Psixologik maslahat nima Psixologik maslahat deb muhtoj bo'lganlarga maslahat va
Download 83 Kb.
|
1493458101 68171
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oilaviy maslahat
- Psixologik-pedagogik maslahat berish
Intim-shaxsiy maslahatlar odatda begona shaxslardan sir tutilishini va shu bilan bir vaqtda maslahatchi va mijoz muloqotlari uchun ochiq bo'lishini, ular o'rtasida o'zaro ishonchli munosabatlarni talab etadi. Bunday psixologik maslahat alohida vaziyat yaratilishini talab etadi, chunki ko'nglidagini ochiq aytishni, tavbani eslatadi.
Maslahatning bu turi bevosita taalluqli bo'lgan muammolari tabiati bo'yicha vaqti-vaqti bilan yoki qisqa vaqtli bo'lishi mumkin emas. U birinchidan — psixolog-maslahatchining hamda mijozning katta psixologik tayyorgarligini, ikkinchidan - psixolog-maslahatchining mijoz bilan uzoq vaqt, odatda oson bo'lmaydigan suhbatini, uchinchidan - mijozda paydo bo'lgan muammoni hal etish uchun ancha uzoq vaqtni ko'zda tutadi. Uzoq vaqt talab etilishi intim-shaxsiy xususiyatdagi muammolar darhol hal etilmasligi bilan bog'liq. Oilaviy maslahat o'z navbatida psixolog-maslahatchi oilaviy muammoning mohiyatini, ularni hal etish usullarini bilishni, iloji bo'lsa shaxsiy oilaviy hayotida ularni bilishni talab etadi. Oilasi bo'lmagan odamlar oilaviy maslahatlar bilan muvaffaqiyatli shug'ullanishlari qiyin bo'ladi, aksi ham bo'lishi mumkin. Oila qurishga yoki oilani saqlab qolishga urinmagan inson yaxshi psixolog-maslahatchi bo'lishi qiyin. Uning shaxsiy tajribasi odamlarga salbiy mazmunda foydali bo'lishi mumkin. Oilaviy munosabatlarda salbiy hayotiy tajribaga ega odam boshqalarga oilaviy hayotda nimalarga yo'l qo'ymaslikni aytib berishi mumkin, lekin oilani saqlab qolish va o'zaro munosabatlarni yaxshilash yo'llarini ko'rsata olmayapti. Biroq bu qoidada ham o'zgacha holatlar bo'lishi mumkin. Psixologik amaliyotda oilaviy hayotda o'zlari ko'p marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan odamlar ham oilaviy masalalar bo'yicha yaxshi psixolog-maslahatchi bo'lib chiqqanlari ma'lum. Psixologik-pedagogik maslahat berish o'z navbatida maslahatchining pedagogik ma'lumotga, o'qitish, odamlarni tarbiyalash tajribasiga ega bo'lishini talab qiladi. Sobiq o'qituvchi va tarbiyachilar pedagogik ish tajribasi hamda kerakli ma'lumotga ega bo'lib, odatda psixologik-pedagogik masalalar bo'yicha yaxshi psixolog-maslahatchi bo'lib chiqadilar. Psixologik-pedagogik maslahatga nisbatan aytilgan gaplar amaliy maslahatga ham taalluqiidir. Bu ish bilan psixologik maslahat olib bormoqchi bo'lgan faoliyat sohasini shaxsiy tajribasi orqali yaxshi bilgan odamlar shug'ullanishlari mumkin. Download 83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling