Psixologik trening asoslari fanidan yakuniy
Download 0.57 Mb.
|
Psixologik trening asoslari fanidan yakuniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zlik ideal o‘zlikka qarshi
- Mijozga yo‘naltirilgan terapevt
- Qarshiliklar tahlili”.
1.Faollik tamoyili.Bu tamoyil ko'proq eksperimental psixologiya asosida quyidagi g'oyaga bo'ysunadi: Inson eshitganlarining 10% ni, ko'rganlarining 50% ni, aytib berganlarining 70% ni va nihoyat o'zi qilganlarining 90% ni o'zlashtiradi. Trening guruhi azolaridan ijtimoiy faollik talab etiladi, chunki guruh ag'zolari vaziyatlarda o'zgalardagi mavjud bilim va malakalardan foydalanib guruh ag'zolarining harakatlari hamda vaziyatning talabiga ko'ra aniq xulq- atvor shakllarini namoyon qilishlariga to'g'ri keladi.
2.Ijodiylik tamoyili.Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundan iboratki, trening davomida ishtirokchilar guruhi psixologiyada aniq bo'lgan, kashf etib ulgurilgan g'oyalar, qonuniyatlarni topadilar, kashf qiladilar, eng asosiysi esa o'zlarining shaxsiy resurslarini, imkoniyat va sifatlarini anglab yetadilar. Trening guruhi ag'zolarida doimiy izlanuvchanlik, muayyan joyda vaziyat hamda rollarni tahlil qilgan holda uning mohiyatini tushinish u yoki bu rolga kirishi lozim bo'ladi, chunki trening tafakkur va qarashlarning egiluvchan hamda vaziyatlarga mos bolishini taqozo etadi. Xulq-atvor ob'ektivlashishi (anglab yetilishi) tamoyili. Mashqlar davomida ishtirokchilar xulq-atvori impul'sivlikdan ob'ektivlik darajasiga o'tadi va trening davomida o'zgarishlar kiritish imkonini beradi. Xulq-atvor obg'ektivligining universal vositasi sifatida aks aloqa hisoblanadi. Guruhdagi aks aloqani yuzaga kelishini ta'minlash trenerning ma'suliyatidir. Ijtimoiy psixologik trening mashg'ulotlarida namoyon bo'ladigan xulq-atvor shaklarining ob'ektivlashuvi, yag'ni guruh ag'zolarining munosabati ro'lining talablaridan kelib chiqqan holda har bir ishtirokchi ayni shu rolga mos harakatni real xulqda mustahkamlashi va boshqalar ta'sirida uni ongli ravishda qabul qilishi zarur. 4.Sheriklik (Sub'ekt-sub'ektlik) muloqoti tamoyili.Sheriklik, yoki sub'ekt- sub'ektlik muloqoti boshqalar manfaati, ular hissiyotlari, his-tuyg'ulari, qayg'ulari, boshqa insonning shaxsiy qadr qimmati deb tan olinadi. Har bir mashg'ulot va muloqot sheriklarining maksimal tarzda bir birlarini hurmat qilishlariga asoslanmog'i kerakki, natijada shaxs bunday mashg'ulotlardan keyin begona fikrlarni ham qadrlashga, ular bilan hisoblashishga va tinglashga mos tarzda o'z fikr mulohazalarini bayon etishga o'rganadi. Ushbuning qo'llanilishi guruhda ishonch, ochiqlik iqlimini yaratadi. 21. Trenerning emotsional ta'sirchanlik qobiliyati Trener o'zidagi istak-xohishni aniq namoyon qilish orqali ishti- rokchilarni o'yinni boshlashga qiziqtirishi lozim. O'yinni boshlash uchun qilingan taklif jonli, quvnoq tarzda aytilishi va ishtirokchi- larni harakatga keltirishi kerak. Guruhdan o'yinni boshlashga bo'lgan xohishini so'rash tavsiya etilmaydi, chunki ko'pchilik ishtirokchilar uchun bu noodatiy hol bo'lib, ular o'yinga qatnashishdan bosh tortishi mumkin. Shuning uchun guruhni tanlash imkoniyatini ko'tarinki kayfiyat bilan qiziqtirish va faolligini oshirish kerak.Trener o'yinning borishini, uning jadalligi va sur'atini aniqlab olishi muhim. Agar o'yin cho'zilib ketadigan bo'lsa, uni tezlatishga, ishtirokchilarni qiziqtirish uchun ko'tarinki ruhda tugatishga harakat qilish zarur. 23. Kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirish Kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirish. Bunga misol qilib aloqa bo'yicha trening guruhini keltirish mumkin. Ularning asosiy vazifalari: - muloqotda psixologik aloqani o'rnatish va qo'llab-quvvatlash qobiliyatini rivojlantirish; - boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatlardagi o'zlarining imkoniyatlari va cheklovlarini bilish; - samarali aloqaga xalaqit beradigan ichki to'siqlar va qisqishlarni bilish va olib tashlash; - boshqa odamning xatti-harakatlarini oldindan bilish qobiliyatini rivojlantirish va boshqalar. 24. Trening guruhlaridagi boshlovchilarni tayyorlash va attestatsiya qilish masalasi Treningni qanchalik samaradorligi trenerning tayyorgarligi bilan belgilanadi. Ijtimoiy-psixologik trening insonlar o'rtasidagi sog'lom munosabatlarning bo'lishiga erishishni maqsad qilib qo'yar ekan, uni o'tkazuvchi, uyushtiruvchi shaxs o'z ishini mukammal bilishi va faoliyat samarasini ta'minlovchi usullarni qo'llay olishi asosiy omillardan biridir. Trening o'tkazuvchiga qo'yiladigan asosiy shart va talablardan biri shuki, u muloqot jarayonining barcha qirralarini kasbiy va psixologik jihatdan mukammal darajada egallab, nazariy bilimlarni bevosita amaliyotda, trening jarayonida qo'llay bilishdir. Ularni odatda trenerlar, instruktorlar, boshlovchilar deb atashadi. Demak, trening mashg'ulotlarini uyushtiruvchi muassasa yoki tashkilotlarda eng avvalo e'tibor berilishi zarur bo'lgan tomoni u yerda ijtimoiy psixologik trening olib boruvchilarni o'qitish, tayyorlash, ulardan trening o'tkazuvchi mutaxassislarni shakllantirishdir. Shuningdek, trenerlarni tez - tez attestatsiyadan o'tkazib turish, ya'ni ularning nazariy va amaliy tayyorgarligini tekshirib turish maqsadga muvofiqdir. Chunki har bir shaxsning individualligi, ularga o'ziga xos ta'sir o'tkazish usullarini bilish, trening jarayonida kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelganda udan samarali chish yo'llarini takomillashtirib borish treningni yanada natijaviyligini oshiradi. Trening o'tish jarayonida qo'llaniladigan interfaol usullar, trening mashg'ulotlarida foydalaniladigan turli xil metodikalar, mashq va o'yinlarning tavsifi, ularni tahlil qilish usullaridan foydalanilishi, shuningdek, trening davomida yuzaga kelgan vaziyatlarni konstruktiv usullar orqali, operativ ravishda echimini to'ish qobiliyatini rivojlantirish zarur. Trener avvalo o'zgalar shaxsiga xos bo'lgan xususiyatlarni juda yaxshi bilishi va bundan inglizlar aytganidek: « O'zgalar psixologiyasini bilish ular ustidan xukmronlikning bir shaklidir» degan naqlni esdan chiqarmaslikdir, lekin bunda pedagogik alg'truizm ya'ni, o'zgalar manfaatini o'zinikidan ustun qo'yish xislati, o'zining shaxsiy fazilatlari va psixologiyasini mukammal bilishi va uni boshqara olish qobiliyatiga ega bo'lishi zarur. Har qanday chigal yoki ziddiyatli vazi- yatlardan chiqib ketishgina emas, balki uni oldini ola bilish, vaziyat to'g'ri kelganda esa bartaraf etib, ishtirokchilarga to'g'ri maslahat bera olishi, empatiya, ya'ni o'zgalar holatlarini chuqur his qila olish qobiliyatining mavjudligi, o'zgaruvchan, moslanuvchan aql sohibi bo'lish, kutilmagan holatlarga o'zini oldindan tayyorlash, o'zini yo'qotmaslik, o'z xatti-harakatlarini doimo ma'lum maromda ushlash va kerak bo'lsa o'zidagi motorikani rivojlantira olish, o'zgalar nutqi, reaksiyalarini aniq tushunish va tinglash, mimika va mohiyatlar harakatini to'g'ri talqin etish va tushunish, tinglovchilar va o'yin ishtirokchilarining ehtiyojlari va qiziqishlariga qarshi bormasligi, rejalashtirish qobiliyatining bo'lishi, oldindan kutilayotgan jarayonning barcha muhim va nomuhim jihatlarini oldindan taxminan bo'lsa ham tasavvur qilib, aniq reja tuza olishi, o'ziga ishonch, e'tiqodning mavjudligi, real tafakkur va irodaning bo'lishi ko'zda tutiladi. Boshlovchi trenerning asosiy vazifalari ham uning shaxsiga qo'yiladigan talablardan bevosita kelib chiqadi. Ya'ni u: a) avvalo ta'lim dasturiga ega bo'lishi kerak; b) dasturga mos ssenariylar tanlay bilish, kerak bo'lsa, har bir aniq holat va vaziyatga moslashtirish, mashg'ulotlarni tashkil qilishda ham ushbu holatlarga e'tibor qaratish shart; v) qatnashchilarning yoshi, jinsi, kasbiy malakalari, madaniyat darajasi va ehtiyojlariga mos ravishda dastur va ssenariylarga o'z vaqtida tuzatishlar kiritish qobiliyatiga ega bo'lishi, mashg'ulotlar shakli, vaqti, joyini ham yuqoridagi omillarga mos ravishda tanlashi ularning samaradorligiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. 25. Ijtimoiy-psixologik treningda samarali muloqotga erishish omillar 26. Trening guruhi boshlovchisining asosiy rollari Trening guruhi tashkil etilgan kundan boshlab unda qatnashuvchilar o'rtasida rollarni faol taqsimlash amalga oshiriladi. Aksariyat trening guruhlarining rivojlanishi davomida bir yoki bir nechta etakchilar yuzaga kela boshlaydi. Bir guruhda bir nechta rahbar etakchilar paydo bo'lgan taqdirda, ularning ortasida yanada shiddatli o'zaro ta'sir, ehtimol, nizolarninig payda bo'lishi muqarrar. O'zini lider deb da'vo qiladigan shaxs psixologik jihatdan mukammallikka intiladi va qoida tariqasida guruh faoliyatida boshqalardan ustunlikka erishadi. Lider, treningning boshqa ishtirokchilariga nisbatan odatda faolroq va ko'p hollarda guruh dunyoqarashini his qiladigan, guruh qadriyatlari va guruh me'yorlarini tushunadigan shaxs bo'lishi talab etiladi. Qachonki, guruh manfaatlarini his qilib, nazoratga olib, a'zolarning harakatlarini aniq kuzatib, guruhning umumiy manfaatlarga zid kelmasligi va guruhning hamjihatligini buzmaslikka harakat qilgan lidergagina ishonch hosil qiladi.Rahbarlik va liderlik guruh boshqaruvi bilan bog'liq bo'lgan ikkita asosiy tushunchadir. Rahbarlikdan farqli o'laroq, liderlik psixologik xususiyatga ega va guruh ichidagi hodisa sifatida norasmiy munosabatlar tizimida alohida o'rin tutadi. Rahbarlik va liderlik tushunchasini turlicha izohlagan B. Karlof va S. Sedeberg rahbarlikni odamlarning shaxsiy fazilatlari bilan bog'liq bo'lmagan rasmiy imperial pozitsiya, liderlikni esa murakkab tushuncha sifatida quyidagi xususiyatlarini keltirib o'tadi:1 27. Guruhni boshqarish uslublari Shunga ko'ra, trener uchta ekstremal turga bo'linadi: - Hissiy rahbar. Guruhning yuragi. Bu guruhning har bir a'zosi xayrixohlik uchun murojaat qilishi mumkin bo'lgan ‘yelkadosh' shaxs; - Biznes rahbari. Guruhning kuchi - quvvati. Biznesni tashkil etish, kerakli munosabatlarni o'rnatish, biznesning muvaffaqiyatini ta'minlash; - Axborot rahbari. Guruh ongi. Hamma unga savol bermoqda. U olim, hamma narsani biladi, tushuntirishi va kerakli ma'lumotlarni topishda yordam berishi mumkin 29. Trening ishtirokchilariga qo'yiladigan talablar 1. Akkreditatsiya bo'yicha treningda ishtirok etish maqsadi (akkreditatsiya bo'yicha asosiy ish va/yoki o'qitish va/yoki maslahat berish maqsadida akkreditatsiya bo'yicha professionallikni tasdiqlash yoki akkreditatsiya organi tomonidan jalb etilgan ekspert sifatida tibbiy tashkilotni akkreditatsiya qilishda tashqi kompleks baholashni amalga oshirishga ruxsat olish); 2. Belgilangan muddatlarda treningda o'qitishning maqsadli guruhiga qo'yiladigan talablarga muvofiqligi to'g'risida ma'lumot taqdim etish (diplom, ish staji, ish joyi, lavozimi, JKda ishtirok etish tajribasi va h. k.); 3. Trening tashkilotchilaridan test sinovlaridan o'tgunga qadar test savollari talab qilinmasligi kerak; 4. Treningni tashkil etuvchilarni treningda ishtirok etishning imkoni yo'qligi haqida imkon qadar tezroq xabardor qilish, sababni yozma yoki og'zaki shaklda ko'rsatish. 5. Shartnoma majburiyatlariga muvofiq o'qitish xizmatlarini o'z vaqtida to'lash. 32. Guruhiy konsultantning kompitentligi (mahorati) Psixolog-konsultantning asosiy vazifasi-mijozga uning hayotiy qiyinchiliklarini tashqaridan ko'rishga yordam berish, u bilan uning xatti-harakati va shaxslararo munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlarini muhokama qilish, bu qiyinchiliklar manbai bo'ldi. Odatda ular insonning o'zi tomonidan tushunilmaydi va nazorat qilinmaydi. Maslahatlashuv davomida mijoz buni amalga oshirish, vaziyatga kengroq qarash, aks holda uning rolini baholash, boshqa odamlarga o'rnatishni o'zgartirish va shu asosda nima yuz berayotganiga va xatti-harakatlariga munosabatini o'zgartirish imkonini beradi. Shu bilan birga, psixologning pozitsiyasi haqiqiy optimizmni ilhomlantiradi. Maslahatchi psixolog to'g'ridan-to'g'ri maslahat va tavsiyalar bermasligi kerak, chunki bu holda u o'zi uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga oladi. Konsultantning shaxsini rivojlantirish uchun u shaxsiy mas'uliyatni anglashi va namoyon qilishi va o'zi qaror qabul qilishi muhimdir. Tengdagi o'zaro aloqalar maslahatlashuvning eng yaxshi variantidir. Maslahatlashuv vaqtida mijoz psixologning to'liq hamkori kabi his qiladi. Bunday holda, u faol ishlaydi va muayyan qarorlar va shaxsiy o'zgarishlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oladi. Biroq, yaxshi professional - u, o'z-o'zini hurmat oshirish, uning bilim va nufuzini ta'kidlash uchun harakat, mijoz bilan noz-karashma, ishonch va hokimiyat yoki pastki bilan bir narsa haqida gapirganda, zarur bo'lsa, yuqoridan o'rnini olishi mumkin ko'p jihatdan bir aktyor. Amaliy psixologlarning eng keng tarqalgan xatolaridan biri - "yuqoridan pastga", homiylik va vasiylik pozitsiyasi. Shu bilan birga, psixolog o'zini "to'g'ri, yaxshi" hayotni biluvchi deb hisoblaydi, mijozga uning mezonlarini qabul qilish uchun ta'sir ko'rsatadi. Bu psixolog odamning harakatlarini yaxshi yoki yomon deb, to'g'ri yoki noto'g'ri deb baholashga olib keladi. Bu kasbiy bo'lmagan, kundalik psixologiyaga asoslangan harakat qilish moyilligining namoyonidir. Psixolog-konsultantga murojaat qilish odatda normaning kontseptsiyasi - yoshga bog'liq aqliy rivojlanish yoki shaxsiy xatti-harakatlar normasidan foydalanish bilan bog'liq. "Men hamma narsa kabi emasman..."- bu fikr maslahat uchun murojaat qilgan mijozning so'zlarida aniq yoki aniq shaklda mavjud. Inson odatda o'zini boshqa odamlar bilan taqqoslashni xohlaydi, odamlar dunyosida o'z o'rnini topishni istaydi, o'ziga xosligini topadi. Psixolog-maslahatchi uning bilim va ko'nikmalari yordamida unga shaxsiyatini topishga yordam beradi. Maslahatchi ijtimoiy jihatdan qabul qilingan me'yorlarga emas, balki mijozning qadriyatlari, hayotiy tamoyillari va g'oyalariga e'tibor qaratishi muhimdir. Maslahatlashuv jarayonida shaxs suhbatga maksimal darajada kiritilishi, maslahatchi bilan muhokama qilinadigan har bir narsani hissiy jihatdan tashvishga solishi, o'zingizni qulay his qilishi, o'zingizga nisbatan do'stona va benuqson munosabatni ko'rishlari kerak. Maslahatchi psixolog tashxis bilan shug'ullanmaydi. Agar maslahatlashuv jarayonida diagnostika ishi zarur bo'lsa, u maxsus belgilangan vaqtda amalga oshiriladi. 33. Maslahat suhbat o'tkazish paytida psixologning asosiy xatolari * 1) suhbat uchun qulay psixologik iqlim yaratilishiga to'sqinlik qiluvchi zarur psixologik aloqaning yo'qligi; • 2) muammoni hal qilishga uning mohiyatini etarli o'rganmasdan o'tish va uni namoyon bo'lish shart-sharoitlari; * 3) dastlab tanlangan gipotezaga qat'iy rioya qilish; * 4) suhbatdoshning fikri tinglanmaydi yoki obro'sizlanmaydi; * 5) mijoz o'z nuqtai nazarini tushuntirish va oqlashi uchun to'siqlar yaratiladi; * 6) suhbat uchun noaniq sabablar bilan mijozga to'g'ridan-to'g'ri savollar tug'diruvchi vaziyat. Maslahatchi psixolog doimo o'z kasbiy malakasini oshirishi kerak. Buning uchun maslahatchilarning kundalik amaliy ishlarida "nazorat" dan foydalaniladi. Ingliz tilida supervision "kimningdir ishini kuzatish" degan ma'noni anglatadi. Eng maslahat xizmatlari xush kelibsiz va, odatda, ularning maslahatchilar bilan nazorat ba'zi shakl ta'minlash. Uni tajribali xodimlar( kunduzgi xodimlar), professional birlashmalar, guruh rahbarlari o'tkazishi mumkin. Har qanday holatda ham, maslahatchi murojaat mumkin kimga bilan kimdir bo'lishi kerak, qiyin ishni muhokama, konsultativ vaziyat bilan bog'liq shaxsiy norozilik, va hokazo. (1998-yil, p Menovshchikov.97). Shuni alohida ta'kidlash kerakki, rahbar nazoratchi yoki nazoratchi emas, balki amaliy maslahat faoliyatining murakkab vaziyatlarini tushunish va hal qilishda ko'mak va yordam ko'rsatuvchi 35. Shaxsga yo‘naltirilgan terapiyada qanday mashqlar qo'llaniladi “O‘zlik ideal o‘zlikka qarshi”. Mijozga o‘zidan norozi bo‘lgan jihatlarni yozib berish taklif etiladi. Bunda real va ideal “Men” haqidagi tasavvurlarning o‘rtasidagi tafovutni aks ettirish so‘raladi. Masalan, inson o‘zidagi biror kamchilikni bayon etgach, shu vaziyatdagi ideal “Men”ning holatini ham ifodalashi lozim bo‘ladi. “Mijozga yo‘naltirilgan terapevt”. Bu mashq guruhiy holatda alohida juftliklarda amalga oshiriladi. Sherik tanlash ixtiyoriydir. Bunda mijozdan sherigiga aytib berish qiyin kechadigan, masalan, yolg‘on gapirgan, nohaq bo‘lgan vaziyatlarni so‘zlab berish so‘raladi. Terapevt rolini bajaruvchi sherik esa uni diqqat bilan tinglab, maksimal darajada tushunishi va hikoyani qayta so‘zlab berishi lozim bo‘ladi. Ammo, bunda sherigining haq yoki nohaqligini baholamagan holda sherikka teng munosabatda bo‘lish talab etiladi. So‘ng rollar almashilgan holda mashq davom ettiriladi. V. “Qarshiliklar tahlili”. Bu mashq juftliklarda, shaxsiy qarshilikni anglash maqsadida o‘tkaziladi. Juftlikning har bir a'zosidan o‘zi uchun qadrli bo‘lgan biror sir haqida o‘ylash so‘raladi. So‘ng bu sirni sherigiga aytsa, u qanday javob reaksiyasi ko‘rsatishi mumkinligini tasavvur etish taklif etiladi. Ammo, muhokama jarayonida o‘zining siri haqida emas, balki faqatgina sherigining namoyon etishi mumkin bo'lgan javob reaksiyasi haqida so‘zlash taklif etiladi. 36. Ekzistensial terapiyaning asosiy negiziga nimalar kiradi 37. Tana harakatlarining qanday turlar mavjud - noverbal "so'zlar", yaъni so'zlarni almashtiradigan imo-ishoralar, masalan, qo'l siltash, xayrlashishni anglatishi mumkin; - kuchaytirish belgilari, yaъni imo -ishoralar va pozitsiyalar, ularning maqsadi - maъlum bir so'zning maъnosini kuchaytirish, taъkidlash, shuningdek uning maъnosini aniqroq etkazishga urinish; - regulyatorlar, ularning maqsadi og'zaki xabarni to'ldirishdir, masalan, boshini qimirlatish; - mijoz tomonidan ongsiz darajada amalga oshirilgan va qoida tariqasida, mijoz to'liq bilmagan baъzi his-tuyg'ular, his-tuyg'ularni aks ettiruvchi adapterlar, masalan, mijozning ongsiz tashvish hissi uning holatida ifodalanishi mumkin 38. Rasmli texnikani qo'llashning asosiy yo'nalishlari Rasmli texnikani qo'llashning asosiy yo'nalishlari: diagnostik, rivojlantiruvchi, davolovchi. Trening jarayonida vaziyatlardan kelib chiqib, ishtirokchilar o'rtasida rasmli texnikalardan ham unumli foydalaniladi. Bular art terapiyaning turli usullari hisoblanib, shaxsning qiziqish, qobiliyatlarini, xarakter sifatlarini, ong osti sirlari kabilarni aniqlashda, shuningdek, psixoemotsional zo'riqishlarni (stress, depressiya) bartaraf etishda yoki oldini olish kabilarda amaliy psixologiyaning zamonaviy usullari sifatida keng qo'llanilib kelinadi. 39. Art terapiya haqida ma`lumot bering Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling