Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari?
Kasb tanlashga ta’sir etuvchi omillar?
Download 0.79 Mb.
|
Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari
98.Kasb tanlashga ta’sir etuvchi omillar?
Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy axamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida jismoniy individual (yakkaxol) shaxs turadi. Xolbuki shunday ekan, xar bir kasb tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur. Buning uchun kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatlariga binoan kasb maorifini amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda birinchi navbatda shaxsning kasbiy extiyeji, motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini xisobga olish darkor. Aks xolda umumiy xususiyatli yo’llanma, ko’rsatma ijobiy natijada olib kelmaydi, chunki individuallik o’ziga xos talablarni takozo etadi. Xatto oddiy kasb maorifi xam turlicha yondashuvni talab qiladi, binobarin, uni kondirmasdan turib tub maqsadga erishib bulmaydi. Kasb maorifi - o’quvchilarni kasbning moxiyati bilan, xar bir kasbning shaxs oldiga qo’yadigan talablari bilan tanishtirishdan iborat ta’sirchan axborotlar majmuasidir. Ma’lumotlarning anikligi tulikligi, xususiy va ijtimoiy axamiyati ifodalanganligi bilan boshqa tarkiblardan ajralib turadi. Kasb maorifi insonning yoshi, jinsi, saviyasiga kura xilma-xil tarzda amalga oshiriladi, shakllari esa verbal va noverbal, kuzatuv va tanishuv, kurgazmali va grafik, uchrashuv kabi ko’rinishlarga ega. Kasbiy maslahat - kasbga yo’llashning inson ongiga chukurroq singdirish uchun, shaxsning ishtiyoki va qobiliyatlariga xos kasb - hunar (ixtisos) tanlashi uchun muxim obyektiv va subyektiv shart - sharoit yaratish jarayonidir. Kasb egallovchi (tanlovchi) extiyeji, o’qituvchi (murabbiy)ning kasbiy mas’uliyatidan kelib chiqqan xolda ilmiy - amaliy xususiyatli yo’llanmalar berish jarayonidir. Maslahat uzining maqsadga yunalganligi, izchilligi, obyektivligi, axborotlar bilan tuyinganligi bilan boshqa asosiy kismlardan keskin ajralib turadi. Kasbiy saralash - muayyan kasbni muvaffakiyatli ravishda egallab, uz oldiga kuygan fukarolik (xususiy) burchini yuqori saviyada ado eta biladigan shaxslarni ajrata olishdan iborat jarayondir. Kasbiy bilimlar, shakllangan ma’lum ko’nikmalar, malakalarga asoslangan xolda tekshirish mezonlariga suyanib, omilkorlik bilan okilona saralash utkaziladi. Saralash jarayoni utkazilgandan kasbiy moslashish davri boshlanadi. Odatda kasbiy moslashish deganda, yosh kasb egalarining va mutaxassislarning kasbiy faoliyatga, uning shart-sharoitlariga, talablariga muvaffakiyatli ravishda moslashish (bir necha bosqichlardan iborat) jarayoni tushuniladi. Kasb moxiyatiga kirishish, bilimlar, ko’nikmalar, malakalar bilan tanishish, ularni egallash uchun okilona usullar tanlash, ulardan amaliyotda unumli foydalanish, shart-sharoitlarga odatlanish, maxorat kirralarini uzlashtirish kabi muxim kismlar moslashish tarkiblarini tashkil qiladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling