Psixologik maslahat nima Psixologik maslahat deb muhtoj bo'lganlarga maslahat va


Kim, qachon va nima uchun psixolog-maslahatchiga


Download 83 Kb.
bet2/6
Sana29.04.2023
Hajmi83 Kb.
#1400690
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1493458101 68171

Kim, qachon va nima uchun psixolog-maslahatchiga murojaat etadi?
Ko'pincha aholining o'rta qatlami deb ataluvchi jismoniy va sog'lomlik holati bo'yicha yuksak xavf zonasida bo'lgan odamlar psixolog-maslahatchiga murojaat etadilar. Yuksak xavf zonasi deganda nerv, psixik hamda jismoniy kasallanishi oson bo'lgan odamlar va haqiqatdan ham kasal bo'lib qolishlari mumkin bo'lgan vaziyatlar tushuniladi.
Boshqa, jismoniy va psixik jihatdan kuchli, ancha sog'lom odamlar bunday vaziyatlardan faqatgina toliqish yoki noqulaylikni his etish bilan chiqib ketadilar.
Psixologik maslahatga murojaat etuvchilar - bu odatda hayotga yetarlicha yaxshi moslashib olmagan va o'z ishida unchalik band bo'lmagan odamlar bo'ladi, chunki psixologning to'la, batafsil maslahatini olish uchun vaqt talab etiladi.
Psixolog-maslahatchiga hayotda va hammadan ham ko'p yordam so'rab murojaat etuvchilar orasida ko'plab omadsiz odamlar bor, aynan omadsizlik o'zini jismoniy nosog'lom deb o'ylovchi mana shu odamlar psixolog tomonidan yordam kutishga majbur etadi. Psixolog-maslahatchiga murojaat etuvchilar orasida u yoki bu emotsional chetlanishga ega odamlar uchraydi, bu chetlanishlar o'z navbatida ko'plab ruhsizlik holati va umidsizlik oqibati hisoblanadi. Bu odamlar qachon psixologdan faol yordam izlashni boshlaydilar. Bu odatda ularda muammo paydo bo'lishi bilan darhol sodir bo'Imaydi, baiki ularning hayotida eng og'ir damlar boshlanganida murojaat etadilar.
Odam nima qilishni bilmaganida, yoki o'z muammosini mustaqil hal etish uchun uning imkoniyatlari qolmaganda psixolog-maslahatchiga yordam so'rab keladi. Ruhiy holati yomon bo'lganida, uning xayolida u bilan yoki unga yaqin odamlar bilan qandaydir qo'rqinchli holat sodir bo'layotgandek, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkindek tuyulganda odam yordam so'rab psixologga murojaat etishi mumkin.
Odamlar psixoiog-maslahatchidan nimani kutishadi? Nima uchun unga murojaat etishadi? Bu savollarga quyidagicha javob berish mumkin: 1. Ba'zi mijozlar o'z muammolarini umuman qanday hal etishni biladilar va psixoiog-maslahatchidan faqat ruhiy madad izlab boradilar. 2. Boshqalari muammoni qanday qilib hal etishni bilmaydilar va maslahat so'rab boradilar. 3. O'zlariga to'la ishonmaydigantaryoki o'z muammolarini hal etish uchun mavjud imkoniyatlaridan qaysi birini tanlashni bilmaydiganlar. Ularni ishontirish va ularning faolliklarini kerakli tomonga yo'naltirish kerak. 4. Bu ko'pincha bir o'zi yakka bo'lgan odamlar - shunchaki kirn bilandir yurakdan gaplashib olish kerak, ularda odatda jiddiy psixologik muammolar bo'Imaydi, lekin vaqti-vaqti bilan diqqat bilan eshitadigan va mehribon suhbatdoshga juda muhtoj bo'ladilar. Psixologik maslahat mijozlari orasida shunchaki qiziquvchanlik yoki shunchaki u bilan bahslashish istagi psixolog-maslahatchiga olib keladiganlari ham uchrab turadi. Ba'zilar haqiqatan ham psixolog-maslahatchi nima ekanligini va u nima bilan shug'ullanishini bilishni xohlaydilar, boshqalar oldindan ular bekorchi ish bilan shug'ullanadi, deb ishonadilar va psixolog-maslahatchini noqulay holatga solib, uni bunga ishontirishga harakat qiladilar.
Psixolog-maslahatchining pozitsiyasi u barcha mijozlarni qabul qilishi, ular nima uchun kelganliklari, kayfiyatlari qandayligi va maqsadlari qandayligidan qat'i nazar" ularga diqqat bilan, mehribonlik bilan munosabatda bo'lishlaridan iborat. Bu professional psixolog uchun faqat o'z obro'si va mavqeini saqlab qolish uchungina emas, balki u kabi o'zining professional odob qoidalari bo'yicha unga murojaat etganlar va yordamga muhtojlarga, shu jumladan maslahatlar davomida o'zini aytarli odobsiz tutganlarga ham yordam ko'rsatishga majbur.
Psixologik maslahat odamlarga amaliy psixologik yordam ko'rsatishningboshqa turlaridan nimasi bilan farq qiladi? Masalan, individual va guruhiy psixoterapiyadan farqli ravishda, u psixolog-maslahatchining mijoz bilan shaxsiy aloqalari nisbatan qisqa vaqtligi va epizodik xususiyatini nazarda tutadi. Individual va guruhiy psixoterapiyaning har xil turlari odatda psixologning mijoz bilan ancha uzoq muddatli — bir necha haftalardan, to bir necha oylargacha va hatto bir necha yillargacha muntazam aloqasini, mijoz bilan ishlashda ko'p soatlar sarflashga mo'ljallangan.
Psixoterapiyada (psixologik maslahat amaliyotidan farqli ravishda) mijozni psixologik muammolardan xalos etishda psixolog faol rol o'ynaydi. Aynan u muammom hal etishga qaratilgan faol harakatlarni amalga oshiradi. Mijozning o'zi esa asosan passiv rol o'ynaydi, ya'ni shunchaki psixoterapevt ta'sir ko'rsatishini qabul qiladi va ularga javoban harakat qiladi. Psixologik maslahatda vaziyat boshqacha bo'Iadi: bu yerda psixolog-maslahatchi asosan faqat maslahat beradi, ularni amalga oshirish esa mijozning ishi bo'lib qoladi, faollik rolini u o'zida saqlab qoladi.
Amaliy psixologik ishlar boshqa turlarida maslahat berishdan farqli ravishda olib boriladigan psixoterapevtik amaliyot bevosita shaxsiy aloqalarni, psixolog va mijozning o'zaro munosabatlarini, hatto mijoz o'z muammosini hal etayotgan davrda ham o'zaro aloqalarini ko'zda tutadi. Psixologik maslahatda mijoz bilan ish boshlanishida psixodiagnostika iloji boricha kam bo'lishi va asosan
psixolog-maslahatchiik maslahat davomida mijoz xulqini kuzatish natijalariga tayanishi kerak.
Psixodiagnostika maxsus psixologik testlardan foydalanmay bevosita mijozdan olinadigan ma'lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilishni o'z ichiga oladi. Psixokorreksion ishlarda psixodiagnostika ancha katta rol o'ynaydi. Odatda maslahatlareng boshida o'tkaziladi va unga ancha ko'p vaqt ajratiladi. Mijoz bilan ishlash yakuniy natijalari uchun psixolog-maslahatchi to'g'ridan to'g'ri professional javobgar hisoblanmaydi. (Mijoz uning maslahatlaridan foydalanishi yoki foydalanmasligi uchun maslahatchi javobgar emas.) Maslahatchi faqat mijozning muammosi to'g'risidagi o'zining xulosasini to'g'riligi va mijozga berilayotgan amaliy maslahatning samaraliligi uchun javob beradi.
Psixoterapevtik amaliyotning boshqa turlarida psixolog mijoz bilan o'z ishlari yakuniy natijalari uchun shaxsan javobgar, chunki uning o'zi mijozning psixologiyasi va xulqini tuzatish bilan shug'ullanadi, uning o'zi o'z xulosa va tavsiyalarini amalga oshiradi.
Amaliy korreksiya (tuzatish) bilan shug'ullanuvchi psixoterapevt esa uning metodlarini professional egallagan bo'lishi kerak, chunki uning ishining asosiy qismi shu metodlarni qo'llashdan iborat bo'Iadi.

Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling