Psixologik trening haqida tushuncha. Psixologik treningni maqsad va vazifalari Trening haqida tushuncha


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana04.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1327586
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Trening haqida tushuncha Treningga berilgan ta’riflarning maz



Psixologik trening haqida tushuncha. Psixologik treningni maqsad va 
vazifalari 
1.Trening haqida tushuncha 
2. Treningga berilgan ta’riflarning mazmuni 
3.Trening mashg‘ulotining maqsad va vazifalari 
 4.Psixologik treningga murojaat etuvchilar guruhi 
 
Keyingi yillarda jamiyatdagi insonlar salomatligi muammosi davlat siyosati 
darajasiga ko‘tarilishi bilan birga quvonarli hol shundan iboratki, har bir kishi o‘z 
salomatligiga nisbatan ongli munosabatda bo‘lmoqda. Salomatlik deganda nafaqat 
jismoniy balki, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “...har tomonlama, ya’ni ham 
jismonan, ham ruhan, ham ma’nan” sog‘lom bo‘lishiga e’tibor berilayotganligi 
bizning yutug‘imizdir.
Psixologiyada shaxsga bo‘lgan e’tibor nihoyatda katta bo‘lib, buning birgina 
isbotini “shaxs” atamasining o‘zinigina ilmiy jihatdan talqin etuvchi 50 dan ortiq 
ta’riflar mavjudligi bilan izohlash mumkin. Shunga qaramasdan shaxs rivojlanishi, 
shaxs barkamolligiga berilgan tushunchalar anchagina tarqoq holda bo‘lib, turli 
psixologik maktablar bu tushunchani turlicha talqin etadilar. Lekin ularning barchasi 
shaxs barkamolligining asosida ruhiy salomatlik yotishini ta’kidlashgan.
Barcha davrlarda, barcha xalqlarda insoniyat va jamiyatning asosiy boyligi
qadriyati sifatida jismoniy va ruhiy salomatligi tan olingan. Qadimdanoq jismoniy 
va ruhiy salomatlik tabiblar va faylasuflar tomonidan insonning erkin faoliyat 
yuritishi hamda kamolotining asosiy sharti sifatida tushunilgan.
Insonni bio-energo-informasion tizim sifatida qaraladigan bo‘lsa, bu piramidal 
tizim tana, psixika va ruhiy elementlardan tashkil topgan mukammallik sifatida qabul 
qilinadi. Bu uchlikdan bittasining buzilishi butun bir tizimning barqarorligiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Ma’lumki, inson salomatligining qay darajadaligi ko‘pgina omillarga: 
nasliy, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va hatto sog‘liqni saqlash tizimiga ham 


bog‘liqdir. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, 10-15 % 
oxirgi omil (sog‘liqni saqlash tizimi)ga bog‘liq, 15-20 %ini - genetik omillar, 25 %ini 
- ekologik omillar va 50-55 %ini esa - insonning hayot tarzi belgilab beradi. Shunday 
qilib, inson salomatligining qay darajada bo‘lishi asosan insonning o‘zigagina 
bog‘liq bo‘lib, uning hayot tarzi, qadriyatlari, ustanovkalari, ichki dunyosi va 
atrofdagilarga bo‘lgan munosabati asosiy rol o‘ynaydi. Bugungi kunda mutaxassislar 
tomonidan o‘tkazilayotgan aksariyat treninglar aynan shu sohaga qaratilgan bo‘lib, 
ularning soni juda ko‘pdir. Kitob rastalariga chiqarilayotgan kitoblarning bir qismi 
treninglarning qanday o‘tkazilishi, trenerga qo‘yiladigan talablarga doir ma’lumotlar 
bilan boyitilgandir. Ulardan foydalanish uchun ularni ma’lum bir klassifikasiyaga 
keltirish, umumlashtirish lozim bo‘ladi. Shunga ko‘ra, zamonaviy adabiyotlar tahlili 
asosida trening haqida aniq bir ma’lumotga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi.
Ma’lumki, trening atamasi bugungi kunda juda ko‘p ishlatilmoqda. Hatto bu 
atama bugungi kunning eng urf bo‘lgan va ommaviylashgan atamalaridan biri bo‘lib 
qoldi desak, xato bo‘lmaydi. 
Bugungi kunda odamlar orasida trening atamasini tushunishda ikki xil 
yondashuv mavjud bo‘lib, birinchi toifadagilar aksariyat shu sohadan xabardor 
bo‘lgan kishilardir.
Ular treningni istalgan hayotiy muammolarni yecha oladigan “sehrli 
tayoqcha” sifatida qabul qilishadi, ikkinchi toifadagilar esa bu sohadan
xabardor bo‘lmagan yoki bu sohani tan olmaydiganlar bo‘lib, ular treningni 
vaqt va mablag‘ni bekorga sarflashdan boshqa narsa emas, deb tushunishadi.
Hatto bir xil maqsadda o‘tkazilgan ma’lum bir trening mashg‘ulotida ishtirok 
etgan bitta guruhdagi kishilarning treningga bergan bahosi ham turlicha bo‘lishi 
kuzatiladi. 
Xo‘sh, trening nima o‘zi? Bu atama t
reningda bir marotabagina ishtirok etgan 
kishi uchun hech qanday ta’riflashsiz tushunarlidir. Treningda ishtirok etmaganlar 
uchun esa bu atamani tushuntirish anchagina murakkab kechadi. Treningda ishtirok 


etmagan kishiga trening haqida gapirib berishni go‘yoki yetilib pishgan olchani 
yemagan kishiga uning mazasi va ta’mini tushuntirishga harakat qilishga qiyoslash 
mumkin, ya’ni uning mazasini to‘liqligicha tushuntirib bo‘lmaydi va buni shu 
mevani yeb ko‘rgandagina bilish mumkin, xolos. Xuddi shuningdek trening haqida 
bilish, uni nima ekanligini his qilish uchun hech bo‘lmaganda bir marotaba trening 
mashg‘ulotlarida ishtirokchi sifatida qatnashib ko‘rish lozim. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling