Psixologik trening


Download 0.75 Mb.
bet91/168
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1442254
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

Shaxsni rivojlantirish treninglarining tarixi (A.Everett). Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar haqidagi qarashlarning rivojlangan bosqichi o’tgan asrning 70 yillarida ko’rina boshlangan. Bunday treninglarni asoschisi sifatida A.Everettni ishlarida yaqqol ko’rina boshladi. 1962 yildan boshlab A.Everett umumrivojlantiruvchi maktablarda faoliyat olib borgan. Shu yili o’zining dastlabki seminarini tashkil etib, uning asosiy g’oyasi ong his- tuyg'ularga va his-tuyg'ular tanaga qanday ta'sir qilishini namoyish etdi. Uning seminarida ko’plab korxona pahbarlari ishtirok etib, ko'plab rahbarlar global transformatsion ta'lim maydoniga kirishdi.

Uzoq vaqt davomida Aleksandr Everett o’zining turli treninglari bilan kompaniyalar uchun malakali mutaxassislarni tayyorlagan. Shu sababli, Aleksandr Everett "O'qituvchilarning o'qituvchisi" sifatida tanilgan.
Aleksandr Everett hayotida optimizm va faollikni yo'qotmagan, dunyoda o'z-o'zini rivojlantirish vazifasi ustun bo'lgan va o'z-o'zini rivojlantirish hayotning boshqa barcha vazifalarini hal qilishga yordam beradigan odamlar sonini ko'paytirishni maqsad qilgan. Maqsadga erishish vositasi - bu o'zini takomillashtirishdir degan g’oyani hayotga tadbiq qilgan.
Darhaqiqat, shaxs biror bir muvaffaqiyatga erishish davomida albatta oldin maqsadni aniq, katta qoyishi va bu maqsad yo’lida tinimsiz harakat, izlanishlar
olib borishni taqozo etadiki, natijada yuqori cho’qqilarni zabt etish imkoniyati ortadi.
U o’zining “Ong Dinamikasi” nazariyasini yaratdi va uning asl mohiyati shundaki, “Ong Dinamikasi” ildizlari bir necha falsafiy, ma’naviy va diniy ta’limotlardan olingan bo’lib, insonni faollashtiruvchi manba sifatida bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda. Shuningdek, hayotiy tajribani tashkil qiluvchi va faoliyat natijasi bo’lmish ichki chuqur ustanovkalar va qarashlarni o’rganishga yordam beruvchi mashg’ulot hisoblanadi. Bunday trening ishtirokchisi bolgan shaxsda kuchli, ilhomlashtiruvchi shijoatli ustanovkalar paydo bo’ladiki, u bularning yordamida ekstraordinar natijalarga erishadi.
Inson bunday treninglar yordamida o’z hayoti va kasbiga doir kechayotgan muammolarni turli xil mashg’ulotlar orqali aniqlab, echim va yo’lllarini izlaydi.


  1. Download 0.75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling