Psixologik trening haqida tushuncha. Psixologik treningni maqsad va vazifalari Trening haqida tushuncha


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana04.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1327586
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Trening haqida tushuncha Treningga berilgan ta’riflarning maz

 
 
 
 
 
 
 
Psixologik treningga murojaat etuvchilar guruhi 
Hozirgi davrda odamlar orasida psixologik muammolarga duch kelish va bu 
muammmolar natijasida ruhiy zo‘riqishlar, asabiylashish hollari nisbatan ancha ko‘p 
kuzatilayotganligi sir emas. Bunday ruhiy zo‘riqish va asabiylashishlar natijasida 
insonlarda turli xil hayotiy muammolar, jumladan, shaxslararo munosabatlarning 
buzilishi, yurak-qon tomir hamda asab tizimi kasalliklarining vujudga kelayotganligi 
ko‘pchilikni, ayniqsa keng jamoatchilikni, shuningdek aynan psixolog 
mutaxassislarni ham tashvishga solayotganligi bejiz emas. Aytish mumkinki bunday 
asabiylashish holatlari turli darajadagi zo‘riqishlar natijasida vujudga kelmoqda. 
Bugungi kunda asabiylashish holati kuzatilayotgan va buning natijasida 
muammolarni hal qilish imkonini izlab psixologik trening guruhlariga murojaat 
etayotgan quyidagi guruhlarni alohida ajratish mumkin: 
II. Bolalar guruhi: 
1.Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari (guruhlarga moslasha 
olmaslik, tarbiyachilar va guruhdoshlari bilan kelishmovchiliklar, nazorat ostida 
bo‘lishni istamaslik kabilar); 
2. Kichik maktab o‘quvchilari (maktabga moslasha olmaslik, o‘qituvchilari va 


tengdoshlari bilan munosabatlarda qiynalish, uy vazifalarini bajarishni istamaslik 
kabilar); 
3. O‘smirlar (yosh fiziologiyasi va psixologiyasi bilan bog‘liq barcha 
muammolar). 
III. Kattalar guruhi: 
1. Ish joylarida (rahbar va xodimlar orasidagi) muammolar; 
2. Oilada (er-xotin, qaynona-kelin, ota-ona va farzandlar orasidagi) 
muammolar; 
3. Keksalar orasida (psixologik o‘zgarishlar natijasida kuzatiladigan) 
muammolar. 
Yuqorida sanab o‘tilgan guruhlarning o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq holda 
kelib chiqadigan turli xil muammolar mavjud bo‘lib, bu muammolarni hal etish 
imkonini topa olmaslik natijasida psixologik maslahat va psixologik korreksiyaga 
muhtoj bo‘lib qoladigan bir necha xil guruhlarning vujudga kelayotganligi keyingi 
yillarda mutaxassislar tomonidan tez-tez kuzatilmoqda. Bularni quyidagicha 
guruhlarga ajratish mumkin: 
1. 
Muloqotchanlik ko‘nikma va malakalari yetarli bo‘lmagan kishilar guruhi. 
2. 
Iqtisodiy yetishmovchilik bilan bog‘liq muammolardan siqilgan kishilar 
guruhi. 
3. 
O‘z yaqinlarini yo‘qotish azobini yenga olmayotgan kishilar guruhi. 
4. 
Turli baxtsiz hodisalardan keyin ruhiy zo‘riqishlarni boshidan kechirayotgan 
kishilar guruhi. 
5. 
Begona joyga ko‘chib kelib, tub aholining bosimidan siqilgan kishilar guruhi. 
6. 
Rahbarlar tomonidan yoki o‘zidan kattalar tomonidan shaxsiyatiga tegilgan 
hollarda siqilishga duch kelgan kishilar guruhi. 
7. 
Yangi o‘qish yoki ish joyiga moslasha olmasdan siqilishga duch kelgan 
kishilar guruhi. 
8. 
Chekish, ichish, narkotik moddalar iste’mol qilishdan qutila olmaslikdan 
siqilayotgan kishilar guruhi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni hal etishning asosiy yo‘llaridan biri 


sifatida bugungi kunda mutaxassislar psixologik trening deb ataluvchi o‘yin va 
mashqlar to‘plamidan iborat mashg‘ulotlardan foydalanishni tavsiya etishmoqda. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling