Psixologik trening
Download 0.75 Mb.
|
Psixologik trening
Psixologik trening tushunchasi va treningni o‘ziga xos jihatlari. Psixologik treningning tub ma'nosi – insoniy munosabatlarga o’rgatishdan iboratdir. Psixologiya sohasi keyingi yillar mobaynida anchagina rivojlandi. Shuningdek, psixologiya sohasining alohida yo‘nalishlari sifatida trening tarmog‘i ham rivojlandi. Fan sifatida rivojlanayotgan psoxologik trening va uni o ‘tkazish uslubiyoti mazmun jihatdan ta’lim va tarbiya sohasida treninglarning qanday tartibda tashkil etilishi va o‘tkazilishi borasidagi masalalami yoritishga ham bag‘ishlanadi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, trening jarayonida muammolarni yechish ham, bu boradagi bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish ham trenerdan shaxs psixologiyasi va shaxs individual psixologiyasi bilan ishlashni taqozo etadi. Shuning uchun psixologiyada bunday treninglar psixologik treninglar deb ataladi. Hozirgi davrda odamlar orasida ruhiy zo’riqish hollari avvalgi paytlardagiga nisbatan ancha ko’p uchrayotganligi va buning natijasida ko’pgina hayotiy muammolar vujudga kelayotganligi ko’pchilikni, ayniqsa keng jamoatchilikni, shuningdek, aynan psixolog mutaxassislarni ham tashvishga solayotganligi bejiz emas. Aytish mumkinki, bunday holatlar turli darajadagi zo’riqishlar natijasida vujudga kelmoqda. IPT (ijtimoiy psixologik trening) - bu turli ijtimoiy faoliyat sohalariga shaxsni tayyorlashdan iborat bo‘lib. Bunda asosiy e’tibor shaxs yoki yaxlit guruhning muloqot yoki kommunikativ faoliyati sohasidagi bilimdonlik darajasini maqsadga muvofiq tarzda oshirish jarayonini aks ettirishdir. IPT aniq talab va ehtiyojlardan kelib chiqib, shaxsning kommunikativ bilimdonligi darajasining qisqa fursatlarda maqsadga qaratilgan tarzda shakillanishga imkon beradi. Treningning tabiiy va maxsus tarzda uyushtirilgan turlari haqida fikr yuritish mumkin. Maxsus tarzda uyushtirilgan treningda alohida vaziyatlar va o‘yin ishtirokchilarining shaxsiy ehtiyojlari, ularda individual shakillanishi zarur bo‘lgan sifatlar katta rol o’ynaydi va shaxs ataylab u yoki bu ijtimoiy psixologik vaziyatga o‘zgalar tomonidan yo’naltiriladi. Trening mashg‘ulotlari uchun maxsus vaziyat, aniq maqsad, shaxsiy extiyojlar hamda mashg‘ulotlarni o‘tkazuvchi shaxs yoki boshlovchi zarur. Mashg’ulotlarning muvaffaqiyati ayrim tamoyillarga aniq bo’ysunishni taqozo etadi. Birinchidan, mashg‘ulotga yozilgan shaxslardan ijtimoiy faollik talab etiladi. Ikkinchidan, 1-guruh a’zolaridan doimiy izlanuvchanlik, muayyan joyda vaziyat hamda rollarini tahlil qilgan holda uning mohiyatni tushunish u yoki bu rolga kirishga to‘g‘ri keladi, trening tafakkur va qarashlarning egiluvchan, vaziyatlarga mos bo‘lishini talab etadi. Uchinchidan, guruh a’zolarining munosabati va rolining talablaridan kelib chiqqan holda har bir ishtirokchi aynan shu rolga mos harakatni real xulqda mustahkamlash va boshqalar ta’sirida uni ongli ravishda qabul qilishi zarur. To’rtinchidan, har bir mashg‘ulot va muloqot sheriklarining maksimal tarzda hurmat qilishlariga asoslanmog’i kerak. Ijtimoiy psixologik bilimdonlik shaxslararo samarali muomalaning muhim omilidir. Shaxslararo munosabat muloqotga kirishuvchilarning o‘zaro bir- birlarini tushunishga olib kelsa, bunday o‘zaro munosabatlar samarali hisoblanadi. Kishilarni muloqot jarayonida bilimdonlikka o‘rgatishda ijtimoiy psixologik trening (IPT) dan foydalanish samaralidir. Ijtimoiy psixologik trening muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi ijtimoiy psixologik trening mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi. Demak, shaxsni eskicha streotiplardan, ya’ni fikrlarni tanqidsiz qabul qilish, tinglash va takrorlash bilan bog‘liq turg‘un qarashlardan holi bo‘lish, erkin fikr yuritish va o‘z fikr mulohazalarini bayon etishga, o‘z erkini his qilishga, shaxslararo vaziyatlada muloqot kompetentlik darajasini shakllantira olsak, shaxs psixologiyasi va munosabatlarida yangicha holat yuzaga keladi. Bunda ijtimoiy psixologik treninglar, ya’ni samarali muloqot va muomala usullari hamda maromlarini keng qo‘llash katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling