8
|
Sotsiometriya
|
(lot. societas — jamiyat va… metriya) — ijtimoiy psixologiya sohasi. Ijtimoiy turmushdagi kichik guruh (i. ch., jamoa, oila) aʼzolari oʻrtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni oʻrganish va ularning darajalarini oʻlchashda qoʻllaniladi. Sotsiometriya guruh aʼzolarining birbiri bilan oʻzaro subyektiv munosabatlarini, individlarning guruxdagi mavqei, kim yetakchilik qila olishi mumkinligi masalalarini eksperimental yoʻl bilan tadqiq qiladi
|
9
|
Ijtimoiy muhit
|
Insonning yashashi va ishlashi uchun uni oʻrab turgan ijtimoiy, moddiy va maʼnaviy shartsharoitlar. Muxit keng maʼnoda (makromuhit) ijtimoiy-iqtisodiy tizimni — ishlab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va tartib-qoidalar majmuini, jamiyatning ijtimoiy ong va madaniyatini oʻz ichiga oladi. Tor maʼnodagi I.m. (mikromuhit) bevosita insonni qurshab olgan oila, mehnat, oʻquv va b. guruhlardan iborat. I.m. shaxsning shakllanishiga va rivojlanishiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadi. Ayni vaqtda insonning ijodiy faolligi, faoliyati taʼsirida I.m. oʻzgaradi, bu oʻzgarishlar jarayonida odamlarning oʻzlari ham oʻzgaradi
|
10
|
Obyektiv
|
(lotincha: objectum — narsa) — subʼyektga qarama-qarshi boʻlgan hamda insonning amaliy va bilish faoliyati qaratilgan obyektiv reallik. Obyekt inson va uning ongidan mustaqil obyektiv reallik boʻlib, uni bilayo-tgan individ uchun jamiyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida hosil qilingan faoliyat, til va ilm tarzida namoyon boʻladi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |