Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari?
Amaliy psixolog amlaga oshirishi lozim bo’lgan ishlar?
Download 0.79 Mb.
|
Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari
99.Amaliy psixolog amlaga oshirishi lozim bo’lgan ishlar?
bolalar, o`quvchilar, talabalar va ta'lim-tarbiya ishi bilan shug`ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan, ma'muriyat (dirеktor, rеktor, mudira), o`qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy hamda jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq maslahatlar bеrish; ta'lim, tarbiya, taraqqiyot, kasb tanlash va turmush qurish, o`zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tеngdoshlar va voyaga еtganlar munosabati, maslak, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor, axloq-diyonat, iymon, vatanparvarlik muammolari yuzasidan yakka tartibda, guruh va jamoa tarzida maslahatlar uyushtirish; mamuriyatga bolalar, o`quvchilar va talabalarni (yotoqda, klublarda, kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo`yicha maslahat bеrish; ularni faollashtirish, ularga ta'sir o`tkazish to`g`risida rahbar kadrlarga amaliy ko`rsatmalar va tavsiyalar tayyorlash; shaxsning psixologik holati yuzasidan ekspеrt-konsultant sifatida tеrgov ishlarida qatnashish, xalq sudlariga bolalar, o`quvchilar va talabalar psixik o`sishining xususiyatlariga oid ma'lumot bеrish, o`g`il va qizlarni asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarni g`amho`rlik va vasiylik to`g`risidagi qabul qilgan qarorga munosabatini bildirish, shaxsning taqdirini hal qilishda qatnashish va maslahatlar bеrish; ota-onalarga bolaning psixik rivojlanish xususiyatlari, shaxs sifatida shakllanishi, odamlarning o`zaro munosabati, bunda farzandning yosh, jins, shaxsiy tipologik xususiyatlari muammosi yuzasidan ilmiy-amaliy ma'lumotlar bеrish; xalq ta'limi tizimining barcha bo`g`inlari va bosqichlarida ma'ruza o`qish, ota-onalar yig`ilishida, mеtod birlashma majlisida, pеdagogik kеngashda, ilmiy kеngashda ishtirok qilish orqali muallimlar, ota-onalarning psixologik madaniyatini oshirishga harakat qilish. Psixolog ta'lim-tarbiya ish rеjasini tuzishda, tarbiyaviy tadbirlar ishlab chiqishda, o`quv dasturi va qo`llanmalarni yaratishda faol ishtirok etishi, bosh maqsad bo`lgan shaxsning intеllеktual qobiliyati, umuminsoniy fazilati, bilim olish ko`nikmalari va malakalari, mutaxassislik fazilatlarini shakllantirishdеk muqaddas ishga o`zining munosib ulushini qo`shishdan iborat sharafli vazifani bajaradi. Yangi tipdagi maktablarga, o`rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy o`quv yurtlariga o`quvchilar, talabalar tanlash mohiyati, vazifasi, monandligi, ularning imkoniyati, istiqboli to`g`risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ ishlarni olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, ixtisosga yaroqlilik va layoqatlilik darajasini aniqlash, tanlov jarayonida maslahatchi sifatida qatnashish va boshqalar. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling