Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari?


YU. B. Gippenreyterning ilmiy va hayotiy psixologiya bo’yicha qarashlari?


Download 0.79 Mb.
bet3/63
Sana06.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1750535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari

4.YU. B. Gippenreyterning ilmiy va hayotiy psixologiya bo’yicha qarashlari? Yu.B.Gippenreyter ular orasidagi 5 ta farqni ko’rsatgan:

  1. Hayotiy bilimlar amaliy bo’lib, ma’lum bir aniq hayotiy vaziyatlar bilan bog’liqdir, bu insonlarning xatti- harakatlariga tayangan holda amalga oshiriladi.

  2. Xayotiy bilimlar intuitiv xarakterga egadir, psixologiya sohasida esa psixik ko’rinishlarning nazariy jihatdan tahliliga asosiy e’tibor qaratiladi, bu holatlar esa ularni yaxshi tushunish imkoniyatini yaratadi.

  3. Hayotiy bilimlar juda cheklangan variantlarda beriladi, ilmiy bilimlar esa maxsus yig’ilgan tajribalar tizimi orqali uzatiladi.

  4. Hayotiy psixologiyada olingan bilimlar kuzatish usuli orqali amalga oshiriladi, bunda inson o’z tajribasidan kelib chiqqan holda maslaxatlar berishi mumkin. Ilmiy psixologiyada esa olingan bilimlar maxsus tadqiqotlar o’tkazish yordamida aniqlanadi, bunda ilmiy tafakkur idrok usullaridan juda keng foydalaniladi.

  5. Ilmiy psixologiya ma’lumotlarning boyligi, rang barangligi bilan xayotiy psixologiyadan tafovutlanadi. Hayotiy psixologiyada bu holatlar yaqqolroq namoyon qilinmasligi mumkin. Ilmiy bilimlarning umumiy xarakteristikasi uning tizimli va tartibli ekanligidadir. Bu esa mutaxassis psixolog uchun bilimlarini kengaytirish imkoniyatini yaratadi.

5.Ilmiy psixologiyaga xos bo’lgan jihatlar?
-ilmiy bilimlar maxsus yig’ilgan tajribalar tizimimi orqali uzatiladi;
-ilmiy psixologiyada olingan bilimlar maxsus tadqiqotlar o’tkazish yordamida
aniqlanadi, bunda ilmiy tafakkur, idrok usullaridan juda keng foydalaniladi;
-ilmiy psixologiya ma’lumotlarning boyligi, rang-barangligi bilan hayotiy
psixologiyadan tafovutlanadi;
-ilmiy bilimlarning umumiy xaraktristikasi uning tizimli va tartibli
ekanligidadir.Bu esa mutaxassis psixolog uchun bilimlarni kengaytirish
imkoniyatini yaratadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling