Psixologik tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi. Tadqiqotlarni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar reja


Download 111.5 Kb.
bet1/4
Sana19.01.2023
Hajmi111.5 Kb.
#1101061
  1   2   3   4
Bog'liq
2-амалий машгулот (1)-1


PSIXOLOGIK TADQIQOT METODLARI KLASSIFIKATSIYASI. TADQIQOTLARNI TASHKIL ETISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Reja:
1. Psixologik metodlarning umumilmiy klassifikatsiyasi.
2.Kuzatish metodi
3.O’z-o’zini kuzatish metodi
4.Verbal-kommunikativ metodlar


Tayanch tushunchalar: psixologiya, tadqiqot, metod, kuzatish metodi, o’z-o’zinikuzatish metodi, verbal-kommunikativ metod.
Psixologik metodlarning umumilmiy klassifikatsiyasi.
Psixologik tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi – psixologiya sohalaridan biri bo‘lib, u aql asosida yotgan mexanizmlarni izohlab beradi.Psixologiyaning mazkur sohasi aql va xulq-atvorni biologik mashina – bosh miya mahsuli sifatida talqin etishga qaratilgan. Bu e’tiqod manbalari muqaddimasi Galiley va Nyutonning dunyoni o‘z tabiatiga ko‘ra mexanik sifatida tushunishlariga asoslangan g‘oyalariga borib taqaladi. Nyuton yulduzlar va sayyoralar mavjudligini tabiat qonunlari bilan tushuntira boshlagandan so‘ng faylasuflar “nima uchun tana va aqlni mazkur qonunlar asosida tushuntirish mumkin emas?” degan savolni o‘rtaga tashlashdi. Pirovardida, empirik faylasuflar ong tabiat dunyosining bir qismi sifatida o‘rganilishi va ong tabiatning hosilasi ekanligiga ishona boshladilar. Ular fikrlar faqatgina sezgi a’zolar orqali qabul qilish va ular bilan bog‘liq jismoniy mashqlarning yig‘indisi natijasida yuzaga keladi, deb ishondilar. Qo‘shimcha ravishda ular sezgi tuyg‘ularining qabul kilinishi miya orqali shakllantiriladi, deb hisobladilar. Ushbu falsafiy g‘oyalardan kelib chiqadigan bo‘lsak, ong va uning mahsuli, xulq-atvorni miyaning mahsuli sifatida qabul qilishimiz mumkin. Ushbu g‘oyalar rivojlanishni boshlagandan buyon ular uchun empirik asoslar va shu bilan birga metodologik qulayliklar yaratila boshlandi. Ong va miya o‘rtasidagi haqiqiy ko‘prik fiziologik psixologlarga miyani tushunish xulq-atvorni to‘liqligicha tushunishga imkon beradi, degan xulosani taqdim etdi. Ko‘plab psixologlar xulq- atvorni o‘rganish uchun sezgi a’zolarining qabul qilish va ushbu ma’lumotni xulq-atvorda yuzaga chiqarish jarayoni sifatida jarayonini tushunishni o‘zi etarli, degan fikrga yopishib olganlar. Bunday fikr nevrologik jarayonlarning o‘rta qismiga etib kelinganidanoq o‘z kuchini yo‘qotadi. Bu bir nechta misollar yordamida isbotlangan. Bixevioristlar maxsus stimullarga maxsus tipik javob hisoblangan harakatlarning barqaror qonuniyatlari bilan to‘qnashdilar. Mazkur barqaror qonuniyatlarni o‘zgartirishga qodir bo‘lmaslik xulq-atvorning ba’zi ko‘rinishlari murakkab bo‘lishi faktini tan olishga olib keldi. Xuddi shuningdek, Noam Xomskiy, lingvist, turli tillarda umumiy xususiyatlar mavjud degan argumentni ilgari surdi va mazkur qirralar tilni qayta ishlashga mas’ul bosh miya tuzilmalari tashkil etilishini aks ettirishi zarur. Bosh miya rivojlanishi va qarish reaksiya bildirish xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun biz ko‘ramizki, bosh miya funksiyalari va ularning tashkil etilishini bilish xulq-atvorni to‘liq tushunish uchun zarur bo‘ladi. Ana shu maqsadda psixologlar ularning xulq-atvor tahlili borasidagi tajribasi bilan boshmiya funksiyalarini xulq-atvor bilan bog‘lash uchun boshqa fanlardan meoddlarni oldilar. Fiziologik psixologiya – bu bosh miya va xulq-atvor aloqalarini biologik hamda xulq-atvor yondashuvlarini birgalikda qo‘llash asosida o‘rganishdir.
Juda ko‘p talabalarni olimlar tomonidan bosh miya va xulq-atvor bog‘liqligini tasvirlash uchun qo‘llanadigan bir qator atamalar tashvishga soladi. Mazkur bobda asosiy e’tibor shuningdek, “biologik psixologiya” hamda “xulq-atvor neyrofani” nomlari bilan ma’lum “fiziologik psixologiya” sohasidagi tadqiqotlarga qaratiladi. Mazkur atamalardan har qaysisini bosh miya va xulq-atvor aloqadorligini tasvirlash uchun qo‘llash mumkin. Garchi fiziologiya va biologiya bo‘yicha psixologlar psixologiya bo‘limlarida, xulq-atvor bo‘yicha neyropsiologlar tibbiyot bo‘limlari doirasida tadqiqotlar bilan shug‘ullansalarda, ko‘pincha ular tadqiqotlarining ob’ekti hayvonlar bo‘ladi. "Neyropsixolog" atamasi undan farqli ravishda, insonlarda bosh miya buzilishlari va xulq-atvor xususiyatlari o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rganishga qiziqqan tadqiqotchilar tomonidan qo‘llaniladi. SHuningdek, klinitsistlar neyropsixologik testlarni bosh miya buzilishlari diagnostikasi uchun ishlatadilar. SHunday qilib, neyropsixologlar klinik tadqiqotlarda yo fundamental yoxud amaliy sohaga e’tibor qaratadilar.



Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling