Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari?
Download 0.79 Mb.
|
Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 38.Savdo psixologiyasi Savdo psixologiyasi
37.Sport vpsixologiyasi?
Sport psixologiyasi - sport musobaqalari va mashqlanish faoliyatida inson psixikasining rivojlanishi, guruhiy munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Mazkur soha XX asrning 60-70 yillarida jadal su'atlar bilan rivojlana boshladi va uning ilk tadqiqotlari sportchilarning individual psixologik farqlarini o’rganishga qaratilgan edi. Hozirgi davrga kelib esa sport psixologiyasi o’rganayotgan muammolar ko’lami kengaydi, shu boisdan uning asosiy vazifasi sportchilarning psixik va jismoniy kamolotga ta'sir o’tkazuvchi muhim hart-haroitlarni yaratib berishdir. Bundan tashqari, sport psixolgiyasi sportchilarning shaxs sifatida rivojlanishiga, erishgan yutuqlariga psixologik yordam ko’rsatish jabhalari bilan ham shug’ullanadi. Sportchilar shaxsi va faoliyati xuxusiyatlarini, ularning psixologik jihatdan tayyorligining shart-sharoitlari, musobaqalarini tashkil etish va o’tkazish bilan bog’liq psixologik omillarni o’rganadi. 38.Savdo psixologiyasi? Savdo psixologiyasi - jahon mamlakatlarida keng rivojlangan bo’lib, tijorat ta'sirining psixologik negizlari, ob'ektiv va sub'ektiv hart-haroitlarini, ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid va boshqa xususiyatlarini, xaridorlarga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydigan soha. Savdo psixologiyasi savdo-tijorat reklamalari, modalar psixologiyasi va shu kabi masalalarni tadqiq qiladi. Ayniqsa, sotuvchi-xaridor munosabati, kishilarga ta'sir o’tkazish, ularda iliq his-tuyg’u, ishonch uyg’onish mexanizmlari, mantiqan ularni muomala jarayonida ishontirish, qiziqtirish, ijtimoiy ahamiyatini tushuntira bilish, nizomli holatlarning oldini olish, xizmatda muloqot madaniyati va uning treninglaridan unumli foydalanish, xaridorlarning psixologik xususiyatlarini anglagan holda munosabatda bo’lish qonuniyatlarini tadqiq etish ham mazkur sohasining tekshiruv predmetiga kiradi. Asosan rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan bo’lib, kishilar ruhiyatiga tijorat ta’sirini psixologik shart-sharoitlarini, xaridorlarga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarni aniqlaydi. Modalar psixologiyasini tadqiq qiladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling