Psixologik trening mashg’ulotlari kaftadagi tilaklar Kerakli resurslar


Download 350 Kb.
bet1/26
Sana01.05.2023
Hajmi350 Kb.
#1418943
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Psixologik trening mashg\'ulotlar

PSIXOLOGIK TRENING MASHG’ULOTLARI



Kaftadagi tilaklar
Kerakli resurslar: har bir ishtirokchi uchun 1 tadan A4 oq qog‘oz va ruchka.
Maqsad: ijobiy kayfiyatni xosil qilish, o‘zaro pozitiv munosabatlarni shakllantirish, psixologik resurslarni vujudga keltirish.
Jarayon: har bir ishtirokchiga bittadan oq A4 formattadagi qog‘oz beriladi va unga o‘z kaftini (ya’ni varaq ustiga qo‘lini qo‘yib) shaklini chizish buyuriladi. Bundan so‘ng hamma aylana ko‘rinishida o‘tirib olishladi hamda o‘z yonidagi sherigiga varaqni uzatadi. Endi ular yonlaridagi sheriklaridan olgan varaqdagi kaft ichiga o‘z tilak va istaklarini, tabriklarini, ihtiyoriy pozitiv hissiyotlarni, komplimentlarni yozishlari so‘raladi. Shu tarzda hamma sheriklariga soat o‘nga qarab aylana bo‘ylab varaqdagi kaftga yozib sherigiga uzataveradi. Bu jarayon ishtirokchilarga o‘zining kafti aksi tushirilgan varaq aylanib yetib kelguncha davom etadi.

Kameta o‘yini
Kerakli resurslar: qo‘l bilan irg‘itish va ilish uchun qulay bo‘lgan koptok.
Maqsad: jamoaviylikni shakllantirish, xotira va diqqatni oshirish, fikrlash rivojlantirish.
Jarayon: ishtirokchilar aylana shaklida turib olishadi va bir kishi koptokni olib ixtiyoriy ishtirokchiga otadi va u boshqasiga, bunda shart shuki, koptoqni bir marta qabul qilgan odam ikkinchi marta qabul qila olmaydi. Buni hamma bilishi uchun bir marta koptokni qabul qilgan odan koptokni boshqa bir ixtiyoriy odamga uzatgach, chap qo‘lini ko‘tarib turishi kerak. Koptok hammadan birma bir o‘tgach ohiri aylanib birinchi koptik uzatishni boshlab bergan ishtirokchiga qaytib kelishi kerak. Shundan so‘ng ikkinchi to‘p uzatish aylanasi amalga oshiriladi. Endi ishtirokchilar dastlabki martada kimga top uzatgan bo‘lsa, xotirani ishga solgan holda shu ishtirokchiga topni uzatishi kerak.Bu safar chap qo‘lni ko‘tarib turish kerak emas. Ushbu top uzatish aylanasida hamma bir birini top qabul qiladigan va uzatadigan sherigini yodlab qolishadi. Uchinchi to‘p uzatish aylanasida ularga ishtirokchilar soniga qarab 30 sekundan 1 daqiqagacha vaqt beriladi va ishtirokchilar tezlik bilan top uzatishni amalga oshirishlari kerak. Bu topshiriq uddalangach ularga record natija o‘rnatish uchun yana bir imkon beriladi. Rekord o‘rnatilgach, rekordni yarmga teng bo‘lagan vaqtda top albatta hammaga tegishi sharti qo‘yiladi. Bunda ishtirokchilarga ijotkorlik bilan yondoshish mumkinligi eslatib o‘tiladi. Va so‘ngida to‘p hammaga tegib o‘tishi kerak deb shart qo‘yiladi va bu safar ularga 1 sekund vaqt beriladi. Shuningdek, yana bir marotaba ishtirokchilarga ijotkorlik bilan yondoshish mumkinligi eslatib o‘tiladi.


Download 350 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling