Psixologik tavsifnoma


Download 19.27 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi19.27 Kb.
#1575534
Bog'liq
pedagogik-psixologik tavsifnomalar .Komila


TATU Farg`ona filiali “Telelekomunikatsiya texnologiyalari
kasbiy ta’lim” Fakulteti “Axborot-kommunikatsiya
texnalogiyalari sohasida kasb ta’limi” yo`nalishi
620-19 guruh talabasi Akbaraliyeva Komilaning
Farg`ona viloyati Oltiariq tumani 8-umumiy
o’rta ta’lim maktabi 7-D sinf o’quvchisi
Tojialiyeva E’zozaga
PSIXOLOGIK TAVSIFNOMA
Ushbu o’quvchi hozirda Farg`ona viloyati Oltiariq tumani 8-umumiy o’rta ta’lim maktabining 7-D sinfida o’qiydi. Bu o’quvchi qiziquvchan, tabiiy fanlarga ko`proq qiziqadi, o’rtoqlariga nisbatan o’zlashtirishi ancha yaxshi o’quvchi. Uy vazifalarini vaqtida bajaradi, sababsiz darslarni qoldirmaydi.. Maktab ichki qoidalariga amal qilib boradi.
Tojialiyeva E’zoza Geografiya faniga bo’lgan kuchli qiziqishlari tufayli boshqa o’quvchilardan ajralib turadi. Darsga va qo’shimcha mashg’ulotlarga faol qatnashadi.
Maktabdagi ommaviy kechalarda, obodonlashtirish ishlarida va ijtimoiy ishlarda faol qatnashadi va boshqa o’quvchilarga namuna bo’ladi. Bo’sh vaqtlarida biologiya va ona tili to’garaklariga qatnashadi. Bu o’quvchi qiziqishlarini kelajakda yanada rivojlantirsa, unga keng imkoniyatlar yaratilsa, kelajakda yetuk kadr, malakali o`qituvchi bo’lib yetishishiga ishonchim komil.

Maktab direktori: R.Hamdamov


Amaliyotchi talaba: K.Akbaraliyeva

TATU Farg`ona filiali “Telelekomunikatsiya texnologiyalari


kasbiy ta’lim” Fakulteti “Axborot-kommunikatsiya
texnalogiyalari sohasida kasb ta’limi” yo`nalishi
620-19 guruh talabasi Akbaraliyeva Komilaning
Farg`ona viloyati Oltiariq tumani 8-umumiy
o’rta ta’lim maktabi 7-A sinf o’quvchisi
Ro’zmatov Abduraxmonga


PSIXOLOGIK TAVSIFNOMA
Ushbu o’quvchi hozirda Farg`ona viloyati Oltiariq tumani 20-umumiy o’rta ta’lim maktabining 7-A sinfida o’qiydi. Bu o’quvchi o’zlashtirishi ancha yaxshi o’quvchi. Uy vazifalarini vaqtida bajaradi, sababsiz darslarni qoldirmaydi. Maktab ichki qoidalariga amal qilib boradi.
Maktabdagi ommaviy kechalarda, obodonlashtirish ishlarida va ijtimoiy ishlarda faol qatnashadi va boshqa o’quvchilarga namuna bo’ladi. Bo’sh vaqtlarida matematika to’garaklariga qatnashadi. Bundan tashqari Ro’zmatov Abduraxmon metematika fanidan “Bilimlar bellashuvi” da har yili faol qatnashadi.
Ro’zmatov Abduraxmon harakteri jihatidan flegmatik bo`lib, og`ir bosiq, iqtidorli o`quvchi. Oilaviy sharoti ijobiy. Xulqi namunali, o`zlashtirishi a`lo. Kelajga ishonch bilan qarovchi o`quvchi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda vatan uchun fidoiy va o`z kasbining yetuk mutahasisi bo`lishiga ishonch bildiraman.

Maktab direktori: R.Hamdamov


Amaliyotchi talaba: K.Akbaraliyeva

TATU Farg`ona filiali “Telelekomunikatsiya texnologiyalari


kasbiy ta’lim” Fakulteti “Axborot-kommunikatsiya
texnalogiyalari sohasida kasb ta’limi” yo`nalishi
620-19 guruh talabasi Akbaraliyeva Komilaning
Farg`ona viloyati Oltiariq tumani 8-umumiy
o’rta ta’lim maktabi 6-F sinf o’quvchisi
Zaylobiddinova O’g’iloyga


PSIXOLOGIK TAVSIFNOMA

Ushbu o’quvchi hozirda Farg`ona viloyati Oltiariq tumani 8-umumiy o’rta ta’lim maktabining 6-F sinfida o’qiydi. Bu o’quvchi tabiatan melanholik tipga mansub. Sog`lig`i tufayli ko`p davolanishda bo`lganligi sababli o’rtoqlariga nisbatan o’zlashtirishi ancha past o’quvchi. Uy vazifalarini vaqtida bajarmaydi, sababsiz darslarni ko’p qoldiradi.


Men bu o’quvchi bilan darsdan keyin qolib muntazam shug’ullandim, u bilan har haftada ikki kun bir soat qo’shimcha darslarni olib bordim.
Zaylobiddinova O’g’iloy hozirda sinfdoshlariga ancha yetib olgan. Avvalgi odatlaridan voz kechgan. Endilikda u uy vazifalarini vaqtida bajaryapti. Uning ayniqsa biologiya va informatika fanlariga bo’lgan qiziqishi yanada ortgan bu holatdan maktab jamoasi ham, uning ota-onasi ham mamnun.
Maktab direktori: R.Hamdamov
Amaliyotchi talaba: K.Akbaraliyeva
Download 19.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling