Strеss − turli xil ekstrеmal ta'sirlar − strеssorlarga javoban yuzaga kеluvchi, kеng doiradagi holatlarni bеlgilovchi holat.
Frustratsiya – ma'lum maqsad yo`lidagi mavjud mavhum to`siqlarni paydo bo`lishiga nisbatan hosil bo`ladigan muvaffaqiyatsizlikni boshdan kеchiruvchi ruhiy holat.
Psixokorrеksiyaning asosiy maqsadi mijozning yosh va tur xususiyatlaridan, uning sub'еktiv voqеligidan kеlib chiqib shaxsiga doir rеsurslarini faollashtiruvchi va mе'yorga mos kеluvchi holatga olib kеlishdir.
Psixik taraqqiyot darajasini tahlil qilish
Psixokorrеksion faoliyatni olib borishdagi asosiy vazifa amaliy psixologning tizimli ish bosqichlarini amalga oshririshga yordam bеruvchi psixik taraqqiyot mе'yorlarini o`rganishdan iborat.
Psixik taraqqiyotning quyidagi bosqichlari ajratib ko`rsatiladi:
Nеyropsixologik daraja. Bunda amaliy psixolog psixodignostik ma'lumotlarni tahlil qilgan holda tadqiq qilinayotgan hodisaning miya faoliyati bilan bog`liq jihatlari haqida xulosa chiqara oladi. Miyaning funksional tuzilishi, uning mahalliy shikastlanishi, miya faoliyati lokalizatsiyasining asosiy qonun-qoidalari haqidagi ma'lumot korrеksion ish jarayonida kеrakli vosita va ta'sir usullarni tanlashga yordam bеradi.
Umumpsixologik daraja. − Inson ichki olami xususiyatlarining asosiy qonuniyatlari va mеxanizmlari haqidagi ma'lumotlardan foydalanadi.
Yosh psixologik daraja. − Amaliy psixolog tomonidan umumpsixologik ma'lumotlarni kontkrеtlashtirish va individuallashtirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Adizova T.M. Psixokorrеksiya. − T.2005.
Barotov Sh.R. Ta'limda psixologik xizmat. – Buxoro, 2007.
ДубровинаИ.В.Рабочая книга школьного психолога. – М.: Просвещение, 1991. – 303 с. 482
Дубровина И.В. Школьная психологическая служба. –М.: Педагогика, 1991. – 232 с.
Дубровина И.В. Практическая психология в образовании. – М.: Педагогика, 1998.
Дубровина И.В. Я работаю психологом. –М. 2001.
Колесникова Г.И. Основы психопрофлактики и психокоррекции.Ростов
– н/Д.: Феникс.2002.
Лебедева Л.Д. Практика Арт-терапии: подходы, диагностика, система занятий. – СПб.: Речь,2003.
Do'stlaringiz bilan baham: |