Psixologik o’yinlar
Download 282.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqPSIXOLOGIK O\'yinlar
PSIXOLOGIK O’YINLARQuyida taqdim etilayotgan o'yinlar yordamida bolalardagi turli ko'rinishdagi muammolarni hal etishingiz mumkin. 1. SALOMLASHISH Maqsad: Bolalarda o’ziga hurmat hissini rivojlantirish. Tarbiyachi bolalarni o’zining atrofida yig’adi. "Kelinglar hozir hamma bir-birini va meni ko’rib turadigan bo’lib yerga o’tiramiz (Bu yerda asosiy vazifa doira tuzish hisoblanadi) Bolalar doiraga o’tirishda tarbiyachi ularga shunday deydi: "hozir men hammani ko’rayotganligim va boshqalar ham meni va bir-birlaringizni ko’rayotganligiga ishonch hosil qilishimiz uchun bir-birlarimiz bilan ko’zimiz yordamida salomlashib chiqamiz. Birinchi bo’lib men hamma bilan salomlashib chiqaman. Men salomlashib bo’lganimdan so’ng yonimdagi qo’shnim hamma bilan salomlashadi."(Tarbiyachi boshini biroz egib bir bolani ko’ziga qarab salomlashadi. Salomlashib bo’lgandan so’ng yonida o’tirgan bolaning yelkasiga turtib, salomlashish taklif etadi). 2. KO’ZGU Maqsad: Bolalarda o’ziga hurmat hissini rivojlantirish. Tarbiyachi atrofiga bolalarni yig’ib shunday deydi: "Hammangizning uyingizda ko’zgu bo’lsa kerak. Aks holda ko’rinishingiz qandayligi yoki yangi kiygan kiyimingiz yarashganligini bila olmaysiz-ku? Ko’zgu topilmagan payt nima qilish mumkin? Kelinglar bugun ko’zgu o’yinini o’ynaymiz. Bir-biringizga qarab juft bo’lib turinglar. (Tarbiyachi ularni juftliklarga ajratishga yordamlashadi). Endi qaysi biringiz ko’zgu, qaysi biringiz odam ekanligingizni kelishib olinglar. So’ngra o’rin almashasizlar. Odam odatda ko’zguga qarab bajariladigan harakatlarni, ya’ni yuvinish, soch tarash, raqs tushish, badantarbiya qilish kabilarni ifoda etadi. Ko’zgu rolini bajarayotgan bola esa bu harakatlarni aniqlik bilan takrorlashi kerak. Tayyormisizlar? Unda boshlaymiz." O’yin boshida tarbiyachi bolalarga o’rnak bo’lib bir bola bilan juft bo’lib turadi va uning harakatlarini takrorlaydi. 3. AKS SADO Maqsad: Bolalarda o’zaro hurmat hissini rivojlantirish. Bolalar aylana bo’lib o’tirishadi. Tarbiyachi: "Siz qachondir aks-sadoni eshitganmisiz? Bu ovoz bir necha marotaba takrorlanib, har takrorlanganda sekinlasha boradi. Hozir biz sizlar bilan aks-sado o’yinini o’ynaymiz. Men hozir qandaydir so’zni baland ovozda gapiraman. Yonimdagi bola esa uni sekinroq talaffuz etadi, uning yonidagi esa undan ham sekinroq. Shunday qilib, butun aylana bo’ylab davom etadi. O’yin har bir bola o’zining so’zini baland ovozda aytmagunicha davom etadi. 4. BUZILGAN TELEFON Maqsad: kichkintoylarning diqqat-e’tibori va xotirasini rivojlantirish. Bolalar aylana bo’lib o’tirishadi. Tarbiyachi biror bir bolaning oldiga borib undan do’stining qulog’iga dam olish kunlari nima qilganligini sekin aytab berishni iltimos qiladi. Ishtirokchilar bir-birlariga shivirlab bu xabarni yetkazishlari kerak. O’yin oxirida esa birinchi ishtirokchi aytgan va oxirgi ishtirokchi eshitgan xabar ovoz chiqarib aytiladi. 5. HARAKATNI UZATIB YUBOR Maqsad: kichkintoylarning diqqat- e’tibori va xotirasini rivojlantirish. Bolalar aylana bo’lib turadilar va ko’zlarini yumadilar. Tarbiyachi ham ular yonida turib, qandaydir harakatni (masalan, soch tarashni, qo’l yuvishni, kapalak tutishni va boshqa) o’ylab topadi. So’ngra qo’shni bolani "uyg’otadi" va harakatni ko’rsatadi, u bola esa keyingi bolani "uyg’otadi" va harakatni ko’rsatadi. Shunday qilib aylana bo’ylab oxirgi ishtirokchiga qadar o’yin davom etadi. O’yin barcha ishtirokchilar o’zlari istagan harakatlarini ko’rsatgunlaricha davom etadi. 7. SOYA Maqsad: Bolalarda topqirlikni shakllantirish. Tarbiyachi bolalarni yig’adi va ularga bir necha xafta oldin o’ynagan soya o’yinini eslatadi: "Esingizdami bizlar soya o’yinini o’ynaganmiz. Lekin unda hammamiz o’zimizning soyamiz bo’lgan edik. Endi bugun esa, boshqalarning soyasi bo’lishni o’rganamiz. Juft bo’lib bo’linamiz (tarbiyachi bolalarga juft bo’lib bo’linishga yordam beradi). Sizlardan biringiz odam, juftingiz esa soyangiz bo’lsin. Birozdan so’ng esa o’rningizni almashasizlar. Odam xona bo’ylab yura boshlaydi, xuddi o’rmonda yurganidek: malina, qo’ziqorin teradi, kapalaklarni tutadi soyasi esa, uning harakatlarini qaytaradi. Tarbiyachi bolalardan biriga qo’ziqorin terayotganligini tasvirlab berishni so’raydi, o’zi esa uning soyasidek uning xarakatlarini qaytarib beradi. So’ngra bolalarga mustaqil o’ynashlarini aytadi. Agar bolalarga o’yin yoqsa, keyingi safar boshqa vazifa berish mumkmn. Masalan: Yangi yil archasini bezatish, magazinga borib maxsulotlar olib kelish, uyg’onish, yuvinish va badan tarbiya qilish va x.k. 8. ShERIGINGNI TANLA Maqsad: Bolalarda topqirlikni shakllantirish. Bolalar doira bo’lib o’tirishadi. Tarbiyachi shunday deydi: "Hozir sizlar juftliklarga bo’linishingiz lozim. Har biringiz ovoz chiqarmay, boshqalarga sezdirmagan holda, o’zingizga sherik tanlashingiz lozim. Masalan, men Manzura bilan sherik bo’lishni xohlayman va shuning uchun unga sekingina qarab, boshqalarga bilintirmagan holda ko’zimni qisib qo’yaman. Ko’zingiz bilan tanlagan bola bilan kelishib olinglar. Hamma kelishib oldimi? Hozir esa kim kelishib olmaganligini aniqlaymiz. Uch deyishim bilan o’zingizni sherigingizni oldiga borib qo’l ushlashib turinglar." Agar birinchi galda o’yin amalga oshmasa, uni qaytarish lozim. Shu bilan birga tarbiyachi bolalar juftlari bilan almashib turishlarini nazorat qilib turishi lozim. 9. OYNA ORTIDAN SO’ZLASHISH Maqsad: Bolalarda o’zaro hurmat hissini rivojlantirish. Tarbiyachi bolalarga juftliklarga bo’linishga yordam beradi va so’ng shunday deydi: "Tasavvur qiling sizlardan biringiz magazin ichida, ikkinchingiz esa, ko’chada turibsiz. Biroq, nimani sotib olish kerakligini kelishib olishni unutgansiz, chiqish esa magazinning oxirida. Oyna ortidan kelishib olishga harakat qiling. Lekin, shuni esda tuting-ki oynaning qalinligidan baqirib gapirsangiz ham befoyda, u eshitmaydi. "Kelishib olganingizdan" so’ng bir-biringizni to’g’ri tushunganligingizni tekshirib ko’ring". Tarbiyachi bir bolani tanlab unga imo-ishora orqali nimani sotib olishi kerakligini tushuntiradi, so’ngra u tushunganligini so’rab biladi. Shundan so’ng bolalar o’yinni o’zlari mustaqil o’ynay boshlaydilar. Tarbiyachi o’yinni kuzatib turadi va qiynalgan juftliklarga yordam beradi. So’ngra bolalar rollari bilan almashishlari ham mumkin. 11. KO’ZGULAR DO’KONI Maqsad: bolalarni o’zlarini namoyon qilishga o’rgatish. Tarbiyachi o’zining atrofida bolalarni yig’adi va shunday deydi: "Kelinglar, bizning o’rmonimizda ko’zgular do’konini ochilganligini tasavvur qilamiz. Mening o’ng tarafimda o’tirganlar ko’zgu bo’lishadi, chap tarafimdagilar esa, jonivorlar hisoblanishadi. So’ngra o’rin almashinamiz. Jonivorlar ko’zguning oldiga kelib sakrashadi, shox tashlashadi va o’zlariga ko’zguni tanlaydilar. Shu vaqtda esa, oynalar jonivorlar harakatini va yuzining imo-ishoralarini aniq aks ettirishlari lozim". Oyna hisoblangan bolalar tizilib turishadi, jonivorlar esa ularni yoniga kelib har xil qiliqlar qilishadi. Oynalar ularning harakati aniq qilib aks ettirishadi. Tarbiyachi o’yinni davom etishini kuzatib turadi va yordam beradi. Keyin bolalar joy almashadilar. (ko’zgu"lar-"hayvonchalar", "hayvon-chalar"-"ko’zgular" bo’lishadi). 12. MEN QAYERDA BO’LDIM? Maqsad: bolalarni o’zlarini namoyon qilishga o’rgatish. Bolalar doira bo’lib o’tiradilar. Tarbiyachi bolalardan birini tanlab, so’raydi: "Sen qayerda eding, nima qilding?- gapirmasdan ko’rsatib ber". So’ng u nima qilganini tasvirlab ko’rsatib beradi.qolgan bolalar esa uni nima qilganligini topishi lozim. Agar bola nimani tasvirlab berishni bilmasa, tarbiyachi unga yordam beradi (m-n, hayvonot bog’iga borganini, o’yin mashg’ulotini, kon'kida uchishni va h.k.). O’yin hamma xohlovchilar nima qilganliklarini ko’rsatib bermaguncha davom etadi. 13. URUG’DAN – DARAXTGA Maqsad: Bolalarni o’zlarini namoyon qilishga o’rgatish. Bolalar doira bo’lib turadilar. Tarbiyachi markazda turib bolalarga kichkina urug’ga o’xshab turishlarini aytadi. (cho’kka tushgan holda, boshlarini qo’l bilan yopib o’tiradilar). Tarbiyachi - bog’bon urug’larga suv quyib ularga mehr bilan qaraydi (boshlarini va tanasini silaydi). Iliq bahorning quyoshli kunida sekin-asta o’sa boshlaydilar. (bolalar - urug’ sekingina ko’tariladi.) Uning sekin-asta barglarini ocha boshlaydi (qo’llarini ko’tarishadi), tana o’sa boshlaydi. So’ngra g’uncha ochila boshlaydi (birlashtirib turgan qo’l barmoqlari ochiladi) va unib kelayotgan nihol chiroyli, baquvvat gulga aylanadi. Yoz fasli keladi gullar yaxshilanib, qo’shni gullarga kulib, salgina barmoqlarini uchi bilan ularga tegib qo’yadilar. Mana endi shamol esib kuz fasli kirib keladi. Gullar noma’qbul havodan har tarafga silkinib ketadilar. (qo’llarini, boshlarini, tanalarini har tarafga g’imirlatadilar). Shamol shu g’adar kuchli esadiki, gulning barglarini to’kib yuboradi (qo’llarini pastga tushiradilar), gul qiyshayib yerga yotib qoladi. U endi qayg’uga botgan. Shundan so’ng esa qishning qori yog’a boshlaydi. Gullar yana urug’ga aylanib qoladilar (yerga egilib o’tiradilar).qor urug’ni qoplaganligi uchun issiqina hotirjam uy?uga ketadi. Yaqinda yana bahor keladi va u yana jonlanadi. Bolalar yerga engashib o’tirganlaridan so’ng tarbiyachi har bir bolaning oldiga kelib boshini silab chiqadi. O’yin shu tariqa davom etadi. 14. O’YINCHOQNI SO’RAB OL (verbal varianti) Maqsad: Bolalarni muloqotning samarali usullarini o’rganish. Guruh juft-juft bo’lib bo’linadi. Juftlikning biri qo’liga biror o’yinchoqni oladi, ikkinchisi esa bu narsani so’rab olishi kerak. Birinchi ishtirokchiga yo’riqnoma: Sening qo’lingdagi o’yinchoq juda kerakli, lekin u sening do’stingga ham kerak. U sendan bu o’yinchoqni berishingni so’rayman. O’yinchoqni o’zingda qoldirishga harakat qilgin, lekin uni juda bergin kelgandagina bergin. Ikkinchi ishtirokchi uchun yo’riqnoma: Kerakli so’zlardan foydalanib, o’yinchoqni shunday so’ragin-ki, senga uni berishsin. So’ngra ishtirokchilar rollari bilan almashadilar. 15. O’YINCHOQNI SO’RAB OL (noverbal varianti) Maqsad: Bolalarni muloqotning samarali usullarini o’rganish. Mashq yuqoridagi o’yin singari bajariladi, lekin muloqotning noverbal usulidan foydalaniladi. (mimimka, imo-ishora va x.k.) O’yinning ikkala varianti o’tkazilgandan so’ng, bolalarga: "Senga o’yinchoqni qachon so’rab olish yenigilroq bo’ldi?", "qaysi so’zlarni eshitganingda uni bergin keldi?", "qanday so’zlardan foydalanding?" - degan savollarga javob berib, o’z taassurotlari bilan o’rtoqlashadilar. Bu o’yin tengdoshlari bilan tez-tez nizoga boradigan bolalar uchun ayniqsa foydalidir. 16. QUYONCHALAR Maqsad: Bolalarga turli xil mushak sezgilarini his qilish imkonini berish, shu sezgilarga diqqatini jalb qilish, farqlash va taqqoslashga o’rgatish. Tarbiyachi bolalar o’zlarini cirkdagi baraban chaluvchi quyonchalar qilib, tasavvur qilishlarini so’raydi. Tarbiyachi jismoniy harakatlar xarakteri - kuchi, tempi, keskinligini ifodalab beradi va bolalar diqqatini mushak va emocional sezgilarni anglash va qiyoslashga yo’naltiradi. Masalan: tarbiyachi "quyonchalar" barabanni qanchalik kuchli chalayaptilar! Siz ularning qo’llari qanchalik taranglashganini his qilayapsizmi?qo’lchalar qanchalik mustahkam ekanligini his qilayapsizmi? Xuddi tayoqchalar singari shu qo’llaringiz, yelkalaringiz, mushtlaringiz mushaklari qanday taranglashganini his qilayapsizmi? Yuzingiz esa unday emas. Chehrangiz kulib turibdi, xotirjam. qorin mushaklari esa bo’shashgan holda nafas olmoqda. qo’l mushtim 17. MEN ... KO’RAYAPMAN Maqsad: Kattalar va bolalar o’rtasida ishonchli munosabatlarni o’rnatish, kichkintoylaning diqqat va e’tiborini rivojlantirish. Ishtirokchilar doira shaklida o’tirib, xonadagi predmetlar navbatma-navbat "men ... ko’rayapman" deb ataydilar. Biror predmetni ikki marta takrorlash mumkin emas. 18. YUMSHOQ QO’LCHALAR Maqsad:qo’l mushaklaridagi taranglikni yo’qotish. Bolalarning agressiv holatdan chiqarishga yordam berish, idrokni rivojlantirish, kattalar va bolalar o’rtasida munosabatlarni mustahkamlash. Tarbiyachi 6-7 ta xil mayda predmetlarni oladi: mex bo’lagi, kistochka, shisha flakon, munchoq, paxta va x.k. Ularning xammasini stolga qo’yadi. Bolalarga yengini tirsagigacha shimarish taklif etiladi; tarbiyachi ularning qo’lidan "jonivorlar" yurishadi va yumshoq qo’lchalari bilan tegib o’tishlarini aytadi. Ularning ko’zlari yumuq holda qaysi "jonivorlar" qo’llariga tegib o’tganini topishlari lozim. Predmetni tegib o’tish muloyim va silovchi bo’lishi kerak. O’yin variantilari: "jonivorlar" kaftga, yuzlariga, tizzalariga tegib o’tishi mumkin. Bolalar bilan o’rin almashinishlari mumkin. 19. QARSAK Maqsad: kichkintoylarning diqqat- e’tibori va xotirasini rivojlantirish. Bolalar juftliklarga bo’linib, kaftlarini yuqoriga qaratib, bir-birlariga qarama-qarshi turadilar. O’ng qo’l bilan "raqib"ining chap qo’liga "qarsak" urish va shu bilan birga o’zining chap qo’lini "qarsakdan" asrash lozim bo’ladi. Sardor o’yinni murakkablashtirish maqsadida "Almashtiring!" buyrug’ini berishi mumkin. Bu taqdirda chap qo’l bilan raqibning o’ng qo’liga "qarsak" urish va shu bilan birga o’zining o’ng qo’lini "qarsak"dan asrash lozim bo’ladi. Har bir ishtirokchi "raqib"ining qo’liga necha marotaba "qarsak" urganligini hisoblab boradi. 20. SALOM, MEN MUSHUKCHAMAN! Maqsad: bolalarni o’zini o’zi xurmat qilishga o’rgatish. Boshlovchi qo’lida mushukli yumshoq o’yinchoqni (agar uni qo’lga kiygaziladigan bo’lsa, undan ham yaxshi) ushlab turadi. U bolalarga navbat bilan mushukcha bilan salomlashishlarini aytadi. Har bir bola u bilan o’zini tanishtirib, qo’l berib ko’rishadi. Masalan: "Salom mushukcha, men Malikaman". 21. ERKALAYOTGAN MUSHUKCHA Maqsad: bolalarni o’zini o’zi xurmat qilishga o’rgatish. Boshlovchi bundan oldingi mashqqa o’xshab, qo’lida yumshoq o’yinchoqni, Ya’ni mushukchani ushlab turadi. Yumshoq o’yinchoq esa har bir bolani qo’li bilan boshini silab shunday deydi: "Malikaxon aqlli qiz, Sardor yaxshi bola va h.k." So’ngra bolalar mushukchani qo’llariga olib bir-birlarini navbatma-navbat erkalashadi. Boshlovchi ularga kerakli bo’lgan iboralarni aytishlariga yordam berib turadi. 22. BIR, IKKI, UCH, QUYONCHAXON QOTIB QOL Maqsad: bolalarda tez qaror qabul qilishni rivojlantirishga yordam berish. Bolalar xona bo’ylab yuradilar. Boshlovchi ularga shunday deydi: "Hozir men sizlarga biror bir xayvonni nomini aytishim bilan sizlar unga taqlid qilasizlar. "1, 2, 3, joyingda qot!" buyrug’ini berishim bilan sizlar harakatlanishdan to’xtab qolasizlar. Masalan: "quyonchalar joyingda qot!". Boshlovchining buyrug’i bo’yicha bolalar quyoncha holatida qotib qoladilar. Kichik guruhdagi bolalar uchun boshlovchi holatlarni ko’rsatib beradi, kattalari esa o’zlari mustaqil o’ylab topadilar. So’ngra boshlovchi bolalardan qandaydir katta xayvonga, ya’ni bo’ri, ayiqqa taqlid qilishga qo’rqmaydilarmi shuni bilgandan so’ng "1, 2, 3! Ayiq (bo’ri) joyingda qot!"- deb buyruq beradi. 23. PLASTILINGA AYLAN Maqsad: bolalarni topqirligini oshirishga yordam berish. Boshlovchi guruhdan bir bolani tanlab oladi va undan har xil shakl yasash mumkin bo’lgan plastilin deb tasavvur qilishni aytadi. Biroq, unga biror bir shaklni berish uchun uni yaxshilab yumshatib olish kerak. Boshlovchi plastilinni yumshatadi va shundan so’ng unga qandaydir hayvonni shaklini beradi.qolgan bolalar esa plastilinga qaysi hayvonni shakli berilganligini topishlari kerak bo’ladi. 24. CHAQIRGAN KIM! Maqsad: bolalarni o’zini o’zi xurmat qilishga o’rgatish. Guruhdan bir bola guruhga teskari o’girilib turadi - u o’rmonda adashib qolgan.qolgan bolalar esa navbati bilan unga "Ey!" deb chaqiradilar. "Yo’qolib qolgan bola uni kim chaqirganligini va kim u haqda qayg’urayotganligini topishi kerak bo’ladi 25. HISSIYOTLARINGNI TILCHANG BILAN IFODALA Maqsad: bolalarda topqirlikni shakllantirish; Emocional holatlarni ifodalashni rivojlantirish. Boshlovchi bolalardan tilchalarini chiqarishni va u orqali barchaga xursandchiligi, g’azablanishi, qo’rqishini ifodalab ko’rsatishlarini so’raydi.. 27. HISSIYOTINGNI QO’LLARING ORQALI IFODALA Maqsad: bolalarda topqirlikni shakllantirish; Emocional holatlarni ifodalashni rivojlantirish. Boshlovchi bolalardan qo’llari hissiyotlarni (xursandchilikni, qo’rquvni, g’azabni va h.k.larni) ifodalay ola boshlaganini tasavvur qilishlarini so’raydi. So’ngra boshlovchi bolalarga ifodalab berishlari kerak bo’lgan hissiyotlarni aytadi va harakatlar namunasini ko’rsatib beradi. quvonch hissini qo’llarini stolda sakratib, g’azab hissini barmoqlar bir-birini turtayotganligi va qo’rquvni barmoqlarini qaltiratib va musht tugib ifodalaydi. 32. BIZ ZOBITLAR Maqsad: bolalarni o’zlarini namoyon qilishga o’rgatish. Boshlovchi bolalarga Vatanilarini himoya qilayotgan zobitga aylanganliklarini tasavvur qilishlarini va komandirlarining buyruqlarini aniq bajarishlari lozimligini aytadi. "Otlarga!" - buyruqini eshitishlari bilan ular oyoqlarini dupirlatishlari, "Razvedkaga!" - buyrug’i bilan "tss"deb pichirlashlari, "Jangga!" - buyrug’i bilan - "Olg’a!" deb qichqirishlari, "Pulemetlarga!" - buyrug’ini eshitgan zahoti esa - chapak chalishlari kerak bo’ladi. 34. ISMING SHIVIRLAGAN SHABBODA Maqsad: Bolalarda o’zaro hurmatni rivojlantirish. Boshlovchi bolalarga ular bilan shabboda do’stlashmoqchi ekanligini aytadi. U biror bolaning ismini ataydi. Bolalar birgalikda shu bolaning ismini shabboda qanday chaqirishi mumkinligi kabi sekingina: "Ni-go-ra-a, shivir-shivir-shivir" - deb ataydilar. So’ngra bolalar ularni yomg’ir yoki yo’ldagi toshlar qanday chag’irishi mumkinligini o’ylab topadilar. 35. IJRO MASHQI Maqsad: Bolalarning ijro repertuarlarini va ijro malakalarini kengaytirish; Bolalarning topqirligini oshirish; /azab hissini namoyon qilishni yengillashtirish. 1-variant. Bolalar ertak va fil'mdagi har xil qo’rqinchli qahramonlarni (bo’ri, Godzilla, ajdarho) tasvirlab berishni o’rganishadi. Birinchi marotaba bolalarga ularni mustaqil ifodalab berish qiyinchilik tug’diradi, shuning uchun ularga yengillik yaratish maqsadida, ularni rasm orqali ko’rsatib, bolalardan ularni ifodalab berishni so’raladi. Ularni harakatlar, ovoz, tana va h.k.lar yordamida ifodalash mumkin bo’ladi. Bir-ikki mashqdan so’ng bolalar qahramonlarni mustaqil ravishda o’ylab topadilar va tasvirlaydilar.qolgan bolalar esa tasvirlanayotgan qahramonni topishga harakat qiladilar. Shu bilan birgalikda tarbiyachi bolalardan tasvirlayotgan qahramonlari nomidan g’azabni namoyon etishlarini, ya’ni ovoz chiqarib, "Hozir men sizni yeyman!" kabilarni aytishlari kerakligini tushuntiradi. 2-variant. Bolalar navbati bilan turli xayvonlarni qarama-qarshi xususiyatlar orqali tasvirlab berishlari kerak. Masalan, katta va qo’rqoq qilib (qo’rqoq burgut, quyonyurak sher) yoki kichik va botir qilib (dovyurak sichqoncha, qo’rqmas chumchuq). 36. AJOYIB QO’G’IRCHOQ Maqsad: bolalarda "MEN"ning ijobiy obrazini rivojlantirish. Bu o’yinda tarbiyachi boladan ajoyib qo’g’irchoqni "yasaydi" Buning uchun bola matrasga yotadi (yoki tarbiyachining stoliga) va xamirga aylanadi. Birinchi bo’lib tarbiyachi "xamirni aralashtirib" - bolaning tanasini silaydi, so’ngra u xamirga har xil (bolaning xohishiga ko’ra) xarakteristika va sifatlarni qo’shadi, ya’ni chiroy, aql, yaxshi do’stlar va h.k. Shundan so’ng u "qo’g’irchoqlar"ni yasashga kirishadi: boshini, tanasini, oyoqlarini, qo’llarini yasaydi. Buni u quyidagicha amalga oshiradi: "qo’llari qanday chiroyli chiqdi, boshi undan ham zo’r!" "qo’g’irchoq" tayyor bo’lganda, tarbiyachi unga jon bag’ishlash maqsadida shunday deydi: "qo’g’irchoq jonlan!" So’ngra tarbiyachi bolaga ko’zgu oldiga kelib qanday ajoyib qo’g’irchoq tayyor bo’lganini ko’rishni taklif etadi. Bu mashg’ulotni guruhda o’tkazish ham mumkin. Bunday holatlarda "qo’g’irchoqni yasashda" faqatgina tarbiyachi emas, balki boshqa bolalar ishtirok etishi lozim bo’ladi. 37. MEN JUDAYAM ZO’RMAN Maqsad: Bolalarda o’zini-o’zi baholashni ko’tarishga yordam berish. Boshlovchi bolalarga ketidan bir necha so’zni takrorlashlarini aytadi. Har safar boshlovchi so’zlarni turli xil ohangda, ya’ni pichirlab, qattiq, judayam baland ovozda aytadi. Shu tariqa hamma bolalar birinchi bo’lib "MEN" so’zini, so’ngra "judayam", keyin "zo’rman" deb aytadilar. 38. AYIQCHAGA EZGU SO’ZLARNI AYT. Maqsad: Bolalarda o’zini-o’zi baholashni ko’tarishga yordam berish. Bolalar koptokni bir-birlariga uzatib, odamlarda qanday yaxshi xususiyatlar bo’lishini esga olishadi. So’ngra boshlovchi o’yinga o’yinchoq Ayiqchani "taklif etadi". Bolalar unga quyidagicha ezgu so’zlarni aytishadi: "Sen - ... (yaxshisan, quvnoqsan, tirishqoqsan)". So’ngra navbati bilan har bir bola "ayiqchaga aylanishadi" (o’yinchoqni qo’lda ushlab turadi), holgan bolalar esa ayiqcha rolidagi bolaga ezgu so’zlarni aytishadi. 39. QULOQSIZ YOSTIQCHALAR Maqsad: bolalarni o’zlarini namoyon qilishga o’rgatish. Boshlovchi bolalarga xonada quloqsiz yostiqchalar paydo bo’lib qolganligini aytadi. Ularni bir-biringizga uloqtirganingizda ular quyidagi so’zlarni aytadi; masalan: "Men o’qishni xohlamayman... yemayman" h.k. So’ngra boshlovchi bolalarga shunday yostiqchalar o’yinini o’ynaymiz. o’yin quyidagicha o’tkaziladi: katta odam hamda bola juftligi o’ynaydi, qolganlar esa kuzatib turadilar. Navbat bilan har bir bola o’yinda ishtirok etadi. Eng muhimi shundaki, "quloqsiz" so’zlar faqatgina bola tomonidan emas, katta odam tomonidan ham aytilishi lozim. 40. MAYMUNCHALAR Maqsad: Bolalarda topqirlikni shakllantirish; Boshlovchi bolalarga maymunchalar kabi bir-birlariga taqlid va mazax qilishlarini taklif qiladi. hamma maymunchalarga "aylanishadi". Birinchi bo’lib boshlovchi, so’ngra bolalar navbati bilan sardor etib tayinlanadilar va biror bir maymunlarga xos harakatni ko’rsatadilar, qolgan bolalar esa uning harakatlarini takrorlashadi. Boshlovchi avval maymunlarga xos harakatni yuz ifodasi orqali, so’ngra ovozi va gavda harakatlari orqali tasvirlab beradi. 41. MIMIK MASHQ Maqsad: Bolalarda topqirlikni shakllantirish. Bu o’yinda bolalar navbati bilan quyidagi hissiyotlarni: qo’rquv, g’azab, jahl, xafalik, mehr kabilarni tasvirlab berishadi. Bu hissiyotlarni ular xuddi ko’zguga qarayotgandek tasvirlab berishlari kerak bo’ladi. Guruhdagi qolgan bolalar esa "ko’zgu" rolini bajarishadi. "Ko’zgu" rolidagi bolalar ifodalanayotgan hissiyotlarni aks ettiradilar. 42. YOMON ODATLAR MAKTABI Maqsad: Bolaning xaqiqiy hislarini namoyon qilishga yordam berish. Bolalarga notanish vaziyatni boshidan kechirish imkoniyatini berib, tajribasini orttirishga yordam berish. Boshlovchi bolalarga "yomon odatlar maktabi" O’yinini o’ynashni taklif etadi. Bu maktab - o’ziga xos bo’lib, unda yomon odatlarga o’rgatishadi va bu uchun ijobiy baho ham qo’yishadi. Bu maktabda hamma o’qituvchi va o’quvchilar - jonivorlardir. Har bir bola shu maktabning a’zosiga aylanib, maktabda kimligi va qaysi jonivor ekanligini hal qiladi. Shu rolda u guruhga o’zini tanishtiradi va qandaydir harakatlarni amalga oshiradi. ( qandaydir so’zlar aytadi va o’ziga xos harakatlanadi) Shuni esda saqlash lozimki, bolalar aynan yomon qulqni namoyish qilishlari kerak. Masalan, maktab direktori shunday deyishi mumkin: "kelinglar kimgadir musht tushiramiz". 43. MAQTANCHOQLAR TANLOVI Maqsad: Bolaga o’zlarining ijobiy sifatlarini anglashga yordam berish. Tarbiyachi bolalarga maqtanish bo’yicha musobaqalashishni taklif etadi. Ular navbat bilan o’zlarining ijobiy sifatlarini maqtanishadi. Masalan, ulardan biri shunday deydi: "Men - chiroyliman", boshqasi: "Men esa botirman", keyingisi: "Men ezgulik tilovchiman" va h.k. Tarbiyachi ularni qo’llab-quvvatlab turadi. o’yin jarayonida o’zi haqida ko’proq ijobiy so’zlarni aytish lozim bo’ladi. 46. "MENING KELAJAGIM" RASMI Maqsad: Bolalarda o’ziga baho berishni shakllantirish. Bolalarga o’zlarining kelajaklarini qanday tasavvur qilishlari haqida rasm chizib berishlari tavsiya etiladi. Bolalar rasm chizib bo’lganlaridan so’ng, birgalikda bunday yorug’ kelajakka qanday erishganliklari haqida muhokama qilinadi. Bunday natijalarga erishish uchun qanday yo’llarni bosib o’tganliklari so’raladi? 48. QANOTLAR Maqsad: Bolalarni o’zini namoyon qilishga yordam berish. Bolalar ko’zlarini yumadilar va qo’llarini qanotlardek qoqadilar. Boshlovchi bolalardan qanotlari borligini va ucha olishlari mumkinligini tasavvur qilishlarini so’raydi. Ular kim bilan va qayerga uchadilar? Nimalarni ko’radilar? Bolalar ko’zlari yumuq holda tasavvur qilishadi, so’ngra ko’zlarini ochib guruhga o’zlarining fantaziyalarini so’zlab beradilar. 49. TURLI OVOZLAR Maqsad: bolalarga o’zlarini namoyon qilishga yordam berish. Boshlovchi o’yin oldidan mushuk, kabutar, kuchukcha va h.k.larning rasmi tushirilgan kartochkalar tayyorlaydi. Bolalar kartochkalardan birini tanlaydi va unda tasvirlangan jonivorning tovushiga taqlid qiladilar. Avval tovushni neytral ohangda, so’ngra u tovushni qandaydir hissiyot bilan (g’azab, quvonch, mayinlik bilan) ifodalab beradilar.qolgan ishtirokchilar esa har bir bola qanday hissiyotni ifodalab berayotganligini topishlari kerak. 52. BAXTLI BO’LISH UCHUN MASHQ Maqsad: bolalarda o’ziga hurmat hissini rivojlantirish. Boshlovchi bolalardan ko’zlarini yumib o’zlarini juda baxtiyor tasavvur qilishlarini so’raydi. Ulardan tasavvur qilayotgan manzaralari qayerda sodir bo’layotganligi va yon atroflarida kim turganligini hayolan ko’rishlari so’raladi. So’ngra bolalar o’zlarining hayollarini rasm orqali tasvirlab beradilar. 53. RAKETA Maqsad: bolalarda o’ziga hurmat hissini shakllantirish. Bolalarga "kosmosga raketa uchirish" tavsiya etiladi. Bolalar doira bo’lib turadilar va bir bola doira markazida turib "raketa" bo’ladi. qolgan bolalar esa cho’kka tushib pichirlab "u-u-u" deyishadi. Raketa bo’lgan bola va uning atrofidagilar sekin-asta yuqoriga ko’tarilish bilan birga, ovozlarini balandlatishadi. So’ngra "ux!" deb baqirib, qo’llarini yuqoriga ko’tarishadi. Raketa bo’lgan bolaga hammadan ham balandroq ovoz chiqarib, teparoq sakrashi tavsiya etiladi. 54. BAXTLI TUSH Maqsad: Bolalarda optimizm va o’zini namoyon qilishni rivojlantirish. Bolalar ko’zlarini yumib eng yorug’ tushlarini eslaydilar, agar hali bunday tush ko’rmaganman deb hisoblasalar uni o’zlari o’ylab topishadi. So’gra uni guruhdagilarga so’zlab, rasm orqali tasvirlab berishadi. 55. NOTO’G’RI RASMLAR Maqsad: Bolalarda xato qilish ehtimoli borligidan qo’rqish hissini pasaytirish. Bolalarga noto’g’ri rasm chizishlari tavsiya qilinadi. Bolalarning bunday rasm chizilishi nima uchun kerakligi haqidagi savollariga boshlovchi tomonidan aniq ko’rsatmalar berilishi yoki misollar keltirilishi mumkin emas. So’ngra bolalar chizgan rasmlari nima uchun va qaysi nuqtai nazardan qaraganda noto’g’ri ekanligini tushuntirib beradilar. 56. TOG’RI RASMNI NOTO’G’RIGA AYLANTIR Maqsad: Bolalarda xato qilish ehtimoli borligidan qo’rqish hissini pasaytirish. Bolalarga avvaldan tayyorlangan, ularga tanish bo’lgan vaziyatlar tasvirlangan oq-qora rangdagi rasmlar (darsda, onasi bilan sayrda va h.k.) beriladi. Har bir bola o’zi uchun alohida rasmli kartochka olib, uni noto’g’ri rasmga "aylantiradi". 57. MASHHUR ISMLAR Maqsad: bolalarda o’ziga hurmat hissini shakllantirish. Boshlovchi bolalarga ulg’ayib qolganliklari va birlari mashhur olim, birlari yozuvchi, yana birlari shifokor, birlari esa dengizchi bo’lganliklarini tasavvur qilishlarini so’raydi. Har bir mashhur shaxsning sharafiga chiroyli al'bom chiqarishni tavsiya qiladi. Bu al'bomda mashhurlarning ismi yozilishi va uni rangli, qiziqarli rasmlar bezab turishi kerak bo’ladi. Har bir bola tarbiyachining yordami bilan al'bomda o’zining ismi yonida qanday rasmlar bezab turishini o’ylab topadi va uni og’zaki bayon etadi. So’ngra, qog’ozda ismini chiroyli qilib yozadi va bezagini chizadi. (Agar bolalar yozishni bilmasalar, ularga kattalar yordam beradilar.) 58. BOLALAR FUTBOLI Maqsad: qo’l mushaklaridagi taranglikni yo’qotish. Bolalarning agressiv holatdan chiqarishga yordam berish, idrokni rivojlantirish, kattalar va bolalar o’rtasida munosabatlarni mustahkamlash. Bu o’yinda yostiq koptok vazifasini bajaradi. O’yinchilar ikki guruhga bo’linishadi. Kattalardan biri hakamlik qiladi. O’yinda qo’l va oyoqdan foydalanish, yostiqni otish, tepish va olib qo’yish ham mumkin. Darvozaga gol urish asosiy maqsaddir. 59. SABZAVOTLAR O’YINI Maqsad: emocional tanglikni yo’qotish. Bolalarga sabzavotlar nomi bilan bir-birlarini mazah qilishlari taklif etiladi. M-n: "Sen bodringsan!", "Sen esa rediskasan!", "Sen qovoqsan!" va shu kabilar. 60. G’AZABDAN XALOS BO’LISH Maqsad: qo’l mushaklari tarangligini yo’qotish, g’azabni yo’qotishga yordam berish. Bola agressiv holati qaratilgan jismga qarab turadi (krovat', yumshoq stul yoki yostiqchalar). Bola bu jismga qarata zarba yo’llaydi. Zarbalar kuchli bo’lishi, lekin qo’l mushaklari bo’shashgan holda yo’llanishi lozim. Zarbalar badminton raketkasi, plastik tayoqcha yoki qo’l yordamida amalga oshirilishi mumkin. Zarba yo’llash jarayonida butun tana ishtirok etadi va shu bilan birga g’azab holatini ifoda etuvchi odob doirasidan chiqmagan so’zlarni baqirib aytish mumkin. 61. AYIQPOLVON VA ASALARILAR Maqsad: g’azabni yo’qotishga yordam berish. Bolalar ikki guruhga bo’linadilar. Birinchi guruh - asalarilar, ikkinchisi - ayiqpolvonlar rolini bajaradilar. Ayiqpolvonlar asalarilardan asal o’g’irlab qochadilar, asalarilar esa ularni quvadilar. Bolalarga asal o’g’irlayotgan ayiqlar quvonishlari, asalarilar esa g’azabni ifoda etishlari kerakligi eslatib o’tiladi. 62. URUSHQOQ CHUMCHUQCHALAR Maqsad: mushaklar tarangligini yo’qotish, g’azabni yo’qotishga yordam berish. Bolalar o’zlariga sherik tanlaydilar va urishqoq chumchuqlarga "aylanadilar" (tizzalarini qo’llari bilan ushlab cho’kkalab o’tiradilar). Chumchuqlar bir-birlariga yonlari bilan yaqin kelib, turtishadilar. Kimda-kim yiqilib tushsa yoki qo’lini tizzalaridan olsa, o’yindan chetlatiladi. 63. XO’ROZLAR Maqsad: emocional va mushaklar tarangligini yo’qotish, g’azabni yo’qotishga yordam berish. Diametri 5 metrli doira chiziladi. Ikki bola ("xo’rozlar") doira ichida bir-birlarini kaftlari bilan turtib, tashqariga itarib chiqarishga harakat qiladilar. Shu bilan birga ular "men kuchliman, men kuchliman" deya ta’kidlashlari mumkin. "Xo’rozlar" bir oyoqlab sakrashlari, xodada turishlari kabi harakatlar bilan o’yinni murakkablashtirish mumkin. 64. SIRK Maqsad: bolalarda g’azabning namoyon bo’lish holatini kuchli nazorat qilishni kamaytirishga yordam berish. Boshlovchi hayvon o’rgatuvchini, bolalar esa o’rgatilgan kuchuk, ot va yo’lbarslarni ifoda etadilar. Jonivorlar xayvon o’rgatuvchining ko’rsatmalariga har doim ham quloq solavermaydilar, yo’lbarslar xatto unga qarata hayqiradilar ham. Ular hayvon o’rgatuvchining gapiga kirishni istamaydilar, u esa o’z navbatida jonivorlarga aytganini qildirishga harakat qiladi. So’ngra, boshlovchi va bolalar o’rin almashadilar. 65. QANOTLARI SHIKASTLANGAN QUSHCHAGA RAHM KO’RSAT Maqsad: bolalarda atrofdagilarga nisbatan mehr hissining shakllanishiga yordam berish. Bolalardan biri qanotlari shikastlangan qushchaga "aylanadi". U o’zini g’amgin ko’rsatishga harakat qiladi. Boshlovchi bolalarga "qushchaga rahm ko’rsatishni" taklif qiladi. Avval boshlovchining o’zi qo’liga qo’lqopli mushukchani kiyib, qushchani mushukchaning qo’llari bilan silab, "yaxshi qushcha" deya "rahm ko’rsatadi". So’ngra qolgan bolalar ham qo’llariga qo’lqopli mushukchani kiyib, qushchaga "rahm qiladilar". 66. KIMNING SEVIMLI KISHISI KO’PROQ Maqsad: bolalarda atrofdagilarga nisbatan mehr hissining shakllanishiga yordam berish. Boshlovchi bolalarga har bir insonning sevimli kishilari borligi haqida aytadi. qaysi ishtirokchining sevimli kishilari ko’pligini bilishga doir musobaqa o’tkazish taklif qilinadi. Muhokama qilish jarayonida sevimli kishilari ko’p bo’lgan inson qanchalik baxtli ekanligiga urg’u berib o’tiladi. 67. KIM MEHMONGA KELDI? Maqsad: bolalarda o’zaro hurmat hissini rivojlantirish; tengdoshlar orasidagi ijobiy munosabatlarni faollashtirish. Boshlovchi guruhdan ikki-uch bolani bir chetga olib, ular bilan biror jonivor qiyofasida bolalarnikiga mehmonga borishlarini aytadi. Bolalar esa qaysi jonivorni va uni qay tarzda ifodalashlarini o’zlari hal qiladilar. "Mehmonlar" navbati bilan doiraga kiradilar va boshlovchi guruhdagi bolalarga: "Qaranglar, bizga qanday ajoyib jonivor mehmonga keldi, uning ko’zlarini qarang, u qanday chiroyli harakatlanayapti-ya! " kabi so’zlar bilan "mehmonlarga" ta’rif beradi. Bolalar avval mehmonga kelgan jonivor kimligini, so’ngra uning kayfiyati qanday ekanligini topishlari lozim. Boshlovchi esa bolalardan jonivorlar ovoz chiqarmagan bo’lsalarda, ularning kayfiyatlari quvnoq yoki g’amginligini qanday anglaganliklari haqida so’raydi. Kayfiyatni yuz ifodasiga qarab anglash mumkinligi haqida xulosa qilinadi. 68. QANDAY SEVISHIMNI KO’RSATAMAN Maqsad: bolalarda atrofdagilarga nisbatan mehr hissining shakllanishiga yordam berish. Boshlovchi bolalarga biror-bir insonga yaxshi ko’rishimizni nafaqat so’z bilan, balki qo’l harakatlari orqali ham bildirish mumkinligi haqida aytib o’tadi. So’ngra bolalardan biri - ona, boshqasi esa uning o’g’li bo’ladi va ular bir-birlarini qanchalik yaxshi ko’rishlarini ko’rsatib beradilar. Keyingi juftliklar - "ona va qiz", "buvi va nabira" kabilarni ifodalaydilar. O’yin yakunida "yaxshi ko’rishni" muvaffaqiyat bilan ifodalagan juftlikka urg’u berib o’tiladi. 69. TO’XTA MUSHTUM! Maqsad: bolalarda nizoli vaziyatlarda o’zlarini nazorat qilishlarini shakllantirish. Bolalardan juftlik tanlanadi. Bolalardan biri "atayin" janjal chiqarish maqsadida boshqa birini "atayin" mazax qiladi. Ikkinchisi esa jilmayishda davom etishi va xayolan mushtlarga "to’xta" deyishi lozim. Boshlovchi esa xafa qilinayotgan bolaning qo’llariga yengilgina tegib, uning musht tugilmasligiga to’sqinlik qilib turadi. 70. KIM KUCHLIROQ YAXSHI KO’RADI Maqsad: tengdoshlar orasidagi munosabatlarni yaxshilashga ko’maklashish. Bolalar orasidan sardor tayinlanadi, qolgan bolalar ikki guruhga bo’linishadi. Sardor bir chetdan joy oladi, guruhlar esa navbat bilan "Biz ... yaxshi ko’ramiz!", deb sardorning nomini aytib qichqirishadi. Sardor esa qaysi guruh balandroq qichqirganini aniqlaydi vash u guruh g’olib hisoblanadi. 71. BERKINMACHOQ Maqsad: taktil sezgini rivojlantirish. Bola taktil taxtachani qo’li bilan "paypaslab" ko’radi. So’ngra uni 10-12 ta shunday taxtachalar bilan birgalikda matoga o’rab bolaga ko’rsatiladi. U esa, matoga o’ralgan taxtachalar orasida o’zi "paypaslab" ko’rgan taxtachasini topishi lozim bo’ladi. 72. SEHRLI DOIRA Maqsad: Diqqatni jamlay olishni rivojlantirish. Tarbiyachi bolalarga diqqat-e’tiborlarini doira ichida tasvirlangan yulduzchaga qaratishlarini taklif qiladi (imkon qadar chalg’imay, faqatgina yulduzchaga qarashlari so’raladi.) va diqqatlarini imkon qadar ko’proq (10 dan 30 sekundgacha) jamlab turishlariga harakat qiladi. So’ngra bolalarning diqqat-e’tiborlari ketma-ketlik bilan chuvalchangga, xoch belgisiga, tayoqchaga va nihoyat nuqtaga qaratiladi. 73. TINGLOVCHI Maqsad: Diqqatni jamlay olishni rivojlantirish. Bolalarga avval guruhdagina mavjud bo’lgan, bino ichidagi, muassasa hovlisidagi (bino tashqarisidagi), so’ngra ko’chadagi tovushlarga diqqat bilan quloq tutishlari taklif etiladi. Eshituv diqqatining ko’chish zanjiri yakunlangandan so’ng esa, barcha tovushlar bolalar bilan birma-bir muhokama qilinadi. 74. QO’G’ICHOQ O’YNATUVCHILAR Maqsad: harakatli xotirani rivojlantirish. Tarbiyachi "qo’g’irchoq o’ynatuvchi" rolini bajarib bolaning ko’zlarini bog’laydi va uni yelkasidan tutgan holda unchalik murakkab bo’lmagan (4-5 qadam oldinga, to’xtash, o’ngga, 2 qadam orqaga, chapga, 5-6 qadam oldinga va h.k.) yo’nalish bo’yicha harakatlantiradi. Yo’nalish manzili esa ovoz chiqarib aytilmaydi. So’ngra bolaning ko’zboylog’ichi yechilib, unga mustaqil ravishda yo’nalishning boshlang’ich nuqtasini topish va yana bir bora yo’lni oxiriga qadar bosib o’tishi taklif etiladi. 75. TUSHIRIB YUBORMA Maqsad: Qo’lning mayda motorikasini rivojlantirish. Qutidagi gugurtlar stolga to’kiladi. Bola o’ng qo’lining bosh va ko’rsatkich barmoqlari yordamida 4 dona gugurt cho’pini tushirib yubormay qutiga soladi. Bu mashqning uddasidan chiqqandan so’ng chap qo’lining bosh va ko’rsatkich barmoqlari yordamida gugurt cho’plarini joylaydi. So’ng bosh va o’rta barmoqlar, bosh va nomsiz barmoq, bosh va jimjiloqlar yordamida avval o’ng, so’ngra chap qo’llar yordamida yuqoridagi mashqni takrorlaydi. (Gugurt cho’plaridan birortasi tushirib yuborilsa, mashq qaytadan boshlanadi. Ushbu mashq oxiriga qadar muvaffaqiyat bilan bajarilsa, yana bittadan gugurt cho’pi qo’shib boriladi. Odatda bolalar 8 donagacha gugurt cho’plarini tushirmay ushlab tura oladilar. Download 282.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling