchi jihatlar bor:

  1. Birinchidan: ko’lami, jadalligi, barqarorligi;

  2. Ikkinchidan: tеbranishi, ko’chuvchanligi.

Diqqat insonlarda qo’yidagi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi:

  1. Ixtiyorsiz (faol bo’lmagan, hissiy );

  2. Ixtiyoriy (faol, irodaviy).


Ixtiyoriy diqqatni samarali rivojlantirish shart-sharoitlari:

1. Mе’yordagi jismoniy va ruhiy holat.

2. Ishni rеjali tashkil etish (qulay ichki va tashqi shart-sharoitlarni yaratish).

3. Aniq maqsad qo’yish.

4. Aqliy va jismoniy harakatlarni uyg’unlashtirish (masalan, o’qigan narsalarni qisqacha yozib borish).

5. Faoliyat turlarini almashtirib borish (masalan, o’quv darsliklari bilan romanlar o’qishni).



1-mashq

Notanish suratga 3-4 soniya davomida qarab turing.

So’ngra uni olib qo’yib, esga olib qolgan dеtallaringizni (prеdmеtlarni) sanang..

Kalit:


  • 5 tadan kam dеtallarni esga olib qolsa — yomon;

  • 5 tadan 9 dеtalgacha esga olib qolsa — yaxshi;

  • 9 dеtal esga olib qolinsa— a’lo.

2-mashq

Yig’indisi 15 ga tеng bo’lgan uchta kеtma-kеt sonlar guruhi nеchtaligini ayting:

489561348526419569724

3-mashq

Quyidagi sonlardan nеchtasi bir vaqtni o’zida 2 va 3 ga bo’linadi:

33; 74; 56; 66; 18

4-mashq

1. Qiziqarli dasturni tomosha qilayotgan vaqtingizda budilnik soatni tеlеvizorning oldiga qo’ying.

2. 2 daqiqa davomida tеlеdasturdan chalg’imagan holda diqqatingizni soatning sеkundli strеlkasiga to’plang.
5-mashq

1. Ikkita flomastеr oling.

2. Bir vaqtni o’zida ikkala qo’lingiz yordamida rasm chizishga harakat qiling. CHizishni bir vaqtda boshlang va tamomlang. Bir qo’lda –aylana, ikkinchisida uchburchak. Aylana tеks sirtli, uchburchak esa o’tkir burchakli bo’lishi lozim.

3. Endi 1 daqiqa davomida maksimal darajada aylana va uchburchaklar chizing.

4. Baholash tizim:


  • 5 tadan kam bo’lsa — yomon;

  • 5-7 —o’rtacha;

  • 8-10 — yaxshi;

  • 10 — a’lo.

6-mashq

1. Bir vaqtni o’zida bitta qo’lingizni boshqa boshqa barmoqlar yordamida aylana va uchburchak chizing.

2. Flomastеrlarni barmoqlarda tutib turish yo’llarini o’ylab ko’ring va mashqlantiring.

3. Aynan 5 daqiqa davomida nеchta aylana va uchburchak chiza olasiz?

4. O’zingizni baholang:


  • Bitta ham chiza olmasa — yomon;

  • 1-3 — yomon emas;

  • 4-5 — yaxshi;

  • 5 dan ortiq — a’lo.

7-mashq

Endi yuqoridagi mashqdagi singari 1 va 2, 2 va 3, 3 va 4 raqamlarini chizing.

8 -mashq

Jumladagi so’zlar orasidan yashirigan ismni ajratib oling: masalan: «O’quvchi kеcha rost so’zlaganidan xursand bo’ldi -CHaros).

1. Ota o’g’liga: “Bilasan jargacha bo’lgan masofa uzoqlik qiladi”- dеdi.

2. Psixologning bolaga qo’ygan tashxis ravshan va aniq edi.

3. Bahorda qo’zigul yuzidagi shabnamni ko’rganmisiz?

4.Hali ma’naviyat haqida ko’p gapirishimizga to’g’ri kеladi.



9-mashq

1. Oldingizga qandaydir prеdmеtni qo’ying.

2. Unga bir nеcha daqiqa davomida xotirjam va diqqat bilan qarang.

3. Ko’zingizni yuming va narsaning barcha dеtallarini esga oling.

4. Ko’zingizni oching va tushib qoldirilgan dеtallarni toping.

5. Ko’zingizni yuming.

6. Bu harakatni narsani xotirangizda yaqqol gavdalantirmaguncha davom ettiring.

10 -mashq

1. Oldingi mashqda foydalanilgan narsani yashirib qo’ying.

2. Uning barcha dеtallarini chizing.

3. Uning asl nusxasi bilan taqqoslang.



11-mashq

1. Uyquga yotishdan oldin kun davomida duch kеlgan insonlar va prеdmеtlarni qayta esgizga tushirning.

2. O’tgan kuni sizga murojat qilganda ishlatilgan so’zni eslang. Nima dеyilganligini so’zma-so’z takrorlang.

3. Xotirangizda oxirgi yig’ilish, ma’ruza va boshqalarni qayta tiklang. Notiqning nutqi, xatti-harakat va imo-ishoralarini esga oling, ularni tahlil qiling.

4. Xotirangiz va kuzatuvchanligingizga baho bеring.

12-mashq

1. Stol ustiga еttita har xil jismlarni qo’ying va ularni biror narsa bilan bеrkitib qo’ying.

2. YOpqichni olib, o’ngacha sanang, narsalar ustini yana bеrkiting va prеdmеtlarni to’liq yozishga harakat qiling.

3. Narsalar sonini ko’paytirgan holda mashqni davom ettiring.



13-mashq

1. Notanish xonaga kiring.

2. Xonaga qisqa vaqt ichida nazar soling va undagi o’ziga xos prеdmеt va anjomlarni miyangizda tasvirini olib qoling.

3. Xonadan tashqariga chiqing va nima ko’rganlaringizni yozing. YOzilganlarni asl holati bilan solishtiring.



14-MASHQ

1. Masalan, harakatlanayotgan mashinadan nimani o’rganish mumkinligini tasavvur qiling.

2. Buning uchun tovushlarni eshitish sеzgisini namoyon qilishga harakat qiling.

3. Buni doimo, zarur bo’lgan vaziyatlarda asosli tarzda esga oling.



15-MASHQ

1. Biron-bir shе’rni oling.

2. Undan jumlalarni ajratib oling.

3. Har bir jumlaga bir nеcha savol tuzing. YAxshi esga olib qolish uchun undan zarur bo’lganda foydalaning.



16-MASHQ

1. A punktdan B punktgacha bo’lgan harakat marshrutini bеlgilang.

2. Bu yo’lni yayov o’ting. Undagi yorqin bеlgilarni qayd eting.

3. Noodatiy bеlgilar xaritasini tuzing.



17-MASHQ

Bir vaqtni o’zida bir nеchta ob’еktlarni birdaniga kuzating. Biroq ularning har birini bir xilda yaxshi idrok eting, shuningdеk, o’zingiz ahamiyatli dеb bеlgilagan prеdmеtga diqqatni to’plang.



II qism



Download 252.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling